Standartlari


  7.2. BHXS (IAS) 39 “Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash”



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 


205 
7.2. BHXS (IAS) 39 “Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash” 
Mazkur Standart barcha tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan moliyaviy 
instrumentlarning barcha turlariga nisbatan qo’llanilishi lozim, quyidagilar bundan 
mustasno:
(a) 
BHXS 10 “Jamlangan moliyaviy hisobotlar”, BHXS 27 “Alohida 
moliyaviy hisobotlar” yoki BHXS 28 “Qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi va qo’shma 
korxonalardagi investitsiyalar” ga muvofiq hisobga olinadigan shu’ba tadbirkorlik 
sub’ektlaridagi, qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi va qo’shma korxonalardagi 
ulushlar. Biroq, tadbirkorlik sub’ektlari BHXS 27 yoki
 
BHXS 28 ga muvofiq mazkur 
Standart bo’yicha hisobga olinadigan shu’ba tadbirkorlik sub’ektidagi, qaram 
tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo’shma korxonadagi ulushga nisbatan ushbu 
Standartni qo’llashi lozim. Tadbirkorlik sub’ektlari shu’ba tadbirkorlik sub’ektidagi, 
qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo’shma korxonadagi ulush bo’yicha 
derivativlarga nisbatan ham ushbu Standartni qo’llashi lozim, bunda derivativlar 
BHXS 32 “Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish” dagi tadbirkorlik sub’ektining 
ulushli instrumenti ta’rifini qanoatlantirmaguncha. 
(b) 
BHXS 17 “Ijara” qo’llaniladigan ijara kelishuvlari bo’yicha huquqlar va 
majburiyatlar. Biroq: 

ijaraga beruvchi tomonidan tan olingan ijara bo’yicha debitorlik 
qarzlariga nisbatan mazkur Standartning hisobdan chiqarish va qadrsizlanishga 
tegishli shartlari qo’llaniladi; 

ijaraga oluvchi tomonidan tan olingan moliyaviy ijara bo’yicha 
majburiyatlarga nisbatan mazkur Standartning hisobdan chiqarishga tegishli shartlari 
qo’llaniladi; va 

ijaralarga singdirilgan derivativlarga nisbatan mazkur Standartning 
singdirilgan derivativlar shartlari qo’llaniladi. 
(v) 
BHXS 19 “Xodimlarning daromadlari” qo’llaniladigan xodimlarga haq 
(va nafaqa) to’lash tizimlariga asosan xodimlar huquqlari va majburiyatlari. 
(g) 
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan chiqarilgan moliyaviy instrumentlar, 
qaysiki BHXS 32 dagi ulushli instrumentning ta’rifini qanoatlantiradi. Biroq, bunday 
ulushli instrumentlarning egasi ushbu instrumentlarga nisbatan ushbu Standartni 
qo’llashi 
lozim, 
bunda 
ular 
yuqoridagi 
(a) 
da 
keltirilgan 
istisnoni 
qanoatlantirmaguncha.
(d) 
huquqlar va majburiyatlar, qaysiki - MHXS 4 “Sug’urta shartnomalari” 
da ta’riflangan sug’urta shartnomasi asosida yuzaga keladi, bunda MHXS 9 
“Moliyaviy instrumentlar” ning A-ilovasida keltirilgan moliyaviy kafolat shartnomasi 
ta’rifini qanoatlantiradigan sug’urta shartnomasi asosida yuzaga keladigan huquqlar va 
majburiyatlardan tashqari, yoki - MHXS 4 qo’llash doirasidagi shartnoma asosida 
yuzaga keladi, chunki u ixtiyoriy ishtirok etish imkoniyatini o’z ichiga oladi. Biroq, 
mazkur Standart MHXS 4 qo’llash doirasidagi shartnomaga singdirilgan derivativga 
nisbatan qo’llaniladi, agarda derivativning o’zi MHXS 4 qo’llash doirasida alohida 
shartnoma bo’lmasa. Bundan tashqari, agarda moliyaviy kafolat shartnomalarining 
emitenti bunday shartnomalarni sug’urta shartnomalari sifatida inobatga olganini va 
sug’urta shartnomalariga xos ravishda hisobga olganini oldinroq aniq tarzda 
tasdiqlagan bo’lsa, emitent bunday moliyaviy kafolat shartnomalariga nisbatan 


206 
mazkur Standartni yoki MHXS 4 ni qo’llashni tanlashi mumkin. Emitent ushbu 
tanlovni shartnomaga qarab amalga oshirishi mumkin, ammo har bir shartnoma uchun 
tanlangan yondashuv keyinchalik o’zgartirilmaydi. 
(e) 
sotib oluvchi va sotuvchi aktsiyador o’rtasidagi sotib olinuvchini sotib 
olish yoki sotish bo’yicha har qanday forvard shartnomasi, qaysiki kelgusi xarid 
sanasida biznes birlashuviga olib keladi. Forvard shartnomasining muddati odatda 
talab etilgan har qanday tasdiqlashlar va operatsiyani tugatish uchun zarur bo’lgan 
o’rinli muddatdan oshmasligi kerak. 
(j) 
Kredit majburiyatlarning emitenti ushbu Standartning qo’llash doirasida 
bo’lmagan kredit majburiyatlari uchun BHXS 37 “Rezervlar, shartli majburiyatlar va 
shartli aktivlar” ni qo’llashi lozim. Biroq, barcha kredit majburiyatlariga nisbatan 
mazkur Standartning hisobdan chiqarishga tegishli shartlari qo’llaniladi.
(z) 
MHXS 2 “Aktsiyaga asoslangan to’lov” qo’llaniladigan aktsiyaga 
asoslangan to’lov operatsiyalaridagi moliyaviy instrumentlar, shartnomalar va 
majburiyatlar. 
(i) 
shunday majburiyatni hisob-kitob qilishni amalga oshirish uchun 
tadbirkorlik sub’ektidan talab etilgan sarflarni qoplash bo’yicha to’lovlarni olish 
huquqlariki, bunda tadbirkorlik sub’ekti ushbu majburiyatni BHXS 37 ga muvofiq 
rezerv sifatida tan oladi yoki ushbu majburiyat uchun oldingi davrda BHXS 37 ga 
muvofiq rezervni tan olgan.
Quyidagi kredit majburiyatlari ushbu Standartning qo’llash doirasidadir:
(a) 
Tadbirkorlik sub’ekti haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki 
zararda hisobga olinadigan moliyaviy majburiyatlar sifatida belgilaydigan kredit 
majburiyatlari. Kredit majburiyatlaridan yuzaga keladigan aktivlarni ularni 
shakllantirishdan qisqa muddatdan so’ng sotish bo’yicha oldingi amaliyotlarga ega 
bo’lgan tadbirkorlik sub’ekti aynan shu turkumdagi o’zining barcha kredit 
majburiyatlariga nisbatan ushbu Standartni qo’llashi lozim.
(b) 
Hisoblashishdagi farqi sof asosda pul mablag’lari bilan to’lanishi yoki 
boshqa moliyaviy instrumentni yetkazib berish yoki emissiya qilish orqali hisob-kitob 
qilinishi mumkin bo’lgan kredit mujburiyatlari. Ushbu kredit mujburiyatlari 
derivativlardir. Kredit majburiyati kredit bo’lib-bo’lib to’langanligi tufayligina sof 
holda hisob-kitob qilindi deb hisoblanmaydi (masalan, qurilishni amalga oshirish 
davomida qismlarga bo’lib-bo’lib to’lab boriladigan qurilish ipoteka krediti). 
(v) 
Bozor foiz stavkasidan past darajada kredit ajratish bo’yicha 
majburiyatlari.
Mazkur Standart pul mablag’lari yoki boshqa moliyaviy instrument bilan sof 
asosda, yoki moliyaviy instrumentlarni ayirboshlash orqali, xuddiki shartnomalar 
moliyaviy instrumentlar bo’lganidek, hisob-kitob qilinishi mumkin bo’lgan 
nomoliyaviy moddani sotib olish yoki sotish shartnomalari uchun qo’llanilishi lozim, 
bundan tadbirkorlik sub’ekti ko’zda tutgan xarid, sotuv yoki foydalanish talablariga 
muvofiq nomoliyaviy moddani qabul qilish yoki yetkazib berish maqsadida tuzilgan 
va saqlanayotgan shartnomalar mustasno. 
Bir necha usullar mavjudki, bunda nomoliyaviy moddani sotib olish yoki sotish 
shartnomasi pul mablag’lari yoki boshqa moliyaviy instrument bilan sof asosda, yoki 
moliyaviy instrumentlarni ayirboshlash orqali, hisob-kitob qilinishi mumkin. Ular 


207 
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
(a) 
qachonki shartnoma shartlari biror tomonga pul mablag’lari yoki boshqa 
moliyaviy instrument bilan sof asosda, yoki moliyaviy instrumentlarni ayirboshlash 
orqali, hisob-kitob qilishga imkon berganida; 
(b) 
qachonki pul mablag’lari yoki boshqa moliyaviy instrument bilan sof 
asosda, yoki moliyaviy instrumentlarni ayirboshlash orqali hisob-kitob qilish 
imkoniyati shartnoma shartlarida aniq belgilanmagan, ammo tadbirkorlik sub’ekti 
shunga o’xshash shartnomalarni pul mablag’lari yoki boshqa moliyaviy instrument 
bilan sof asosda, yoki moliyaviy instrumentlarni ayirboshlash orqali hisob-kitob qilish 
amaliyotiga ega bo’lganida (kontragent bilan o’zaro hisob-kitob shartnomalarini tuzish 
orqali yoki shartnomaning hisob-kitob qilinishidan yoki muddati tugashidan oldin 
shartnomani sotish orqali); 
(v) 
o’xshash shartnomalar bo’yicha, qachonki tadbirkorlik sub’ekti asosdagi 
aktivning yetkazib berilishini qabul qilish va yetkazib berilgandan so’ng qisqa muddat 
ichida narxdagi qisqa muddatli tebranishlar yoki diler marjasidan foydaga erishish 
maqsadida uni sotish tajribasiga ega bo’lganda; va 
(g) 
qachonki shartnoma predmeti bo’lgan nomoliyaviy modda pul mablag’iga 
tezda aylantirilganda. 
(b) yoki (v) qo’llaniladigan shartnomalar tadbirkorlik sub’ekti ko’zda tutgan 
xarid, sotuv yoki foydalanish talablariga muvofiq nomoliyaviy moddani qabul qilish 
yoki yetkazib berish maqsadida tuzilgan shartnomalar emas, va shu tufayli, u mazkur 
Standartning qo’llash doirasidadir.
(a) yoki (g) bandga muvofiq pul mablag’lari yoki boshqa moliyaviy instrument 
bilan sof asosda, yoki moliyaviy instrumentlarni ayirboshlash orqali hisob-kitob qilish 
mumkin bo’lgan nomoliyaviy moddani sotib olish yoki sotish bo’yicha chiqarilgan 
optsion mazkur Standartning qo’llash doirasidadir. Bunday shartnoma tadbirkorlik 
sub’ekti ko’zda tutgan xarid, sotuv yoki foydalanish talablariga muvofiq nomoliyaviy 
moddani qabul qilish yoki yetkazib berish maqsadida tuzilmaydi.
MHXS 9 va BHXS 32 da ta’riflangan atamalar ushbu standartda MHXS 9da 
belgilangan ma’nolarda foydalaniladi: MHXS 9 va BHXS 32 quyidagi atamalarni 
ta’riflaydi:
• 
hisobdan chiqarish 
• 
derivativ 
• 
ulushli instrument 
• 
haqqoniy qiymat 
• 
moliyaviy aktiv 
• 
moliyaviy kafolat shartnomasi 
• 
moliyaviy instrument 
• 
moliyaviy majburiyat 
va ushbu ta’riflarni qo’llash bo’yicha qo’llanmani ta’minlaydi. 
Ushbu standartda quyidagi belgilangan ma’nodagi atamalardan foydalaniladi: 
Moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning amortizatsiyalangan qiymati - 
bu moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning dastlab tan olinganda baholangan 
qiymati minus asosiy qarz to’lovlari, plyus yoki minus effektiv foiz stavkasini 
qo’llagan holda boshlang’ich qiymat bilan so’ndirish qiymati orasidagi aniqlangan har 


208 
qanday farqning yig’ilgan amortizatsiyasi hamda minus qadrsizlanish yoki umidsiz 
qarzlar bo’yicha har qanday kamayish summasi (bevosita yoki rezerv schyotidan 
foydalangan holda). 
Effektiv foiz usuli - bu moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning (yoki 
moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar guruhining) amortizatsiyalangan 
qiymatini hisoblash va foizli daromad yoki foizli xarajatni tegishli davrda taqsimlash 
usulidir.
Effektiv foiz stavkasi - bu moliyaviy instrumentning kutilgan xizmat muddati, 
yoki o’rinli bo’lganda, qisqaroq muddat davomida baholangan kelgusi pul to’lovlari 
yoki tushumlarini moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning sof balans 
qiymatigacha mutlaqo to’g’ri diskontlaydigan foiz stavkasidir. Effektiv foiz stavkasini 
hisoblashda, tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy instrument shartnomasining barcha 
shartlarini (masalan, oldindan to’lov, “koll” va shunga o’xshash optsioplarni) inobatga 
olgan holda pul oqimlarini baholashi lozim, ammo kelgusi kreditzararlarini e’tiborga 
olmasligi lozim. Hisoblash shartnoma tomonlari o’rtasida to’langan yoki olingan 
hamda effektiv foiz stavkasining ajralmas qismi hisoblanadigan barcha haqlar va 
yig’imlarni (BHXS 18 “Daromad” ga qarang), bitimga doir xarajatlarni va boshqa 
barcha mukofotlar yoki diskontlarni qamrab oladi. Bunda shunday faraz mavjudki, pul 
oqimlari va o’xshash moliyaviy instrumentlar guruhining kutilgan xizmat muddati 
ishonchli baholanadi. Biroq, pul oqimlarini yoki moliyaviy instrumentning (moliyaviy 
instrumentlar guruhining) kutilgan xizmat muddatini ishonchli baholash imkoni 
bo’lmagan ayrim holatlarda, tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy instrumentning 
(moliyaviy instrumentlar guruhining) to’liq shartnomaviy muddati davomidagi 
shartnomaviy pul oqimlaridan foydalanishi lozim. 
Bitimga oid xarajatlar - bu moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning 
xaridi, emissiyasi yoki chiqib ketishi bilan bevosita bog’liq qo’shimcha xarajatlardir. 
Qo’shimcha xarajat bu shunday xarajatki, qaysiki sarflanmagan bo’lar edi, agarda 
tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy instrumentni sotib olmaganda, emissiya qilmaganda 
yoki chiqib ketishini amalga oshirmaganda edi. 
Qat’iy kelishuv - bu belgilangan kelgusi sana yoki sanalarda belgilangan narxda 
resurslarning belgilangan miqdorining almashinuvi bo’yicha majburiyat yuklaydigan 
kelishuvdir.
Rejalashtirilgan operatsiya - bu majburiy bo’lmagan, ammo kutilgan kelgusi 
operatsiyadir.
Xejlash instrumenti - bu belgilangan derivativ yoki (faqat xorijiy valyuta 
kursidagi o’zgarish riskining xedji uchun) belgilangan no-derivativ moliyaviy aktiv 
yoki belgilangan no-derivativ moliyaviy majburiyat bo’lib, ularning haqqoniy qiymati 
va pul oqimlari belgilangan xejlangan moddaning haqqoniy qiymatidagi yoki pul 
oqimlaridagi o’zgarishlarni qoplashi kutiladi.
Xejlangan modda - bu aktiv, majburiyat, qat’iy kelishuv, yuqori ehtimolli 
rejalashtirilgan operatsiya yoki xorijdagi bo’linmaga sof investitsiya bo’lib, bunda u 
(a) tadbirkorlik sub’ektini hakqoniy qiymatdagi yoki pul oqimlaridagi o’zgarishlar 
riskiga duchor etadi va (b) xejlanadigan sifatida belgilanadi. 
Xej samaradorligi - bu xejlangan riskga tegishli bo’lgan xejlangan moddaning 
haqqoniy qiymatidagi yoki pul oqimlaridagi o’zgarishlarning xejlash instrumentining 


