Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

to’lanadigan kreditlar
bo’yicha, tadbirkorlik 
sub’ekti quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) 
ushbu to’lanadigan kreditlarning so’ndirish shartlari, qarzni uzish fondi, 
asosiy qarz summasi, foizlarni to’lash shartlarini har qanday buzish holatining 
tafsilotlari; 
(b) 
hisobot davri oxirida shartlari buzilgan to’lanadigan kreditlarning balans 
qiymati; va 
(v) 
moliyaviy hisobotlar e’lon qilish uchun tasdiqlanishidan oldin shartlari 
buzilgan kredit bo’yicha zararni kamaytirishga qaratilgan choralar qabul qilinganligi 


224 
yoki to’lanadigan kreditlarning shartlari o’zgartilganligini. 
Tadbirkorlik sub’ekti umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotda yoki 
izohlarda quyidagi daromadlar, xarajatlar, foyda yoki zararlar moddalarini ochib 
berishi kerak: 
(a) 
quyidagilar bo’yicha sof foyda yoki sof zararlar: 
- haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan 
moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar. Bunda dastlabki tan olishda bunday 
moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar sifatida belgilanganlar va MHXS 9 
ga muvofiq majburiy ravishda haqqoniy qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy 
aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar (masalan, MHXS 9 bo’yicha oldi-sotdi uchun 
mo’ljallangan ta’rifiga mos keladigan moliyaviy majburiyatlar) bo’yicha ma’lumotlar 
alohida ochib beriladi. Haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga 
olinadigan moliyaviy majburiyatlar bo’yicha, tadbirkorlik sub’ekti boshqa 
umumlashgan daromadda tan olinadigan summani va foyda yoki zararda tan 
olinadigan summani alohida ko’rsatishi kerak. 
- amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy majburiyatlar. 
- amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy aktivlar. 
- haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar boshqa umumlashgan daromadda hisobga 
olinadigan moliyaviy aktivlar. 
(b) 
amortizatsiyalangan qiymat (effektiv foiz usuli asosida hisoblangan) 
bo’yicha baholanadigan moliyaviy aktivlar yoki haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlari 
foyda yoki zararda hisobga olinmaydigan moliyaviy majburiyatlar bo’yicha jami foizli 
daromadlar va jami foizli xarajatlar. 
(v) 
quyidagilardan yuzaga keladigan komission daromadlar va xarajatlar 
(effektiv foiz stavkasini aniqlashda hisobga olingan summalardan tashqari): 
- amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy aktivlar yoki 
haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlari foyda yoki zararda hisobga olinmaydigan 
moliyaviy majburiyatlar; va 
- alohida shaxslar, trastlar, pension tizimlar va boshqa tashkilotlar nomidan 
aktivlarni investitsiya qilish yoki saqlab turishga olib keladigan ishonch va boshqa 
fidutsiar operatsiyalar. 
(g) 
qadrsizlangan moliyaviy aktivlar bo’yicha BHXS 39 “Moliyaviy 
Instrumentlar: tan olish va baholash”ga muvofiq hisoblangan foizli daromadlar
(d) 
moliyaviy aktivlarning har bir toifasi bo’ycha har qanday qadrsizlanish 
zararining summasi. 
Tadbirkorlik sub’ekti umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotda tan olingan 
va amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy aktivlarni hisobdan 
chiqarishdan yuzaga keladigan foyda yoki zararning tahilini ochib berishi kerak, 
bunda u ushbu moliyaviy aktivlarning hisobdan chiqarilishidan olingan foyda va 
zararlarni alohida ko’rsatishi kerak. Ushbu ochib beriladigan ma’lumotlar moliyaviy 
aktivlarning hisobdan chiqarilishining sabablarini qamrab olishi kerak. 
BHXS 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish”ga muvofiq, tadbirkorlik sub’ekti 
muhim hisob siyosatlarning qisqacha bayonida moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda 
foydalanilgan baholash asosini (yoki asoslarini) va moliyaviy hisobotlarni tushunish 
uchun o’rinli bo’lgan boshqa qo’llanilgan hisob siyosatlarini ochib berishi kerak.


225 
Tadbirkorlik sub’ekti BHXS 39 da tavsiflangan xejlarning har bir turi bo’yicha 
quyidagilarni alohida ochib berishi kerak (ya’ni, haqqoniy qiymat xejlari, pul oqimlari 
xejlari, xorijiy bo’linmaga sof investitsiyalar xejlari):
(a) har bir turdagi xejning tavsifi; 
(b) xejlash instrumentlari sifatida belgilangan moliyaviy instrumentlarning 
tavsifini va ularning hisobot davri oxiridagi haqqoniy qiymatlarini; va 
(v) xejlangan risklarning xususiyatini. 
Pul oqimlarining xeji bo’yicha, tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi 
kerak:
(a) pul oqimlari yuzaga kelishi kutilgan davrlar va ushbu pul oqimlari foyda 
yoki zararga ta’sir etishi kutilgan davrlar; 
(b) oldin xej hisobi qo’llanilgan, lekin boshqa sodir bo’lishi kutilmaydigan har 
qanday prognoz qilinadigan operatsiyaning tavsifi; 
(v) davr mobaynida boshqa umumlashgan daromadda tan olingan summa; 
(g) davr davomida kapitaldan foyda yoki zararga o’tkazilgan (qayta 
tasniflangan) summa, bunda umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotning har bir 
satrda ko’rsatiladigan moddasiga kiritilgan summani alohida ochib bergan holda; va 
(d) davr davomida kapitaldan chiqarib tashlangan va sotib olinishi yoki sodir 
bo’lishi xejlangan eqori ehtimolga ega va prognoz qilinadigan operatsiya bo’lgan 
nomoliyaviy aktivning yoki nomoliyaviy majburiyatning boshlang’ich qiymatiga yoki 
boshqa balans qiymatiga kiritilgan summa. 
Tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni alohida ochib berishi kerak: 
(a) haqqoniy qiymatning xejlarida, quyidagilar bo’yicha foyda yoki zararlarni: 

xejlash instrumenti; va 

xejlangan riskka tegishli xejlangan modda. 
(b) pul oqimlarining xeji bo’yicha kelib chiqqan va foyda yoki zararda tan 
olingan samarasizlik. 
(v) xorijiy bo’linmaga sof investitsiyadan kelib chiqqan va foyda yoki zararda 
tan olingan samarasizlik. 
Tadbirkorlik sub’ekti, moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarning har bir 
turkumi bo’yicha, ushbu aktivlar va majburiyatlar turkumining haqqoniy qiymatini 
ularning balans qiymati bilan solishtirib bo’ladigan tarzda ochib berishi kerak.
Haqqoniy qiymat to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berganda, tadbirkorlik 
sub’ekti moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni turkumlarga guruhlashi 
kerak, lekin ularning balans qiymatlari moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda o’zaro 
hisob-kitob qilingan darajadagina ularni o’zaro hisob-kitob qilishi kerak. 
Ba’zi holatlarda, moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning haqqoniy 
qiymati u bilan bir xil aktivning yoki majburiyatning faol bozordagi kotirovka 
qilinadigan bahosi (ya’ni haqqoniy qiymat ierarxiyasining 1-chi darajasi) bilan 
tasdiqlanmaganligi yoki faqat kuzatiladigan bozorlardan olingan ma’lumotlar 
asosidagi baholash usullariga asoslanmaganligi tufayli tadbirkorlik sub’ekti
moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning dastlabki tan olishda foyda yoki 
zararni tan olmaydi. Bunday holatlarda, tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy aktivlar yoki 
moliyaviy majburiyatlarning turkumlari bo’yicha quyidagilarni ochib berishi kerak: 
(a) 
bozor ishtirokchilari mazkur aktiv yoki majburiyatlarning narxini 


226 
belgilashda hisobga olgan bo’lgan omillarning (shu jumladan, vaqtning) o’zgarishini 
aks ettirish maqsadida dastlabki tan olishdagi haqqoniy qiymat va operatsiya bahosi 
o’rtasidagi farqni foyda yoki zararda tan olish bo’yicha hisob siyosatini. 
(b) 
davr boshi va oxirida foyda yoki zararda hali tan olinishi kerak bo’lgan 
umumiy farqni va ushbu farq qoldig’idagi o’zgarishlarning solishtirmasini. 
(v) 
tadbirkorlik sub’ekti operatsiya bahosi haqqoniy qiymatning eng yaxshi 
dalili emas degan xulosaga kelganligining sababini, shu jumladan haqqoniy qiymatni 
isbotlaydigan dalilning tavsifini. 
Haqqoniy qiymat bo’yicha ma’lumotlar quyidagi holatlarda ochib berilishi talab 
etilmaydi: 
(a) 
balans qiymati haqqoniy qiymatning oqilona tahmini bo’lganida, masalan, 
savdoga oid qisqa muddatli debitorlik qarzlari va kreditorlik qarzlari kabi moliyaviy 
instrumentlar bo’yicha; 
(b) 
ihtiyoriy ishtirok imkonini beradigan xususiyatga ega shartnoma (MHXS 
4 da tavsiflangandek) holatida, agar ushbu xususiyatning haqqoniy qiymati ishonchli 
darajada baholana olmasa. 
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar bunday 
shartnomalarning balans qiymati va haqqoniy qiymati o’rtasidagi mumkin bo’lgan 
farqlar summasi to’g’risida o’z mulohazalarini chiqarishi uchun imkon beradigan 
ma’lumotlarni ochib berishi kerak, shu jumladan: 
(a) 
ushbu instrumentlar bo’yicha haqqoniy qiymat ishonchli darajada bahola 
olinmaganligi tufayli ushbu haqqoniy qiymat ochib berilmaganligi faktini; 
(b) 
moliyaviy instrumentlarning tavsifini, ularning balans qiymatini, va 
haqqoniy qiymat nima sabablarga ko’ra ishonchli darajada baholana olinmaganiligi 
bo’yicha tushuntirishni; 
(v) 
ushbu instrumentlar bo’yicha bozorning mavjudligi to’g’risidagi 
ma’lumotlar; 
(g) 
tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy instrumentlarning chiqib ketishini 
rejalashtirganligi va qanday qilib chiqib ketishini rejalatirayotganini; va 
(d) 
agar oldin haqqoniy qiymatini ishonchli baholab bo’lmagan moliyaviy 
instrumentlar hisobdan chiqarilsa, ushbu hisobdan chiqarish to’g’risidagi fakt, hisob 
chiqarish paytida instrumentlarning balans qiymati, va tan olingan foyda yoki zarar. 
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga moliyaviy 
instrumentlar bo’yicha yuzaga keladigan va tadbirkorlik sub’ekti davr ohirida duchor 
bo’ladigan risklarning xususiyatini va darajasini baholashga imkon beradigan 
ma’lumotlarni ochib berishi kerak. 
Miqdoriy ma’lumotlar ochib berilganida ularga tegishli sifatiy ma’lumotlarni 
ham ochib berish foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotlarni o’zaro bog’lash va shu 
tariqa moliyaviy instrumentlardan yuzaga keladigan risklarning xususiyati va darajasi 
to’g’risida to’liq tasavvurni shakllantirishga yordam beradi. Ochib beriladigan 
miqdoriy va sifatiy ma’lumotlarning o’zaro bog’liqligi foydalanuvchilarga tadbirkorlik 
sub’ektining risklarga duchorligini yaxshiroq baholashga imkon beradi. 
Moliyaviy instrumentlardan yuzaga keladigan riskning har bir turi bo’yicha, 
tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi kerak: 
(a) 
riskka duchorlikni va risklar qanday qilib paydo bo’lishini; 


227 
(b) 
risklarni boshqarish maqsadlari, siyosatlari va jarayonlarini hamda riskni 
baholash uchun qo’llanilgan usullar; va 
(v) 
oldingi davrga nisbatan (a) yoki (b) dagi har qanday o’zgarish. 
Moliyaviy instrumentlardan yuzaga keladigan riskning har bir turi bo’yicha, 
tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi kerak: 

hisobot davrining oxirida ushbu riskka duchorlik bo’yicha yig’ma 
miqdoriy ma’lumotlar. Ushbu ochib beriladigan ma’lumotlar tadbirkorlik sub’ektining 
asosiy rahbariyatiga (BHXS 24 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin