Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

“O’zaro bog’liq tomonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni 
ochib berish” 
da ta’riflangan), masalan, tadbirkorlik sub’ektining boshqaruvi yoki 
bosh ijrochi direktoriga, taqdim qilinadigan ichki ma’lumotlarga asoslanishi kerak. 
Agar hisobot davri oxirida ochib berilgan miqdoriy ma’lumotlar tadbirkorlik 
sub’ektining davr mobaynida risklarga duchorligi bo’yicha to’g’ri tasavvurni bermasa, 
tadbirkorlik sub’ekti bunday to’g’ri tasavvurni shakllantiradigan qo’shimcha 
ma’lumotlarni ta’minlashi kerak. 
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy instrumentlarning turkumlari bo’yicha 
quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) 
ushbu tadbirkorlik sub’ektining hisobot davri oxirida kredit riskiga 
duchorligining maksimal darajasini eng aniq ko’rsatadigan summani, bunda har 
qanday olingan garov yoki kredit sifatini oshiradigan boshqa mexanizmlar hisobga 
olinmaydi (masalan BHXS 32 ga muvofiq o’zaro hisob-kitob shartlariga mos 
kelmaydigan va sof asosda hisoblashishni ko’zda tutadigan shartnomalar). Bunday 
ma’lumotlarni ochib berish, agar moliyaviy instrumentning balans qiymati kredit 
riskiga duchorlikning maksimal darajasini eng aniq qilib ko’rsatadigan bo’lsa, bunday 
moliyaviy instrumentlar bo’yicha talab etilmaydi. 
(b) 
ta’minot sifatida olingan garov va kredit sifatini oshiradigan boshqa 
mexanizmlarni hamda ularning kredit riskiga duchorlikning maksimal darajasini eng 
aniq ko’rsatadigan summaga ((a) bandga muvofiq ochib beriladigan summaga yoki 
moliyaviy instrumentining balans qiymatiga) moliyaviy ta’sirini (masalan, garov va 
kredit sifatini oshiradigan boshqa mexanizmlar kredit riskini qay darajada pasaytirishi 
miqdori). 
(v) 
muddati o’tgan bo’lib ham qadrsizlangan bo’lib ham hisoblanmaydigan 
moliyaviy aktivlarning kredit sifati to’g’risida ma’lumotlar. 
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy aktivlarning turkumlari bo’yicha quyidagilarni 
ochib berishi kerak:
(a) 
hisobot davri oxirida muddati o’tgan lekin qadrsizlanmagan moliyaviy 
aktivlar bo’yicha to’lovlarni kechiktirish muddatlarining tahlili; va 
(b) 
hisobot davri oxirida qadrsizlanishi alohida aktiv bo’yicha aniqlangan 
moliyaviy aktivlarlarning tahlili, shu jumladan tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 
ularning qadrsizlanishi aniqlanganida hisobga olingan omillar. 
Tadbirkorlik sub’ekti ta’minot sifatida olingan garovni yoki kredit sifatini 
oshiradigan boshqa mexanizmlarni (masalan, kafolatlarni) o’ndirish orqali moliyaviy 
yoki nomoliyaviy aktivlarni davr mobaynida olganida hamda bunday aktivlar boshqa 
MHXSlardagi tan olish mezonlariga mos kelganida, tadbirkorlik sub’ekti hisobot 
sanasida bunday egalik qilinayotgan aktivlar bo’yicha quyidagilarni ochib berishi 
kerak: 


228 
(a) 
aktivlarning xususiyati va balans qiymati; va 
(b) 
aktivlar pul mablag’lariga oson aylantira olinmaganida, bunday aktivlar 
chiqib ketishi yoki ulardan faoliyat davomida foydalanish bo’yicha ushbu tadbirkorlik 
sub’ektining siyosatlari. 
Tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi kerak: 
(a) 
noderivativ moliyaviy majburiyatlar bo’yicha (shu jumladan, chiqarilgan 
moliyaviy kafolat shartnomalar bo’yicha) so’ndirish muddatlarining tahlili, qaysiki 
ularning shartnoma bo’yicha qolgan muddatlarini ko’rsatadi. 
(b) 
derivativ moliyaviy majburiyatlar bo’yicha so’ndirish muddatlarining 
tahlili. So’ndirish muddatlarning tahlili pul oqimlari yuzaga kelishi paytini tushunish 
uchun shartnoma bo’yicha so’ndirish muddatini bilish muhim bo’lgan derivativ
moliyaviy majburiyatlarning so’ndirish muddatlarini qamrab olishi kerak. 
(v) 
(a) va (b) dagi moliyaviy majburiyatlarga xos likvidlilik darajasi 
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan qay tarzda boshqarilishining tavsifi. 
Tadbirkorlik sub’ekti yuqoridagi talablarga rioya qilmaganida, u quyidagilarni 
ochib berishi kerak: 
(a) 
tadbirkorlik sub’ekti hisobot davri oxirida duchor bo’lgan bozor riskining 
har bir turi bo’yicha sezuvchanlik tahlili. Bunda risk darajasi bog’liq bo’lgan tegishli 
o’zgaruvchan ko’rsatkichning hisobot sanasida oqilona ravishda kutilishi mumkin 
bo’lgan o’zgarishlari foyda yoki zararga va kapitalga qanday ta’sir qilishi 
mumkinligini ko’rsatish lozim; 
(b) 
sezuvchanlik tahlilini tayyorlashda foydalalanilgan usullar va tahminlar; 
va 
(v) 
foydalalanilgan usullar va tahminlarning oldingi davrga nisbatan 
o’zgarishi, va bunday o’zgarishlarning sabablari. 
Tadbirkorlik 
sub’ekti risk-ostidagi-qiymat kabi sezuvchanlik tahlilini 
tayyorlaganida, va bunday tahlil risk darajasi bog’liq bo’lgan o’zgaruvchan 
ko’rsatkichlar (masalan, foiz stavkalari, valyuta kurslari) o’rtasidagi o’zaro 
bog’liqliklarni aks ettirib, ushbu tadbirkorlik sub’ekti undan moliyaviy risklarni 
boshqarish uchun foydalanganida, u mazkur sezuvchanlik tahlilidan foydalanishi 
kerak. Tadbirkorlik sub’ekti, shuningdek, quyidagilarni ochib berishi kerak: 
(a) 
bunday sezuvchanlik tahlilini tayyorlashda foydalanilgan usulning 
tushuntirilishi, hamda taqdim etilgan ma’lumotlarni asoslovchi asosiy ko’rsatkichlar 
va tahminlar; va 
(b) 
qo’llanilgan usulning maqsadini tushuntirish hamda bunday tahlil bilan 
bog’liq aktivlar va majburiyatlarning haqqoniy qiymatini to’liq aks ettirmaydigan 
ma’lumotlar taqdim qilinishiga olib kelishi mumkin bo’lgan cheklovlar. 
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga quyidagilarga 
imkon beradigan ma’lumotlarni ochib berishi kerak: 
(a) 
o’tkazilgan, lekin to’liq hisobdan chiqarilmagan moliyaviy aktivlar va 
ular bilan bog’liq majburiyatlar o’rtasidagi bog’liqlikni tushunishga; va 
(b) 
hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarda tadbirkorlik sub’ektining 
davom qilayotgan ishtirok darajasi xususiyatini va bu ishtirok bilan bog’liq risklarni 
baholashga. 
Tadbirkorlik sub’ekti o’tkazilgan moliyaviy aktivda davom qilayotgan ishtirok 


229 
darajasiga ega deb hisoblanadi, agar tadbirkorlik sub’ekti, o’tkazishning bir qismi 
sifatida, o’tkazilgan moliyaviy aktivga tegishli har qanday shartnomaviy huquqlarni 
yoki majburiyatlarni saqlab qolsa yoki o’tkazilgan moliyaviy aktivga tegishli har 
qanday yangi shartnomaviy huquqlarni yoki majburiyatlarni olsa, quyidagilar davom 
qilayotgan ishtirok darajasini anglatmaydi: 
(a) 
firibgarlik bilan amalga oshirilgan o’tkazishlarga nisbatan odatiy 
bildirishlar va kafolatlar hamda o’tkazishni sud jarayoni natijasida bekor qilishi 
mumkin bo’lgan asoslanganlik, holis niyatlar, operatsiyalarni halol amalga oshirish 
kabi tushunchalar; 
(b) 
o’tkazilgan moliyaviy aktivni qayta sotib olish bo’yicha forvard, optsion 
va boshqa shartnomalar, bunda shartnomaning bahosi (yoki operatsiyani amalga 
oshirish bahosi) bo’lib o’tkazilgan moliyaviy aktivning haqqoniy qiymati xizmat 
qilganida; yoki 
(v) 
tadbirkorlik sub’ekti shartnoma bo’yicha moliyaviy aktivdan pul 
oqimlarini olish huquqlarini saqlab qoladigan, lekin bir yoki undan ortiq tadbirkorlik 
sub’ektlariga ushbu pul oqimlarini to’lash majburiyatini oladigan, hamda bunda
MHXS 9dagi shartlar bajariladigan kelishuv. 
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy aktivlarni shunday o’tkazishi mumkinki, bunda 
o’tkazilgan moliyaviy aktivlarning butun yoki qandaydir qismi uni hisobdan chiqarish 
shartlariga mos kelmasligi mumkin. Tadbirkorlik sub’ekti o’tkazilgan, lekin to’liq 
hisobdan chiqarilmagan moliyaviy aktivlarning xar bir turkumi bo’yicha har hisobot 
sanasida quyidagilarni ochib berishi kerak: 
(a) o’tkazilgan aktivlarning xususiyatini, 
(b) tadbirkorlik sub’ekti duchor bo’lgan va egalik huquqi bilan bog’liq bo’lgan 
risklar va mukofotlarning xususiyatini, 
(v) o’tkazilgan aktivlar va ular bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlar o’rtasidagi 
bog’liqlik xususiyatining tavsifi, shu jumladan hisobot beradigan tadbirkorlik sub’ekti 
o’tkazilgan aktivlardan foydalanishining cheklovlarini, 
(g) bog’liq bo’lgan majburiyatlar bo’yicha shartnoma tomoni (tomonlari) faqat 
o’tkazilgan aktivlarga da’vo qilishi mumkin bo’lganda, o’tkazilgan aktivlarning 
haqqoniy qiymatlarni aks ettiradigan jadval, bog’liq bo’lgan majburiyatlarning 
haqqoniy qiymatini va sof pozitsiyani (o’tkazilgan aktivlar va ular bilan bog’liq 
bo’lgan majburiyatlarning haqqoniy qiymatlari o’rtasidagi farqni). 
(d) tadbirkorlik sub’ekti barcha o’tkazilgan aktivlarni tan olishni davom 
qilganida, u o’tkazilgan aktivlarning va ular bilan bog’liq majburiyatlarning balans 
qiymatlarini. 
(e) tadbirkorlik sub’ekti uning davom qilayotgan ishtiroki darajasida aktivlarni 
tan olishni davom qilganida aktivlarning o’tkazishdan oldingi jami balans qiymatini, 
aktivlarning tadbirkorlik sub’ekti tomonidan tan olinishi davom qilayotgan balans 
qiymatini hamda ular bilan bog’liq majburiyatlarning balans qiymatini. 
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy aktivlarni butunligicha hisobdan chiqarganida, 
lekin ularda davom qiladigan ishtirok darajasini saqlab qolganida, tadbirkorlik 
sub’ekti davom qilayotgan ishtirokning har bir turi bo’yicha kamida quyidagilarni har 
hisobot sanasida ochib berishi kerak: 
(a) tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotida tan 


230 
olingan va uning hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarda davom qilayotgan ishtirok 
darajasini aks ettiradigan aktivlar va majburiyatlarning balans qiymatlarini, hamda 
ushbu aktivlar va majburiyatlarning balans qiymatlari tan olingan (hisobotning) satr 
moddalarini. 
(b) tadbirkorlik sub’ektining hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarda davom 
qilayotgan ishtirokini aks ettiradigan aktivlar va majburiyatlarning haqqoniy 
qiymatini. 
(v) tadbirkorlik sub’ektining hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarda davom 
qilayotgan ishtirokidan olinadigan maksimal zararni eng aniq qo’rsatadigan summani, 
va ushbu maksimal zarar summasi qanday qilib aniqlanganligi ko’rsatadigan 
ma’lumotlarni. 
(g) o’tkazilgan va hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarni qayta sotib olish 
uchun talab qilinishi mumkin bo’lgan yoki talab etiladigan diskontlanmagan pul 
chiqimlarini (masalan, optsion shartnomasida strayk-narxni) yoki o’tkazilgan aktivlar 
bo’yicha o’tkazilayotgan tomonga to’lanishi lozim bo’lga boshqa summalarni. Agar 
pul chiqimi o’zgaruvchan ko’rsatkich bo’lsa, ochib beriladigan summa har hisobot 
sanasida mavjud bo’lgan shart-sharoitlarga asoslanishi kerak. 
(d) o’tkazilgan va hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarni qayta sotib olish 
uchun talab qilinishi mumkin bo’lgan yoki talab etiladigan diskontlanmagan pul 
chiqimlari yoki o’tkazilgan aktivlar bo’yicha o’tkazilayotgan tomonga to’lanishi lozim 
bo’lgan boshqa summalar bo’yicha so’ndirish muddatlarining tahlili, bunda 
tadbirkorlik sub’ektining bu aktivlarda davom qilayotgan ishtirok darajasi bo’yicha 
qolgan so’ndirish muddatini alohida ko’rsatgan holda. 
(e) (a)–(d) bandlarda talab etilgan miqdoriy ma’lumotlarni tushuntiradigan va 
asoslaydigan sifatiy ma’lumotlar. 
Tadbirkorlik sub’ekti muayyan hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivda birdan 
ortiq davom qilayotgan ishtirok darajasining turiga ega bo’lganida, u aktiv bo’yicha 
talab etilgan ma’lumotlarni umumlashtirishi va ularni davom qilayotgan ishtirok 
darajasining bir turi bo’yicha aks ettirishi mumkin. 
Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ekti davom qilayotgan ishtirok darajasining 
har bir turi bo’yicha quyidagilarni ochib berishi kerak: 
(a) aktivlar o’tkazilishi sanasida tan olingan foyda yoki zararni. 
(b) hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarda tadbirkorlik sub’ektining davom 
qilayotgan ishtirokidan hisobot davrida va jamg’arilgan holda tan olingan daromadlar 
va xarajatlarni (masalan, derivativ instrumentlar haqqoniy qiymatining o’zgarishlari). 
(v) agar (hisobdan chiqarish shartlariga javob beradigan) aktivlarni o’tkazish 
operatsiyalardan hisobot davridagi jami tushimlarning summasi hisobot davri 
davomida bir tekis taqsimlangan bo’lmasa (masalan, o’tkazish bo’yicha 
operatsiyaning jami summasining katta qismi hisobot davrining yopilishi kunlariga 
to’g’ri kelsa), quyidagilarni ochib berishi kerak: 

ushbu 
hisobot davri davomida o’tkazish bo’yicha eng katta 
operatsiyaning sodir bo’lishi paytini (masalan, hisobot davri oxiridan besh kun avval), 

hisobot davrining o’sha qismida o’tkazish bo’yicha operatsiyadan tan 
olingan summani (masalan, tegishli foyda yoki zararlarni), va 

hisobot davrining o’sha qismida o’tkazish bo’yicha operatsiyadan jami 


231 
tushimlar summasini. 
Tadbirkorlik sub’ekti ushbu ma’lumotlarni umumlashgan daromad to’g’risidagi 
hisobot taqdim qilinadigan har bir davr uchun ta’minlashi kerak.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin