151
Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymati – pul
mablag’larini hosil qiladigan birlikning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi
haqqoniy qiymati bilan uning foydalanishdagi qiymati o’rtasidagi ko’prog’i
hisoblanadi. Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning
qoplanadigan qiymatini
aniqlash maqsadida, “aktiv”ga har qanday havola “pul mablag’larini hosil qiladigan
birlik”ka havola sifatida o’qiladi.
Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning balans qiymati pul mablag’larini
hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymatini aniqlash usuliga muvofiq bo’lgan
asosda aniqlanishi lozim.
Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning balans qiymati:
(a)
faqatgina pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka nisbatan o’rinli va
mos ravishda bevosita aks ettirilishi, yoki taqsimlanishi mumkin bo’lgan aktivlarning
balans qiymatini o’z ichiga oladi va pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning
foydalanishdagi qiymatini aniqlashda foydalaniladigan kelgusi pul kirimlarini yuzaga
keltiradi; va
(b)
har qanday tan olingan majburiyatning balans qiymatini o’z
ichiga
olmaydi, bunda pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymat
ushbu majburiyatni inobatga olmagan holda aniqlanishi mumkin bo’lmaguncha.
Bunga sabab shuki, pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning chiqib ketish
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati va
foydalanishdagi qiymati pul
mablag’larini hosil qiladigan birlikning qismi bo’lmagan aktivlarga va tan olingan
majburiyatlarga tegishli pul oqimlarini inobatga olmagan holda aniqlanadi.
Pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarda gudvillni taqsimlash
Qadrsizlanishga tekshirish maqsadida, biznes birlashuvida sotib olingan gudvill
xarid sanasidan boshlab sotib oluvchining, birlashuv faoliyatidan manfaat olishi
kutilgan, pul mablag’larini hosil qiladigan
birliklarining har biriga, yoki pul
mablag’larini hosil qiladigan birliklar guruhlariga, taqsimlanishi lozim,
bunda sotib
olinuvchining boshqa aktivlari yoki majburiyatlari ushbu birliklarga yoki birliklar
guruhlariga biriktirilgan bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar. Gudvill bunday
taqsimlangan har bir birlik yoki birliklar guruhi:
(a) tadbirkorlik sub’ekti ichidagi gudvill ichki boshqaruv maqsadlarida nazorat
qilinadigan eng quyi darajani aks ettirishi lozim; va
(b) umumlashtirishdan oldin MHXS 8 “Operatsion segmentlar”da ta’riflangan
operatsion segmentdan kattaroq bo’lmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: