Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 


141 
 
5- Mavzu. Baholashni hisobga oluvchi standartlarining tavsifi 
 
5.1. BHXS (IAS) 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” 
Mazkur Standartning maqsadi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan qo’llaniladigan 
shunday tartiblarni belgilashdan iboratki, bunda uning aktivlari ularning 
qoplanadiganqoplanadigan qiymatdan ortiq bo’lmagan summada hisobga olinganligi 
ta’minlanadi. Aktiv uning balans qiymati aktivdan foydalanish yoki uni sotish orqali 
qoplanadigan summadan oshsa, ushbu aktiv o’zining qoplanadigan qiymatidan ortiq 
summada hisobga olingan bo’ladi. Agarda ushbu holat yuz bersa, aktiv qadrsizlangan 
deb hisoblanadi va mazkur Standart tadbirkorlik sub’ektidan qadrsizlanish zararini 
tan olishni talab etadi. Ushbu Standart tadbirkorlik sub’ekti qadrsizlanish zararini 
qachon qayta tiklashi kerakligini hamda ochib berilishi lozim bo’lgan ma’lumotlarni 
belgilaydi. 
Mazkur standart quyidagilardan tashqari barcha aktivlarning qadrsizlanishini 
hisobga olishda qo’llanilishi lozim:
(a) tovar-moddiy zahiralar (BHXS 2 «Tovar-moddiy zahiralar” ga qarang); 
(b) qurilish shartnomalaridan yuzaga keladigan aktivlar (BHXS 11 «Qurilish 
shartnomalari» ga qarang); 
(v) muddati kechiktirilgan soliq aktivlari (BHXS 12 «Foyda soliqlari» ga 
qarang); 
(g) xodimlarga haqlarni to’lashdan yuzaga keladigan aktivlar (BHXS 19 
«Xodimlarning daromadlari»ga qarang); 
(d) MHXS 9 «Moliyaviy instrumentlar» ning qo’llash doirasida bo’lgan 
moliyaviy aktivlar; 
(e) haqqoniy qiymatda baholangan investitsion mulk (BHXS 40 «Investitsion 
mulk» ga qarang); 
(j) chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholangan va 
qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlar (BHXS 41 «Qishloq xo’jaligi» 
ga qarang); 
(z) MHXS 4 «Sug’urta shartnomalari» ning qo’llash doirasidagi sug’urta 
shartnomalari ostida sug’urtalovchining shartnomaviy huquqlaridan yuzaga keladigan 
muddati kechiktirilgan sotib olish xarajatlari va nomoddiy aktivlar; va 
(i) MHXS 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom 
ettirilmaydigan faoliyat” ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan 
uzoq muddatli aktivlar (yoki chiqib ketish guruhlari). 
Mazkur Standart tovar-moddiy zahiralarga, qurilish shartnomalaridan yuzaga 
keladigan aktivlarga, muddati kechiktirilgan soliq aktivlariga, xodimlarga haqlarni 
to’lashdan yuzaga keladigan aktivlarga, yoki sotishga mo’ljallangan sifatida 
tasniflangan (yoki sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan chiqib ketish 
guruhlariga kiritilgan) aktivlarga nisbatan qo’llanilmaydi, chunki ushbu aktivlar 
uchun o’rinli bo’lgan joriy MHXSlar ushbu aktivlarni tan olish va baholashga 
nisbatan talablarni qamrab oladi. 
Mazkur Standart quyidagicha tasniflangan moliyaviy aktivlarga nisbatan 


142 
qo’llaniladi:
(a) MHXS 10 «Jamlangan moliyaviy hisobotlar» da ta’riflangan sho’’ba 
tadbirkorlik sub’ektlari; 
(b) MHXS 28 «Qaram tadbirkorlik sub’ektlari va qo’shma korxonalardagi 
investitsiyalar» da ta’riflangan qaram tadbirkorlik sub’ektlari; va 
(v) MHXS 11 «Birgalikdagi faoliyat bo’yicha kelishuvlar» da ta’riflangan 
qo’shma korxonalar. 
Boshqa moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishi bo’yicha MHXS 39 ga murojaat 
eting. 
Mazkur Standart MHXS 9 ning qo’llash doirasida bo’lgan moliyaviy 
aktivlarga, BHXS 40 ning qo’llash doirasidagi haqqoniy qiymatda baholangan 
investitsion mulkka, yoki BHXS 41 ning qo’llash doirasidagi chiqib ketish xarajatlari 
chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholangan va qishloq xo’jaligi faoliyatiga 
tegishli biologik aktivlarga nisbatan qo’llanilmaydi. Biroq, mazkur Standart MHXS 
16 «Asosiy vositalar» va MHXS 38 «Nomoddiy aktivlar» dagi qayta baholash modeli 
kabi boshqa Standartlarga muvofiq qayta baholangan qiymatda (ya’ni har qanday 
keyingi jamg’arilgan eskirish summasi va keyingi yig’ilgan qadrsizlanish zararlari 
chegirilgan holda qayta baholash sanasidagi haqqoniy qiymatda) hisobga olingan 
aktivlarga nisbatan qo’llaniladi. Aktivning haqqoniy qiymati bilan uning chiqib 
ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi yagona farq aktivning 
chiqib ketishiga tegishli bevosita qo’shimcha xarajatlardir. 
(a) 
Agarda chiqib ketish xarajatlari sezilarsiz bo’lsa, qayta baholangan 
aktivning qoplanadigan qiymat uning qayta baholangan qiymatiga yaqinroq, yoki 
undan ko’proq, bo’ladi. Bunday holatda, qayta baholash talablari qo’llanilgandan 
so’ng, qayta baholangan aktiv qadrsizlangan bo’lish ehtimoli mavjud emas va 
qoplanadigan qiymatning baholanishi shart emas. 
(b) 
Agarda chiqib ketish xarajatlari sezilarsiz bo’lmasa, qayta baholangan 
aktivning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati uning haqqoniy 
qiymatidan kamroq bo’ladi. Shu tufayli, qayta baholangan aktiv qadrsizlanadi, agarda 
uning foydalanishdagi qiymati uning qayta baholangan qiymatidan kamroq bo’lsa. 
Bunday holatda, qayta baholash talablari qo’llanilgandan so’ng, tadbirkorlik sub’ekti 
ushbu Standartni aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligini aniqlash uchun qo’llaydi. 
Aktiv qadrsizlangan bo’ladi, qachonki uning balans qiymati uning 
qoplanadigan qiymatdan oshsa. Agarda ushbu ishoralardan biri mavjud bo’lsa, 
tadbirkorlik sub’ektidan qoplanadigan qiymatning rasmiy baholanishini aniqlash 
talab etiladi. Standart tadbirkorlik sub’ektidan qoplanadigan qiymatning rasmiy 
baholanishini aniqlashni talab etmaydi, agarda qadrsizlanish zararining hech qanday 
ishorasi mavjud bo’lmasa. 
Tadbirkorlik sub’ekti har bir hisobot davri oxirida aktiv qadrsizlangan bo’lishi 
mumkinligining biror ishorasi mavjudligini tekshirishi lozim. Agarda biror bunday 
ishora mavjud bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti aktivning qoplanadigan qiymatini 
baholashi lozim. 
Qadrsizlanishning har qanday ishorasi mavjud bo’lishidan qat’iy nazar, 
tadbirkorlik sub’ekti:


143 
(a) 
noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivni yoki hanuz 
foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktivni qadrsizlanishga har yili tekshirishi lozim, 
bunda uning balans qiymati uning qoplanadigan qiymati bilan taqqoslanadi. Ushbu 
qadrsizlanish tekshiruvi yillik davr mobaynida har qanday paytda amalga oshirilishi 
mumkin, biroq shunday shart bilanki, u har yili bir xil paytda amalga oshiriladi. Turli 
xil nomoddiy aktivlar turli paytlarda qadrsizlanishga tekshirilishi mumkin. Biroq, 
bunday nomoddiy aktiv dastlab joriy yillik davrda tan olingan bo’lsa, ushbu 
nomoddiy aktiv joriy yillik davr oxiridan oldin qadrsizlanishga tekshirilishi lozim.
(b) 
biznes birlashuvida sotib olingan gudvillni har yili qadrsizlanishga 
tekshirishi lozim. 
Nomoddiy aktiv foydalanishda mavjud bo’lgan holatga nisbatan aktiv 
foydalanishda mavjud bo’lishidan oldingi holatda, nomoddiy aktivning o’z balans 
qiymatini tiklash uchun yetarli kelgusi iqtisodiy manfaatlar keltirish qobiliyati odatda 
yuqoriroq noaniqlikka duchor bo’ladi. Shu tufayli, mazkur Standart tadbirkorlik 
sub’ektidan hanuz foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktivning balans qiymatini, 
kamida har yili, qadrsizlanishga tekshirishni talab etadi. 
Aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjudligini 
tekshirishda, tadbirkorlik sub’ekti, kamida, quyidagi ishoralarni ko’rib chiqishi lozim:
Ma’lumotlarning tashqi manbalari: 
(a) 
shunday kuzatiladigan ishoralar mavjudki, bunda aktivning qiymati vaqt 
o’tishi yoki me’yoriy foydalanish natijasida kutilishi mumkin bo’lgan kamayishga 
nisbatan davr mobaynida sezilarli darajada kamaygan. 
(b) 
tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan salbiy ta’sirga ega jiddiy o’zgarishlar 
tadbirkorlik sub’ekti faoliyat ko’rsatadigan texnologik, bozor, iqtisodiy yoki yuridik 
muhitda yoki aktiv tegishli bo’lgan bozorda davr mobaynida sodir bo’ldi, yoki yaqin 
kelajakda sodir bo’ladi. 
(v) 
bozor foiz stavkalari yoki investitsiyalar bo’yicha boshqa bozor 
foydalilik ko’rsatkichlari davr mobaynida oshdi va ushbu oshishlarning 
foydalanishdagi aktivning qiymatini hisoblashda qo’llanilgan diskont stavkasiga 
ta’sir etish hamda aktivning qoplanadigan qiymatini ahamiyatli kamaytirish ehtimoli 
mavjud. 
(g) 
tadbirkorlik sub’ektining sof aktivlarining balans qiymati uning bozor 
kapitalizatsiyasidan ko’proqdir. 
Ma’lumotlarning ichki manbalari: 
(d) 
aktivning ma’naviy eskirishi yoki jismoniy shikastlanishiga dalil 
mavjud. 
(e) 
tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan salbiy ta’sirga ega jiddiy o’zgarishlar 
aktivdan foydalanilgan yoki foydalanilishi kutilgan darajada, yoki undan foydalanish 
holatida, davr mobaynida sodir bo’ldi, yoki yaqin kelajakda sodir bo’lishi kutiladi. 
Ushbu o’zgarishlar aktivdan foydalanilmagan holatni, aktiv tegishli bo’lgan faoliyatni 
to’xtatish yoki qayta tashkil etish rejalarini, aktivni avval kutilgan sanadan oldin 
hisobdan chiqarish rejalarini va aktivning foydali xizmat muddatini noaniqdan aniq 
sifatiga qayta baholashni o’z ichiga oladi. 
(j) 
aktivning ishlatilishidan iqtisodiy natijalar kutilganidan salbiyroq 


144 
bo’lganligini, yoki bo’lishini, ko’rsatadigan dalil ichki hisobot asosida aniqlangan. 
(z) 
sho’’ba tadbirkorlik sub’ekti, qo’shma korxona yoki qaram tadbirkorlik 
sub’ektidagi investitsiya uchun, investor investitsiya bo’yicha dividendni tan oladi va 
shunday dalil mavjudki, bunda: 

alohida moliyaviy hisobotlardagi investitsiyaning balans qiymati 
jamlangan moliyaviy hisobotlardagi investitsiya ob’ektining sof aktivlarining, 
jumladan tegishli gudvillning, balans qiymatlaridan oshadi; yoki 

dividend e’lon qilingan davrda dividend sho’’ba tadbirkorlik sub’ekti, 
qo’shma korxona yoki qaram tadbirkorlik sub’ektining jami umumlashgan 
daromadidan oshadi. 
Tadbirkorlik sub’ekti aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining boshqa 
ishoralarini aniqlashi mumkin va ular tadbirkorlik sub’ektidan aktivning 
qoplanadigan qiymatni aniqlashni, yoki gudvill holatida, qadrsizlanish tekshiruvini 
amalga oshirishni ham talab etishi mumki. 
Aktiv qadrsizlangan bo’lish mumkinligini ko’rsatadigan ichki hisobot dalili 
quyidagilarning mavjudligini o’z ichiga oladi: 
(a) 
aktivni sotib olish bo’yicha pul oqimlari, yoki undan foydalanish yoki 
uni saqlash uchun keyinchalik zarur bo’ladigan pul mablag’larining dastlab 
rejalashtirilgan byudjet mablag’laridan sezilarli darajada ko’proq bo’lishi; 
(b) 
aktiv bo’yicha haqiqiy sof pul oqimlarining yoki operatsion foyda yoki 
zararning rejalashtirilgan byudjet ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli tarzda salbiy 
bo’lishi; 
(v) 
aktiv bo’yicha rejalashtirilgan sof pul oqimlarining yoki operatsion 
foydaning sezilarli darajada kamayishi yoki rejalashtirilgan zararning sezilarlai 
darajada ko’payishi; yoki 
(g) 
joriy davr summalari kelgusi davr uchun rejalashtirilgan summalar bilan 
jamlanganida aktiv bo’yicha operatsion zararlar yoki sof pul chiqimlari paydo 
bo’lishi. 
Standart noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktiv yoki hanuz 
foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktiv va gudvill qadrsizlanishga kamida har yili 
tekshirilishini talab etadi. Masalan, agarda oldingi hisob-kitoblar aktivning 
qoplanadigan qiymat uning balans qiymatidan sezilarli tarzda ko’proq bo’lganini aks 
ettirsa, tadbirkorlik sub’ekti ushbu farqni yuqotishi mumkin bo’lgan hech qanday 
hodisa sodir bo’lmaganda aktivning qoplanadigan qiymatni qayta baholashi zarur 
emas. 
 
Standart qoplanadigan qiymatni aktivning yoki pul mablag’larini hosil 
qiladigan birlikning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati bilan 
uning foydalanishdagi qiymati o’rtasidagi yuqorirog’i sifatida ta’riflaydi. Ushbu 
talablar «aktiv» atamasidan foydalanadi, ammo ular alohida aktivga yoki pul 
mablag’larini hosil qiladigan birlikka nisbatan teng tarzda qo’llaniladi. 
Ham chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi aktivning haqqoniy qiymatini 
ham uning foydalanishdagi qiymatini aniqlash har doim ham zarur emas. Agarda 
ushbu summalarning biri aktivning balans qiymatidan oshsa, aktiv qadrsizlanmagan 
bo’ladi va ikkinchi summani baholash zarur bo’lmaydi. 


145 
Hattoki ma’lum aktiv uchun faol bozordagi belgilangan narx mavjud bo’lmasa 
ham, chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatni baholash mumkin 
bo’ladi. Biroq, ayrim holatlarda chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy 
qiymatni baholash imkoniyati bo’lmasligi mumkin, chunki joriy bozor sharoitlarida 
baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasida aktivni sotish bo’yicha odatiy 
operatsiyaning sodir bo’lishi mumkin bo’lgan narxni ishonchli baholash uchun asos 
mavjud bo’lmaydi. Bunday holatda, tadbirkorlik sub’ekti aktivning foydalanishdagi 
qiymatidan uning qoplanadigan qiymat sifatida foydalanishi mumkin. 
Agarda aktivning foydalanishdagi qiymati uning chiqib ketish xarajatlari 
chegirilgandagi haqqoniy qiymatidan ahamiyatli tarzda oshishiga kutish uchun hech 
qanday sabab bo’lmasa, aktivning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy 
qiymatidan uning qoplanadigan qiymat sifatida foydalanish mumkin. Bu ko’p 
hollarda sotish uchun mo’ljallangan aktiv holatida bo’ladi. Bunga sabab shuki, sotish 
uchun mo’ljallangan aktivdan uning sotilishiga qadar uzluksiz foydalanishdan 
keladigan kelgusi pul oqimlari sezilarsiz bo’lish ehtimoli tufayli, aktivning 
foydalanishdagi qiymati asosan sotishdan olinadigansof tushumlardan tashkil topadi. 
Alohida aktiv boshqa aktivlardan yoki aktivlar guruhlaridan keladigan pul 
kirimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltirmagan 
holatdan tashqari holatlarda, qoplanadigan qiymat alohida aktiv uchun aniqlanadi. 
Agarda ushbu holat yuz bersa, qoplanadigan qiymat aktiv tegishli bo’lgan pul 
mablag’larini hosil qiladigan birlik uchun aniqlanadi, bunda:
(a) 
aktivning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati 
uning balans qiymatidan ko’proq bo’lmaguncha; yoki 
(b) 
aktivning foydalanishdagi qiymati uning chiqib ketish xarajatlari 
chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga yaqin bo’lgan holda baholanishi va chiqib ketish 
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati baholanishi mumkin bo’lmaguncha. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin