Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

2-misol. 
Kompaniya aktivdan foydalanish qiymatini baholamoqda. So’ngi prognozlarga 
asosan kelgusi 5 yilda quyidagicha pul oqimlari xarakati aniqlandi: 
yillar 
Kirim 
Chiqim 
Sof pul oqimi 

200000 
140000 
60000 

170000 
135000 
35000 

150000 
130000 
20000 

130000 
120000 
10000 

100000 
95000 
5000 
Soliq solishgacha maqbul stavka 12 %. 
Qoplanadigan qiymat (foydalanish qiymati)
60000x1/1,12+35000x1/1,12²+20000x1/1,12³+10000x1/1,124+50001/1,125=
1
04901 sh.b.
Kelgusi pul oqimlari ular yuzaga keltiriladigan valyutada baholanadi va 
so’ngra ushbu valyuta uchun o’rinli bo’lgan diskont stavkasi orqali diskontlanadi. 
Tadbirkorlik sub’ekti foydalanishdagi qiymatni hisoblash sanasidagi spot valyuta 
kursi orqali keltirilgan qiymatni bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazadi. 
Diskont stavkasi (stavkalari) soliqdan oldingi stavka (stavkalar) bo’lishi lozim, 


149 
qaysiki quyidagilarning joriy bozor baholanishlarini aks ettiradi:
(a) 
pulning vaqtdagi qiymati; va 
(b) 
aktivga xos bo’lgan va kelgusi pul oqimlarining baholanishi 
to’g’rilanmagan xatarlar. 
Pulning vaqtdagi qiymatining va aktivga xos xatarlarning joriy bozor 
baholanishlarini aks ettiradigan stavka bu shunday foydalilikki, qaysiki investorlar 
tomonidan talab etilgan bo’lar edi, agarda ular tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 
aktivdan olinishi kutilgan pul oqimlarining summalariga, muddatiga, xatar darajasiga 
ekvivalent bo’lgan pul oqimlarini yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan investitsiyani 
tanlaganda edi. Ushbu stavka o’xshash aktivlar bo’yicha joriy bozor operatsiyalaridan 
kelib chiqadigan stavka orqali yoki ko’rib chiqilayotgan aktivga nisbatan foydalanish 
potentsiali va xatarlari jihatidan o’xshash bo’lgan yagona aktiv (yoki aktivlar 
portfeliga) ega listing qilingan tadbirkorlik sub’ekti kapitalining tortilgan o’rtacha 
qiymati orqali baholanadi. Biroq, aktivning foydalanishdagi qiymatini baholashda 
qo’llanilgan 
diskont 
stavka(lar)i 
kelgusi 
pul 
oqimlarining 
baholanishi 
to’g’rilanmagan xatarlarni aks ettirmasligi lozim. Aks holda, ayrim farazlarning 
ta’siri ikki marta hisobga olinadi. 
Qachonki aktivga xos stavka bevosita bozor ma’lumotlari asosida aniqlana 
olmasa, tadbirkorlik sub’ekti diskont stavkasini baholashda o’rindoshlardan 
foydalanadi. A-ilova bunday holatlarda diskont stavkasini baholash bo’yicha 
qo’shimcha yo’riqnomani ta’minlaydi. 
Gudvilldan tashqari alohida aktiv uchun qadrsizlanish zararlarini tan olish va 
baholash talablarini belgilaydi. Pul mablag’larini hosil qiladigan birliklar va gudvill 
uchun qadrsizlanish zararlarini tan olish va baholash ko’rib chiqiladi. 
Faqatgina agarda aktivning qoplanadigan qiymati uning balans qiymatidan 
kamroq bo’lsa, aktivning balans qiymati uning qoplanadigan qiymatiga qadar 
kamaytirilishi lozim. Bunday kamayish qadrsizlanish bo’yicha zarardir. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin