Srfgsrfgfd


Delphi dasturlash muhitining ishchi interfeysi



Yüklə 349,5 Kb.
səhifə4/14
tarix13.09.2023
ölçüsü349,5 Kb.
#143119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Delphi String grid

Delphi dasturlash muhitining ishchi interfeysi.


Delphi dasturlash muhitining tashqi ko’rinishi Windowsda ko’rish mumkin bo’lgan boshqa dasturlash muhitlari ko’rinishidan farq qiladi. Masalan, Borland Pascal for Windows 7.0, Borland C++ 4.0, Word for Windows, Program Manager – bularning barchasi MDI dasturlari hisoblanadi va Delphiga o’xshamaydi. MDI (Multiple Document Interface) – bitta asosiy oynaning ichida bir nechta quyi tipdagi oynalarni boshqarishni bildiradi. Delphi muhiti esa, Single Document Interface (SDI) deb nomlanuvchi boshqa xususiyatga amal qiladi va alohida joylashgan bir nechta oynadan iborat. Agar siz Delphiga o’xshash SDI dasturlardan foydalansangaz, boshqa dasturlar oynalari uni yopib qo’ymasligi uchun ularni pastga tushirib qo’yish kerak. Agar boshqa dasturga o’tish zaruriyati tug’ilib qoladigan bo’lsa, Delphi dasturi bosh oynasidagi kichraytirish tugmasini bosish kifoya.
Delphi dasturlash muhiti oddiy usul bilan ishga tushiriladi, ya’ni, Windows da Пуск menyusidan Программы bo’limidagi Borland Delphi7 satridan Delphi 7 buyrug’i tanlanadi.

1-rasm. Delphi ni ishga tushirish.
Delphining ishchi muhiti beshta oynadan iborat:

  • Bosh oyna — Delphi 7;

  • Formalar dizayneri (Form Designer);

  • Dastur matni muharriri (Editor Window);

  • Komponentlar to’plami (Component Palette);

  • Ob’ektlar inspektori (Object Inspector);

  • Ob’ektlar ro’yxatini ko’rish oynas (Object TreeView);

  • Yordam tizimi (On-line help).

Delphining bulardan tashqari sizga dasturlash muhiti va dasturni sozlash uchun xizmat qiluvchi tizim menyusi, uskunalar chizgichi kabi boshqa vositalari ham bor.
Delphida dasturchilar ko’p vaqtlarini Formalar dizayneri va Dastur matni muharriri orasida o’tish bilan o’tkazadilar. Siz dasturlashni boshlashdan oldin shu ikki muhim elementni ajrata olishingizga ishonch hosil qiling. Formalar dizayneri 1-rasmda, Dastur matni muharriri 2-rasmda keltirilgan.


Yüklə 349,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin