3. Investitsiya dasturining moliyalashtirish manbalari. Moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyati nuqtayi nazaridan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning ikki usuli: tashqi va ichki manbalarga asoslangan moliyalashtirish farqlanadi. Moliyalashtirishning tashqi manbalariga davlatning maxsus imtiyozli kreditlari (Davlat mulk qoʻmitasi, Bandlik jamgʻarmasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari jamgʻarmalari, Mikrokreditbankning maxsus resursi va h.k.); tijorat banklari kreditlari (Imtiyozli kreditlash maxsus jamgʻarmasi); qimmatli qogʻozlar chiqarish va sotishdan tushgan mablagʻlar; xorijiy kredit liniyalari mablagʻlari va boshqalar kiradi.
4. Xalqaro moliya institutlari haqida nimalarni bilasiz? Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) - xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro) bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi 1945-yilda tashkil topgan boʻlib, xalqaro valyuta tizimining rivojlanishini hamda 189 ta aʻzo mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini qoʻllab-quvvatlaydi. Xalqaro valyuta fondi toʻlov balansining joriy yoki potensial qiyinchiliklariga duch kelayotgan aʻzo davlatlar xalqaro zaxiralarini tiklashga, milliy valyutalarini barqarorlashtirishga, importning uchun toʻlovlarni davom ettirishga va kuchli iqtisodiy oʻsish uchun sharoitlarni tiklashga kreditlar ajratish bilan asosiy muammolarni bartaraf etadi.
5. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati Xalqaro iqtisodiy integratsiya(x.i.t.)- bu milliy xoʻjaliklar (davlatlar) oʻrtasida koʻptomonlama oʻzaro barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelganmamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, va madaniy jihatdan birlashuvi.Makro miqyosdagi integratsionjarayonlar davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiybirlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.Mikro miqyosdagi integratsionjarayonlar bir-biriga hududiy jihatdan yaqin joylashganmamlakatlarning xoʻjalik yurituvchi subʻektlarning kapitallarini oʻzaro taʻsir doirasi orqaliamalga oshiriladi. Yaʻni, ushbu davlatlar oʻrtasida integratsion jarayonlar iqtisodiybitimlartizimining shakllanishi, kichik shahobchalar, shoʻba korxonalar tashkil etilishi orqaliyuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar oʻrtasidagi oʻzaro iqtisodiy aloqalarning tezrivojlanishi tovar almashuvini, xizmat sohalarini, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararoerkin harakatini taʻminlashga, ijtimoiy – iqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy vamudofaa, moliyaviy va valyuta sohasida yagona siyosatni oʻtkazish zaruriyati tugʻiladi.Yagonavalyuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo boshqaruvorganlariga ega boʻlgan iqtisodiy majmualar yaratiladi