209 
haqqoniy qiymatidagi yoki pul oqimlaridagi o’zgarishlar bilan qoplanish darajasidir.
Amortizatsiyalangan qiymatda baholangan moliyaviy aktivlar bo’yicha 
qadrsizlanish va umidsiz qarzlar. 
Tadbirkorlik sub’ekti har bir hisobot davri oxirida amortizatsiyalangan qiymatda 
baholangan 
moliyaviy 
aktivning 
yoki 
moliyaviy 
aktivlar 
guruhining 
qadrsizlanganligini tasdiqlovchi har qanday ob’ektiv dalil mavjud yoki mavjud 
emasligini baholashi lozim. Agar bunday dalil mavjud bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti har 
qanday qadrsizlanish zarari summasini aniqlash uchun qo’llashi lozim.
Moliyaviy aktiv yoki moliyaviy aktivlar guruhi qadrsizlangan bo’ladi va 
qadrsizlanish zararlari hisobga olinadi, faqatgina agarda aktiv dastlab tan olingandan 
so’ng sodir bo’lgan bir yoki bir necha hodisalar (“zararli hodisa”) natijasida 
qadrsizlanishning ob’ektiv dalili mavjud bo’lsa va zararli hodisa (yoki hodisalar) 
ishonchli baholanishi mumkin bo’lgan moliyaviy aktiv yoki moliyaviy aktivlar 
guruhining baholangan kelgusi pul oqimlariga nisbatan ta’sirga ega bo’lsa. 
Qadrsizlanishga sabab bo’lgan yagona, aniq bir hodisani aniqlash imkoni bo’lmasligi 
mumkin. Balki bir necha hodisalarning umumlashgan ta’siri qadrsizlanishga sabab 
bo’lishi mumkin. Kelgusi hodisalar natijasida kutilayotgan zararlar, ehtimoli qanchalik 
bo’lishidan qat’iy nazar, tan olinmaydi. Moliyaviy aktiv yoki moliyaviy aktivlar 
guruhi qadrsizlanganligini bildiradigan ob’ektiv dalil quyidagi zararli hodisalar 
to’g’risida aktiv egasining e’tiboridagi kuzatiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi:
(a) 
emitent yoki kredidorning sezilarli moliyaviy qiyinchiligi; 
(b) 
shartnomaning buzilishi, masalan, asosiy qarz yoki foiz bo’yicha defolt 
yoki to’lash muddatining chuzilishi; 
(v) 
qarzdorning moliyaviy qiyinchiligiga bog’liq iqtisodiy yoki yuridik 
sabablar tufayli, kreditor tomondan qarzdorga boshqa holatlarda taqdim etilmaydigan 
imtiyoz taqdim etilishi; 
(g) 
qarzdorning bankrot bo’lishi yoki moliyaviy qayta tashkil etilishining 
ehtimoli yuzaga kelishi; 
(d) 
moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ushbu moliyaviy aktiv bo’yicha faol 
bozorning yo’q bo’lishi; yoki 
(e) 
moliyaviy aktivlar guruhining baholangan kelgusi pul oqimlarida, ular 
dastlab tan olingandan buyon, sezilarli kamayish mavjudligini namoyon etayotgan 
kuzatiladigan ma’lumot, bunda kamayish guruhdagi alohida moliyaviy aktivlar orqali 
aniqlanmasa ham, jumladan: 

guruhdagi qarzdorlarning to’lov qobiliyatida salbiy o’zgarishlar (masalan, 
kechiktirilgan to’lovlarning ko’paygan miqdori yoki o’zlarining kredit limitiga 
erishgan va oylik minimum summasini to’layotgan kredit karta qarzdorlarining 
ko’paygan miqdori); yoki 

guruhdagi aktivlar bo’yicha defoltlar bilan bog’liq milliy yoki mahalliy 
iqtisodiy holatlar (masalan, qarzdorlarning geografik joyida ishsizlik darajasining 
o’sishi, tegishli joydagi ipotekalar uchun ko’chmas mulk narxlarida kamayish, neft 
qazib chiqaruvchilarga berilgan kredit aktivlar uchun neft narxlarida kamayish yoki 
guruhdagi qarzdorlarga ta’sir etadigan soha holatlaridagi salbiy o’zgarishlar). 
Tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy instrumentlarining bundan buyon ochiq 
bozorda savdo qilinmasligi tufayli faol bozorning yo’q bo’lishi qadrsizlanishning dalili 


210 
hisoblanmaydi. Tadbirkorlik sub’ektining kredit reytingining pasayishi, boshqa 
mavjud ma’lumotlar bilan ko’rilganda qadrsizlanish dalili bo’lsa ham, o’zi alohida 
qadrsizlanishning dalili bo’lib hisoblanmaydi. Moliyaviy aktivning haqqoniy qiymati 
uning tannarxidan yoki amortizatsiyalangan qiymatidan past darajada kamayishi 
qadrsizlanish dalili bo’lishi shart emas (masalan, riskdan-holi foiz stavkasining 
ko’tarilishi natijasida qarz instrumentidagi investitsiyaning haqqoniy qiymatida 
kamayish). 
Ayrim holatlarda, moliyaviy aktiv bo’yicha qadrsizlanish zarari summasini 
baholashda talab etilgan kuzatiladigan ma’lumotlar cheklangan bo’lishi yoki bundan 
buyon joriy shart-sharoitlar uchun to’liq o’rinli bo’lmasligi mumkin. Masalan, bunday 
holat qarzdor moliyaviy qiyinchiliklarda bo’lganda va o’xshash qarzdorlarga tegishli 
kam tarixiy ma’lumotlar mavjud bo’lganda sodir bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda, 
tadbirkorlik sub’ekti qadrsizlanish zarari summasini baholashda o’zining tajribasi 
asosida mulohaza qilib hukm chiqaradi. Xuddi shuningdek, tadbirkorlik sub’ekti joriy 
shart-sharoitlarni aks ettirish uchun moliyaviy aktivlar bo’yicha kuzatiladigan 
ma’lumotlarni to’g’rilashda o’zining tajribasi asosida mulohaza qilib hukm chiqaradi. 
O’rinli taxminiy baholashlardan foydalanish moliyaviy hisobotlarning asosiy qismi 
bo’lib, ularning ishonchliligiga putur yetkazmaydi. 
Agarda amortizatsiyalangan qiymatda baholangan moliyaviy aktivlar bo’yicha 
qadrsizlanish zarari yetkazilganligi to’g’risida ob’ektiv dalil mavjud bo’lsa, zarar 
summasi aktivning balans qiymati bilan moliyaviy aktivning dastlabki effektiv foiz 
stavkasida (ya’ni dastlab tan olishda hisoblangan effektiv foiz stavkasida) 
diskontlangan holda baholangan kelgusi pul oqimlarining keltirilgan qiymati 
o’rtasidagi farq sifatida baholanadi. Aktivning balans qiymati bevosita yoki rezerv 
schyotidan foydalangan holda kamaytirilishi lozim. Zarar summasi foyda yoki zararda 
tan olinishi lozim. 
Tadbirkorlik sub’ekti dastlab qadrsizlanishning ob’ektiv dalili alohida muhim 
bo’lgan moliyaviy aktivlar uchun alohida tarzda mavjudligini va alohida muhim 
bo’lmagan moliyaviy aktivlar uchun alohida yoki birlashgan tarzda mavjudligini 
baholaydi. Agarda tadbirkorlik sub’ekti qadrsizlanishning hech qanday ob’ektiv dalili 
alohida baholangan moliyaviy aktiv uchun, aktiv muhim yoki muhim emas bo’lishidan 
qat’iy nazar, mavjud emasligini aniqlasa, u aktivni o’xshash kredit riskining 
xususiyatlariga ega moliyaviy aktivlar guruhiga kiritadi va ularning qadrsizlanishini 
birlashgan tarzda baholaydi. Qadrsizlanishi alohida baholangan va qadrsizlanish zarari 
tan olingan yoki tan olinishi davom etadigan aktivlar qadrsizlanishning birlashgan 
tarzda baholanishiga kiritilmaydi.
Keyingi davrda, agarda qadrsizlanish zararining summasi kamaysa va kamayish 
qadrsizlanish tan olingandan so’ng sodir bo’ladigan hodisaga ob’ektiv tarzda tegishli
bo’lishi mumkin bo’lsa (masalan, qarzdor kredit reytingida yaxshilanish), oldin tan 
olingan qadrsizlanish zarari bevosita yoki rezerv schyotini to’g’rilash orqali qayta 
tiklanishi lozim. Qayta tiklanish natijasida moliyaviy aktivning balans qiymatiagarda 
qadrsizlanish u qayta tiklangan sanada tan olinmaganda bo’lishi mumkin bo’lgan 
amortizatsiyalangan qiymatdan oshmasligi kerak. Qayta tiklash qiymati foyda yoki 
zararda tan olinishi lozim. 
Mazkur Standart derivativ xejlash instrumenti sifatida belgilanishi mumkin 


211 
bo’lgan holatlarni cheklamaydi. Biroq, noderivativ moliyaviy aktiv yoki noderivativ 
moliyaviy majburiyat faqatgina xorijiy valyuta riskining xejida xejlash instrumenti 
sifatida belgilanishi mumkin.
Xej hisobi maqsadlarida, faqatgina hisobot beradigan tadbirkorlik sub’ektiga 
(ya’ni, guruhga yoki faoliyati bo’yicha hisobot beriladigan alohida tadbirkorlik 
sub’ektiga) nisbatan tashqi tomonni o’z ichiga oladigan instrumentlar xejlash 
instrumentlari sifatida belgilanishi mumkin. Jamlangan guruh ichidagi alohida 
tadbirkorlik sub’ektlari yoki tadbirkorlik sub’ekti ichidagi bo’linmalar boshqa guruh 
ichidagi tadbirkorlik sub’ektlari yoki tadbirkorlik sub’ekti ichidagi bo’linmalar bilan 
xejlash operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin bo’lsada, bunday guruh ichidagi 
operatsiyalar jamlashda chiqarib tashlanadi. Shu tufayli, bunday xejlash operatsiyalari 
guruhning jamlangan moliyaviy hisobotlaridagi xej hisobi sifatida tasniflanmaydi. 
Biroq, ular guruh ichidagi alohida tadbirkorlik sub’ektlarining alohida yoki ajratilgan 
moliyaviy hisobotlaridagi xej hisobi sifatida tasniflanishi mumkin, agarda ular 
faoliyati bo’yicha hisobot beriladigan alohida tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan tashqi 
tomon bo’lsa. 
Odatda butun xejlash instrumenti uchun yagona haqqoniy qiymat mavjud 
bo’ladi va haqqoniy qiymatdagi o’zgarishlarga sabab bo’ladigan omillar bir biriga 
bog’liqdir. Shu tufayli, xejlash aloqasi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan butun xejlash 
instrumenti uchun belgilanadi. Bunda ruxsat etilgan istisnolar quyidagilardir:
(a) 
optsion shartnomasining ichki qiymatini va muddatdagi qiymatini ajratish 
va xejlash instrumenti sifatida faqatgina optsionning ichki qiymatidagi o’zgarishni 
belgilash va uning muddatdagi qiymatidagi o’zgarishni istisno etish; va 
(b) 
forvard shartnomasining foiz jihati bilan spot narxini ajratish. 
Optsionning ichki qiymati va forvard bo’yicha mukofot umuman olganda 
alohida baholanishi mumkinligi sababli, ushbu istisnolarga ruxsat etiladi. Optsion 
shartnomasining ham ichki qiymatini ham muddatdagi qiymatini baholaydigan 
dinamik xejlash strategiyasi xej hisobi sifatida tasniflanishi mumkin. 
Butun xejlash instrumentining qismi, masalan nominal qiymatning 50 foizi, 
xejlash aloqasida xejlash instrumenti sifatida belgilanishi mumkin. Biroq, xejlash 
aloqasi xejlash instrumenti amalda bo’lgan muddatning faqatgina ma’lum qismi uchun 
belgilanishi mumkin emas.
Yagona xejlash instrumenti birdan ortiq risk turining xeji sifatida belgilanishi 
mumkin, agarda (a) xejlangan risklar aniq aniqlanishi mumkin bo’lsa; (b) xej 
samaradorligini namoyon etishi mumkin bo’lsa; va (v) xejlash instrumentining va turli 
risk holatlarining muayyan belgilanishi mavjud bo’lishini ta’minlash imkoni bo’lsa. 
Ikki yoki undan ortiq derivativlar, yoki ularning qismlarlari (yoki valyuta 
riskining xeji holatida, ikki yoki undan ortiq noderivativlar yoki ularning qismlarlari, 
yoki derivativlar va noderivtivlar birlashmasi yoki ularning qismlari), birgalikda 
inobatga olinishi va xejlash instrumenti sifatida birgalikda belgilanishi mumkin, 
masalan ayrim derivativlardan yuzaga keladigan risk(lar) boshqa derivativlardan 
yuzaga keladigan risk(lar)ni o’zaro qoplaydigan holat shu jumladandir. Biroq, foiz 
stavkasi «kollar»i yoki chiqarilgan optsion bilan sotib olingan optsionni 
birlashtiradigan 
boshqa 
derivativ 
instrument 
xejlash 
instrumenti 
sifatida 
tasniflanmaydi, agarda u haqiqatda sof chiqarilgan optsion (sof mukofot olinadigan 


212 
optsion) bo’lsa. Xuddi shuningdek, ikki yoki undan ortiq instrumentlar (yoki ularning 
qismlarlari) xejlash instrumenti sifatida birgalikda belgilanishi mumkin, faqatgina 
agarda ularning hech biri chiqarilgan optsion yoki sof chiqarilgan optsion bo’lmasa. 
Xejlangan modda tan olingan aktiv yoki majburiyat, tan olinmagan qat’iy 
kelishuv, yuqori ehtimolli rejalashtirilgan operatsiya yoki xorijdagi bo’linmaga sof 
investitsiya bo’lishi mumkin. Xejlangan modda (a) yagona aktiv, majburiyat, qat’iy 
kelishuv, yuqori ehtimolli rejalashtirilgan operatsiya yoki xorijdagi bo’linmaga sof 
investitsiya, (b) o’xshash risk xususiyatlariga ega aktivlar, majburiyatlar, qat’iy 
kelishuvlar, yuqori ehtimolli rejalashtirilgan operatsiyalar yoki xorijdagi bo’linmaga 
sof investitsiyalar guruhi yoki (s) faqat foiz stavkasi riski bo’yicha portfel xejida, 
xejlanadigan risk taqsimlangan moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar 
portfelining qismi bo’lishi mumkin. 
Xej hisobi maqsadlarida, faqatgina tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan tashqi 
tomonni o’z ichiga oladigan aktivlar, majburiyatlar, qat’iy kelishuvlar yoki yuqori 
ehtimolli rejalashtirilgan operatsiyalar xejlangan moddalar sifatida belgilanishi 
mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xej hisobi aynan bir guruhdagi tadbirkorlik 
sub’ektlari o’rtasidagi operatsiyalarga nisbatan guruhning jamlangan moliyaviy 
hisobotlarida emas, balki faqatgina ushbu tadbirkorlik sub’ektlarining alohida yoki 
ajratilgan moliyaviy hisobotlarida qo’llaniladi, bundan BHXS 10 da ta’riflangan 
investitsion tadbirkorlik sub’ektining jamlangan moliyaviy hisobotlari mustasno 
bo’lib, BHXS 10 ga muvofiq investitsion tadbirkorlik sub’ekti bilan haqqoniy 
qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan uning shu’balari 
o’rtasidagi operatsiyalar jamlangan moliyaviy hisobotlardan chiqarib tashlanmaydi. 
Istisno tariqasida, guruh ichidagi monetar moddaga tegishli (masalan, ikkita shu’ba 
tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi debitorlik/kreditorlik qarzi) xorijiy valyuta riski 
jamlangan moliyaviy hisobotlarda xejlangan modda sifatida tasniflanishi mumkin, 
agarda u hisobotlarni jamlashda BHXS 21 «

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin