UYGA VAZIFANI “BLITS SAVOL-JAVOB”METODIDAN FOYDALANIB O’QUVCHILARDAN SO’RAYMIZ.
1.LUG’AT USTIDA ISHLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI QAYSILAR?
2.FAOL LUG’AT QANDAY LUG’AT?NOFAOL LUG’ATCHI?
3.MA’NODOSH,ZID MA’NOLI,SHAKLDOSH SO’ZLAR QANDAY SO’ZLAR HISOBLANADI?
4.O’ZBEK TILI IZOHLI LUG’ATI HAQIDA GAPIRING.
5.QANDAY LUG’AT TURLARINI BILASIZ?
YANGI MAVZU BAYONI:
“INSHO”ARABCHA SO’Z BO’LIB,”YARATISH”,”BINO QILISH”,
“BOSHLASH” DEGAN MA’NOLARNI ANGLATADI.
INSHO IJODIY ISH HISOBLANIB,O’QUVCHIDAN FAOLLIK,QIZIQISH,FIKR BILDIRISHNI TALAB QILADI.
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QUVCHILARDAN TA’LIMIY INSHO OLINADI.
SINOV INSHOLAR ESA 3-SINFDAN BOSHLAB OLINADI.
INSHO FIKRNI TARTIBGA SOLADI,O’QUVCHILARDA O’ZIGA,O’Z KUCHI VA IMKONIYATIGA ISHONCH TUG’DIRADI.
INSHOLAR JANRIGA KO’RA QUYIDAGI TURLARGA BO’LINADI.
INSHO YOZISH KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA YORDAM BERADIGAN TOPSHIRIQLAR:
-TAYANCH SO’ZLAR ASOSIDA TUZILGAN MATN.
-TOPISHMOQLAR ASOSIDA TUZILGAN MATN.
-JONSIZ NARSAGA YOZILGAN MAKTUB.
-MAQOL ISHTIROK ETGAN MATN.
-RAQAMLAR ISHTIROKIDAGI MATN.
YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.
BUNING UCHUN O’QUVCHILARGA MUSTAQIL RAVISHDA INSHO YOZISH TOPSHIRILADI.MAVZUSINI HAM,REJANI HAM O’ZLARI MUSTAQIL TUZADILAR.ENG YAXSHI YOZILGAN INSHO RAG’BATLANTIRILADI.
DARSGA FAOL QATNASHGAN O’QUVCHILAR BAHOLANADI.
UYGA VAZIFA QILIB MAVZUNI YAXSHILAB O’QIB KELISH VA INSHONING JANRIGA KO’RA TURLARIDAN BIRORTASIGA IJODIY INSHO YOZIB KELISH TOPSHIRILADI.
XULOSA:
XULOSA QILIB AYTGANDA,POWER POINT YARATISH VA TAYYORLASH ONA TILI DARSLARIDA HAR BIR MAVZUNI DASTURIY NAMOYISH ETISH BUGUNGI KUN TALABIDIR.MASKUR BOSQICHNING MAQSADI BUTUN DASTURNING ISHLASH QOBILIYATINI TEKSHIRISHDAN IBORAT.AGAR BERILGAN SLAYDLAR BOSHQARUV TUGMASIGA EGA BO’LMASA,U HOLDA BIZ SLAYDLARDAN BOSHQASIGA O’TISHI UCHUN SICHQONCHANING TUGMASINI BOSGAN HOLDA AMALGA OSHIRAMIZ. BUNDA YUQORIDA AYTIB O’TILGANIDEK O’RGATUVCHI DASTURLAR YORDAMGA KELADI.