Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

haqqoniy qiymat xeji
: tan olingan aktivning yoki majburiyatning yoki tan 
olinmagan qat’iy kelishuvning, yoki bunday aktivning, majburiyatning yoki qat’iy 
kelishuvning aniqlanadigan qismining, haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlarga duchorlik 
riskining xeji bo’lib, u muayyan riskga tegishli bo’ladi va foyda yoki zararga ta’sir 
etishi mumkin.
(b) 
pul oqimi xeji
: pul oqimlaridagi o’zgaruvchanlikka duchorlik riskining 
xeji bo’lib, u - tan olingan aktiv yoki majburiyat (masalan o’zgaruvchan foizli qarz 
bo’yicha barcha yoki ayrim kelgusi foiz to’lovlari) yoki yuqori ehtimolli 
rejalashtirilgan operatsiya bilan bog’liq muayyan riskga tegishli bo’ladi va - foyda 
yoki zararga ta’sir etishi mumkin.
(v) 
xorijdagi bo’linmaga sof investitsiyaning xeji, 
bunda BHXS 21 da 
ta’riflangandek.
Qat’iy kelishuv bo’yicha xorijiy valyuta riskining xeji haqqoniy qiymat xeji 
sifatida yoki pul oqimi xeji sifatida hisobga olinishi mumkin. 
Xejlash aloqasi xej hisobi sifatida tasniflanadi, faqatgina agarda quyidagi barcha 
shartlar qanoatlantirilsa.
(a) 
xej boshlanishida, xejlash aloqasining va tadbirkorlik sub’ektining xejni 
amalga oshirish bo’yicha riskni boshqarish maqsadi va strategiyasining rasmiy 
belgilangan va hujjatlashtirilgan bo’lsa. Ushbu hujjatlashtirish xejlash instrumentini, 
xejlangan modda yoki operatsiyani, xejlanadigan risk xususiyatini va tadbirkorlik 
sub’ekti xejlangan moddaning haqqoniy qiymatidagi yoki xejlangan riskga tegishli pul 
oqimlaridagi 
o’zgarishlarga duchorlikni o’zaro qoplash bo’yicha xejlash 
instrumentining samaradorligini qanday baholashini aniqlashni o’z ichiga oladi. 
(b) 
Muayyan xejlash aloqasi bo’yicha dastlabki hujjatlashtirilgan riskni 
boshqarish strategiyasiga mos tarzda, xej xejlangan riskga tegishli haqqoniy 
qiymatdagi yoki pul oqimlaridagi o’zgarishlarni o’zaro qoplashga erishishda yuqori 
samarador bo’lishi kutiladi. 
(v) 
Pul oqimi xejlarida, xejning predmeti bo’lgan rejalashtirilgan operatsiya 
yuqori ehtimolli bo’lishi shart va yakuniy bosqichda foyda yoki zararga ta’sir etishi 
mumkin bo’lgan pul oqimlarining o’zgarishiga nisbatan duchorlikni aks ettirishi shart. 
(g) 
Xejning samaradorligi ishonchli baholanishi mumkin, ya’ni xejlangan 
riskga tegishli xejlangan moddaning haqqoniy qiymati yoki pul oqimlari bilan xejlash 
instrumentining haqqoniy qiymati ishonchli baholanishi mumkin. 
(d) 
Xej ukluksiz baholanib, u xej belgilangan moliyaviy hisobot davrlari 
mobaynida yuqori samarador bo’lgani uchun aniqlanadi. 
Haqqoniy qiymat xejlari 
Agarda haqqoniy qiymat xeji davr mobaynida u quyidagicha hisobga 
olinishi lozim:
(a) 
xejlash instrumentini haqqoniy qiymatda (derivativ xejlash instrumenti 
uchun) yoki BHXS 21 ga muvofiq baholangan uning balans qiymatining xorijiy 
valyuta qismini (noderivativ xejlash instrumenti uchun) qayta baholashdan yuzaga 
keladigan foyda yoki zarar foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi lozim; va 
(b) 
xejlangan riskga tegishli xejlangan modda bo’yicha foyda yoki zarar 


215 
xejlangan moddaning balans qiymatini to’g’rilashi va foyda yoki zarar tarkibida tan 
olinishi lozim. Bu qo’llaniladi, agarda xejlangan modda tannarxda baholangan bo’lsa. 
Moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar portfelining qismi bo’yicha 
foiz stavkasi riskining haqqoniy qiymat xejida foyda yoki zararni quyidagicha aks 
ettirish orqali qanoatlantirilishi mumkin:
(a) 
xejlangan modda aktiv bo’lgan qayta narxlash davrlari uchun, aktivlar 
ichidagi bitta ajratilgan qator moddasi; yoki 
(b) 
xejlangan modda majburiyat bo’lgan qayta narxlash davrlari uchun, 
majburiyatlar ichidagi bitta ajratilgan qator moddasi. 
(a) va (b) da keltirilgan ajratilgan qator moddalari moliyaviy aktivlar yoki 
moliyaviy majburiyatlar aks ettirilgan qatorlar tagida aks ettirilishi lozim. Ushbu qator 
moddalarida kiritilgan summalar moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotdan chiqarib 
tashlanishi lozim, qachonki ular tegishli bo’lgan aktivlar yoki majburiyatlar hisobdan 
chiqarilsa. 
Agarda faqatgina xejlangan moddaga tegishli muayyan risklar xejlangan bo’lsa, 
xejlangan riskga tegishli bo’lmagan xejlangan moddaning haqqoniy qiymatidagi tan 
olingan o’zgarishlar MHXS 9 da belgilangandek tan olinadi.
Tadbirkorlik sub’ekti xej hisobini prospektiv tarzda to’xtatishi lozim, agarda:
(a) 
xejlash instrumentining muddati tugasa yoki u sotilsa, bekor qilinsa yoki 
amalga oshirilsa (ushbu maqsad uchun, xejlash instrumentini boshqa xejlash 
instrumenti orqali almashtirish yoki muddatini uzaytirish xejlash instrumentining 
muddati tugashini yoki u bekor qilinishini anglatmaydi, agarda bunday almashtirish 
yoki muddatini uzaytirish tadbirkorlik sub’ektining hujjatlashtirilgan xejlash 
strategiyasining qismi bo’lsa); 
(b) 
xej hisobining mezonlarini bundan buyon qanoatlantirmasa; yoki 
(v) 
tadbirkorlik sub’ekti belgilashni bekor qiladi. 
Effektiv foiz usuli qo’llanilgan xejlangan moliyaviy instrumentning balans 
qiymatiga (yoki foiz stavkasi riski bo’yicha portfel xeji holatida, yuzaga keladigan har 
qanday tuzatish amortizatsiya qilish orqali foyda yoki zararga olib borilishi lozim. 
Amortizatsiyalash tuzatish paydobo’lishi bilan boshlanishi mumkin va xejlangan 
moddaning xejlanadigan riskga tegishli uning haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlarga 
tuzatilishi 
to’xtatilishidan 
kechiktirmasdan 
boshlanishi 
lozim. 
Tuzatish 
amortizatsiyalash boshlanadigan sanadagi qayta hisoblangan effektiv foiz stavkasiga 
asoslanadi. Biroq, moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar portfeli bo’yicha 
foiz stavkasi riskining haqqoniy qiymat xeji holatida (va faqat bunday xejda), agarda 
qayta hisoblangan effektiv foiz stavkasi orqali amortizatsiyalash amaliy imkonsiz 
bo’lsa, tuzatish bir tekis maromda amortizatsiyalanishi lozim. Tuzatish moliyaviy 
instrumentning so’ndirilishiga qadar yoki, foiz stavkasi riski bo’yicha portfel xeji 
holatida, tegishli qayta narxlash davrining tugashiga qadar to’liq amortizatsiyalanishi 
lozim.
Qachonki tan olinmagan qat’iy kelishuv xejlangan modda sifatida belgilansa, 
xejlangan riskga tegishli qat’iy kelshuvning haqqoniy qiymatidagi keyingi yig’ilgan 
o’zgarish foyda yoki zararda tan olingan mos ravishdagi foyda yoki zarar bilan birga 
aktiv yoki majburiyat sifatida tan olinadi. Xejlash instrumentining haqqoniy 
qiymatidagi o’zgarishlar ham foyda yoki zararda tan olinadi.


216 
Qachonki tadbirkorlik sub’ekti haqqoniy qiymat xejida xejlangan modda 
bo’lgan aktiv sotib olish yoki majburiyatni tan olish bo’yicha qat’iy kelishuvni 
imzolasa, tadbirkorlik sub’ekti qat’iy kelishuvni bajarishi natijasida yuzaga keladigan 
aktiv yoki majburiyatning dastlabki balans qiymati shunday maqsadda to’g’rilanadiki, 
bunda u moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda tan olingan xejlangan riskga tegishli 
qat’iy kelishuvning haqqoniy qiymatidagi yig’ilgan o’zgarishni o’z ichiga oladi. 
Agarda pul oqimi xeji davr mobaynida quyidagicha hisobga olinishi lozim:
(a) 
samarali xej deb aniqlangan xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki 
zararning qismi boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi lozim; va 
(b) 
xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki zararning samarasiz qismi foyda 
yoki zararda tan olinishi lozim. 
Yanada aniqroq qilib, pul oqimi xeji quyidagicha hisobga olinadi:
(a) 
kapitalning xejlangan modda bilan bog’liq alohida qismi quyidagilarning 
kamrog’ida to’g’rilanadi (mutlaq summalarda): 

xej boshlanishidan buyon xejlash instrumenti bo’yicha yig’ilgan foyda 
yoki zarar; va 

xej boshlanishidan buyon xejlangan modda bo’yicha kutilgan kelgusi pul 
oqimlarining haqqoniy qiymatidagi (keltirilgan qiymatidagi) yig’ilgan o’zgarish; 
(b) 
xejlash instrumenti yoki uning belgilangan qismi (qaysiki samarasiz xej) 
bo’yicha har qanday qoldiq foyda yoki zarar foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi 
lozim; va 
(v) 
agarda tadbirkorlik sub’ektining muayyan xejlash aloqasi bo’yicha 
hujjatlashtirilgan riskni boshqarish strategiyasi xej samaradorligini baholashda xejlash 
instrumenti bo’yicha foyda yoki zararning yoki tegishli pul oqimlarining ma’lum 
qismini inobatga olmasa foyda yoki zararning ushbu inobatga olinmagan qismi MHXS 
9 ga muvofiq tan olinadi. 
Agarda rejalashtirilgan operatsiyaning xeji keyinchalik moliyaviy aktiv yoki 
moliyaviy majburiyatni tan olinishiga olib kelsa, umumlashgan daromadda tan olingan 
tegishli foyda yoki zararlar qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida kapitaldan foyda 
yoki zararga shunday davrda yoki davrlarda olib borilishi (qayta tasniflanishi) lozimki, 
bunda ushbu davr yoki davrlar mobaynida xejlangan rejalashtirilgan pul oqimlari 
foyda yoki zararga ta’sir etadi (masalan, foizli daromad yoki foizli xarajat tan olingan 
davrlar). Biroq, agarda tadbirkorlik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadda tan 
olingan zararning barchasi yoki qismi bir yoki undan ortiq kelgusi davrlarda 
tiklanmasligini ko’zda tutsa, u foyda yoki zararda qayta tasniflashning to’g’rilanishi 
sifatida tiklanishi kutilmagan summani qayta tasniflashi lozim.
Agarda rejalashtirilgan operatsiyaning xeji keyinchalik nomoliyaviy aktiv yoki 
nomoliyaviy majburiyatni tan olinishiga olib kelsa, yoki rejalashtirilgan operatsiya 
nomoliyaviy aktiv yoki nomoliyaviy majburiyat uchun haqqoniy qiymat xeji hisobi 
qo’llaniladigan qat’iy kelishuvga aylansa, tadbirkorlik sub’ekti quyidagi (a) yoki (b) ni 
qabul qilishi lozim:
(a) 
umumlashgan daromadda tan olingan tegishli foyda yoki zararlarni qayta 
tasniflashning to’g’rilanishi sifatida foyda yoki zararga shunday davrda yoki 
davrlarda olib borilishi (qayta tasniflashi) lozimki, bunda ushbu davr yoki davrlar 
mobaynida xejlangan rejalashtirilgan pul oqimlari foyda yoki zararga ta’sir etadi 


217 
(masalan, eskirish xarajati yoki sotuvlar tannarxi tan olingan davrlar). Biroq, agarda 
tadbirkorlik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadda tan olingan zararning barchasi 
yoki qismi bir yoki undan ortiq kelgusi davrlarda tiklanmasligini ko’zda tutsa, u foyda 
yoki zararda qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida tiklanishi kutilmagan summani 
qayta tasniflashi lozim.
(b) 
u umumlashgan daromadda tan olingan tegishli foyda yoki zararlarni 
chiqarib tashlaydi va ularni aktivning yoki majburiyatning dastlabki tannarxiga yoki 
boshqa balans qiymatiga kiritadi. 
Tadbirkorlik sub’ekti (a) yoki (b) ni o’zining hisob siyosati sifatida qabul qilishi 
lozim va uni bir me’yorda barcha xejlarga nisbatan qo’llashi lozim.
Pul oqimi xejlaridan boshqa pul oqimi xejlarida, boshqa umumlashgan 
daromadda tan olingan summalar qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida kapitaldan 
foyda yoki zararga shunday davrda yoki davrlarda qayta tasniflanishi lozimki, bunda 
ushbu davr yoki davrlar mobaynida xejlangan rejalashtirilgan pul oqimlari foyda yoki 
zararga ta’sir etadi (masalan, rejalashtirilgan sotuv sodir bo’lganda).
Quyidagi holatlarning birortasida tadbirkorlik xej hisobini prospektiv tarzda 
to’xtatishi lozim:
(a) 
Xejlash instrumenting muddati tugasa yoki u sotilsa, bekor qilinsa yoki 
amalga oshirilsa (ushbu maqsad uchun, xejlash instrumentini boshqa xejlash 
instrumenti orqali almashtirish yoki muddatini uzaytirish muddat tugashini yoki 
xejlash instrumetining bekor qilinishini anglatmaydi, agarda bunday almashtirish yoki 
muddatini 
uzaytirish 
tadbirkorlik 
sub’ektining 
hujjatlashtirilgan 
xejlash 
strategiyasining qismi bo’lsa). Bunday holatda, xej amalda bo’lgan davrdan boshlab 
boshqa umumlashgan daromadda tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha yig’ilgan 
foyda yoki zarar rejalashtirilgan operatsiya sodir bo’lgunga qadar kapital tarkibida 
ajratilgan holda qolishi lozim. (b) 
Xej bundan buyon xej hisobining mezonlarini 
qanoatlantirmaydi. Bunday holatda, xej amalda bo’lgan davrdan boshlab boshqa 
umumlashgan daromadda tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha yig’ilgan foyda 
yoki zarar rejalashtirilgan operatsiya sodir bo’lgunga qadar kapital tarkibida ajratilgan 
holda qolishi lozim.
(v) 
Rejalashtirilgan operatsiyaning bundan buyon sodir bo’lishi kutilmaydi va 
bunday holatda xej amalda bo’lgan davrdan boshlab boshqa umumlashgan daromadda 
tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha har qanday tegishli yig’ilgan foyda yoki zarar 
qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida kapitaldan foyda yoki zararga olib borilishi 
(qayta tasniflanishi) lozim. (g) Tadbirkorlik sub’ekti xejni belgilashni bekor qiladi. 
Rejalashtirilgan operatsiya xejlarida, xej amalda bo’lgan davrdan boshlab boshqa 
umumlashgan daromadda tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha yig’ilgan foyda 
yoki zarar rejalashtirilgan operatsiya sodir bo’lgunga qadar yoki uning sodir bo’lishi 
bundan buyon kutilmasligiga qadar kapital tarkibida alohida modda bo’lib qolishi 
lozim. Agarda operatsiyaning sodir bo’lishi bundan buyon kutilmasa, boshqa 
umumlashgan daromadda tan olingan yig’ilgan foyda yoki zarar qayta tasniflashning 
to’g’rilanishi sifatida kapitaldan foyda yoki zararga olib borilishi (qayta tasniflanishi) 
lozim.
Xorijdagi bo’linmaga sof investitsiyaning xejlari, jumladan sof investtsiyaning 
qismi sifatida hisobga olingan monetar modda (BHXS 21) xeji, pul oqimi xejlariga 


218 
o’xshash tarzda hisobga olinishi lozim:
(a) 
samarali xej deb aniqlangan xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki 
zararning qismi boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi lozim; va 
(b) 
samarasiz qism foyda yoki zararda tan olinishi lozim. 
Boshqa umumlashgan daromadda tan olingan xejning samarali qismiga tegishli 
bo’lgan xejlash instrumenti bo’yicha foyda yoki zarar qayta tasniflashning 
to’g’rilanishi ifatida kapitaldan foyda yoki zararga BHXS 21 ga muvofiq xorijdagi 
bo’linmaning chiqib ketishida yoki qisman chiqib ketishida qayta tasniflanishi lozim. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin