Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Tayanch so’zlar. 
Majburiyat – bu tadbirkorlik sub’ektining bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga 
keladigan hozirgi paytda mavjud bo’lgan majburiyati bo’lib, uni so’ndirish natijasida 
tadbirkorlik sub’ektidan iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib 
ketishi kutiladi.
Konstruktiv majburiyat - tadbirkorlik sub’ektining quyidagi holatlardagi xatti-
harakatlaridan kelib chiqadigan majburiyat: 
(a) 
uning oldingi shakllangan amaliyoti, chop etilgan siyosatlari yoki 
yetarlicha aniq bo’lgan joriy bildirgisi asosida tadbirkorlik sub’ekti ma’lum 
javobgarliklarni olishini namoyon etgan; va 
(b) 
buning natijasida, tadbirkorlik sub’ekti u ushbu javobgarliklarni bajaradi 
degan asosli kutishlarni boshqa tomonlarda tug’dirgan. 
Shartli majburiyat - bu:
(a) 
bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan majburiyat. 
Uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik sub’ektining to’liq nazorati ostida bo’lmagan 
kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi 
natijasida tasdiqlanadi; yoki 
bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga keladigan, lekin quyidagilar tufayli tan 
olinmaydigan hozirgi paytda mavjud bo’lgan majburiyat: 
- ushbu majburiyatni so’ndirish uchun iktisodiy nafni mujassamlashtirgan 
resurslar chiqib ketishining talab etilishi ehtimoli yo’q; yoki 
- ushbu majburiyatning summasi yetarlicha ishonchli tarzda baholana olmaydi.
Shartli aktiv – bu bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan va 
uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik sub’ektining to’liq nazorati ostida bo’lmagan 
kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi 
natijasida tasdiqlanadigan aktivdir.
Restrukturizatsiya – bu rahbariyat tomonidan rejalashtirilgan va nazorat 
qilinadigan dastur bo’lib, u quyidagilarni ahamiyatli ravishda o’zgartiradi:
(a) 
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan amalga oshiriladigan biznesning 
ko’lamini; yoki
(b) 
ushbu biznes amalga oshirilishi tarzini. 
Buxgalteriya hisobi bo’yicha foyda – bu soliq xarajatlari chegirib 
tashlanmaguncha bo’lgan davr foydasi yoki zarari. 


181 
Soliq solinadigan foyda (soliq zarari) –bu soliq idoralari tomonidan belgilangan 
qoidalarga muvofiq aniqlangan va undan foyda soliqlari to’lanishi (qoplanishi) talab 
etiladigan davr foydasi (zarari). 
Soliq xarajati (soliq daromadi) –bu davr foydasi yoki zarari aniqlanishida 
hisobga olingan joriy va muddati kechiktirilgan soliq bo’yicha umumiy summa. 
Joriy soliq -bu davr uchun soliq solinadigan foyda (soliq zarari)dan 
to’lanadigan (qoplanadigan) foyda soliqlari summasi. 
Muddati kechiktirilgan soliq majburiyatlari -bu kelgusida soliq solinadigan 
vaqtinchalik farqlar bo’yicha kelgusi davrlarda to’lanadigan foyda soliqlarining 
summasi. 
Muddati kechiktirilgan soliq aktivlari – foyda soliqlarining quyidagilar bo’yicha 
kelgusi davrlarda qoplanadigan summasi: 
(a) kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqlar; 
(b) foydalanilmagan soliq zararlarini kelgusi davrlarga o’tkazish; va 
(v) foydalanilmagan soliq imtiyozlarini kelgusi davrlarga o’tkazish. 
Vaqtinchalik farqlar – bu moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda aks ettirilgan 
aktiv yoki majburiyatning balans qiymati bilan uning soliq bazasi o’rtasidagi 
farqlardir. Vaqtinchalik farqlar quyidagicha bo’lishi mumkin: 
(a) 
kelgusida coliq solinadigan vaqtinchalik farqlar - vaqtinchalik farqlar 
bo’lib, ular aktiv yoki majburiyatning balans qiymati qoplanadigan yoki to’lanadigan 
kelgusi davrlarning soliq solinadigan foydasini (soliq zararini) hisoblashda soliq 
solinadigan summalar yuzaga kelishiga olib keladi; yoki 
(b) 
kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqlar - vaqtinchalik farqlar bo’lib, 
ular aktiv yoki majburiyatning balans qiymati qoplanadigan yoki to’lanadigan kelgusi 
davrlarning soliq solinadigan foydasini (soliq zararini) hisoblashda chegirib 
tashlanadigan summalar yuzaga kelishiga olib keladi. 
Aktiv yoki majburiyatning soliq bazasi – ushbu aktiv yoki majburiyatning soliq 
maqsadlaridagi qiymati. 
Soliq xarajati (soliq daromadi) joriy soliq bo’yicha xarajatni (joriy soliq 
bo’yicha daromadni) hamda muddati kechiktirilgan soliq bo’yicha xarajatni (muddati 
kechiktirilgan soliq bo’yicha daromadni) qamrab oladi. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin