Standartlari


 BHXS (IAS) 29 “Giperinflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobot”



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

8.3. BHXS (IAS) 29 “Giperinflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobot” 
29-son 
BHXS 
“Giperinflyatsiya 
sharoitida 
moliyaviy 
hisobot” 
giperinflyatsiyani boshidan kechirayotgan mamlakatlar valyutasida hisobot tuzadigan 
korxonalarning (konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni ham o’z ichiga olgan) 
moliyaviy hisobotiga nisbatan qo’llaniladi.
Ushbu standart inflyatsiyaning absolyut tempini aniqlamaydi. 24-son BHXSga
muvofiq moliyaviy hisobotni qayta hisoblash zaruriyatini aniqlash sub’ektiv qarorlar 
toifasiga talluqli hisoblanadi. Giperinflyatsiyaning mavjudligini davlat tomonidan 
ko’rib chiqilayotgan iqtisodiy holat tavsiflari ko’rsatib beradi. Ulardan asosiylariga 
quyidagilar kiradi: 
a) Aholi o’z jamg’armalarini pul shalida emas yoki nisbatan turg’un xorijiy 
valyutada saqlashni afzal deb biladi. Milliy valyutadagi mavjud summalar xarid 
qobiliyatini saqlab qolish uchun darhol investitsiyalanadi; 
b) aholi pul mablag’larini mahalliy valyutada emas balki nisbatan turg’un 
xorijiy valyutada hisob-kitob qiladi. Baholar ushbu xorijiy valyutada ko’rsatilishi 
mumkin; 
s) kreditga sotish va sotib olish kredit muddati davomida xarid qobiliyatining 
yo’qotishlarini kompensatsiyalaydigan narxlarda amalga oshiriladi; 
d) foiz stavkasi, ish haqi va baholar baho indeksi bilan bog’liq bo’ladi; 
e) uch yil davomida inflyatsiyaning o’sishi 100%ga yaqinlashadi yoki undan 
oshadi.
Ko’pchilik mamlakatlarda boshlang’ich moliyaviy hisobot ayrim qayta 
baholanishi mumkin bo’lgan asosiy vositalar va investitsiyalardan tashqari mavjud 
aktivlarning umumiy baho yoki alohida baholarning o’sishini hisobga olmagan 
holdagi boshlang’ich (tarixiy) qiymati asosida tuzadilar. Biroq ayrim korxonalar 
boshlang’ich moliyaviy hisobotni mavjud aktivlarning aniq narxlarining o’zgarishini 
o’zida ifoda etgan tiklangan qiymatda taqdim etadilar.
Giperinflyatsiyali iqtisodiyotga ega mamlakatlar valyutasida hisobot beradigan 
korxonalar moliyaviy hisoboti u boshlang’ich va tiklangan qiymatga asoslanishidan 
qat’iy nazar hisobot sanasida amal qiladigan o’lchov birliklarida taqdim qilinishi 
lozim. BXHSlariga muvofiq o’tgan davrga talluqli bo’lgan moliyaviy hisobotlarda 
ochiqlanishi talab qilinadigan axborotlar hamda ancha oldingi davrlarga oid bo’lgan 
har qanday axborotlar hisobot sanasida amal qiladigan o’lchov birliklarida aks 
ettirilishi lozim. 
Pul moddalari bo’yicha daromad va xarajatlar sof daromadga qo’shilishi va 
alohida ochiqlanishi lozim.
Moliyaviy hisobotni qayta hisoblashda hisobotlar 1) boshlang’ich qiymatda va 
2) tiklangan qiymatda tuzilganligi inobatga olinadi.


243 
Boshlang’ich qiymat asosida tuzilgan moliyaviy hisobotda buxgalteriya 
balansining hisobot sanasida amal qiladigan o’lchov birliklarida ifodalanmagan 
summalari umumiy baho indeksi asosida qayta hisoblanadi.
Pul mablag’lari qayta hisoblanmaydi, chunki ular hisobot sanasida amal 
qiladigan pul o’lchovida ifodalangan.
Baholar o’zgarishi asosidagi shartnomalar bilan bog’liq aktivlar va 
majburiyatlar jumladan, indeks obligatsiyalari va zaymlar hisobot sanasida to’lanmay 
qolgan qismini aniqlash uchun shartnomaga muvofiq to’g’irlanadi.
Boshqa barcha qolgan pul bo’lmagan aktivlar va majburiyatlar qayta 
hisoblanadi.
Ko’pchilik pul bo’lmagan moddalar boshlang’ich qiymatda yoki eskirishi 
chiqarilgan boshlang’ich qiymatda hisobga olinadi. Shu bois, ular xarid qilib olish 
sanasidagi summada ifodalangan. Har bir modda qiymatining yoki eskirish chiqarilgan 
qiymatining qayta hisoblangan natijasi boshlang’ich qiymatiga va jamg’arilgan 
eskirishiga umumiy baho indeksini qo’llash orqali aniqlanadi. Shu bois, asosiy 
vositalar, 
investitsiyalar, 
xom-ashyo 
va 
tovarlar 
zahiralari, 
ishbilarmonlik 
reputatsiyasi, patentlar, savdo markalari va shunga o’xshash aktivlar xarid qilib olish 
sanasidan to’g’irlanadi. Zahiralar, qisman tayyor va tayyor mahsulotlar qiymati ularni 
xarid qilish va qayta ishlash xarajatlari vujudga kelgan sanadan e’tiboran qayta 
hisoblanadi. 
Ayrim turdagi asosiy vositalar turlarini xarid qilish sanasi to’g’risida 
ma’lumotlar mavjud bo’lmagan hollarda qayta baholash uchun asos bo’ladigan 
qiymatni aniqlash xolisona professional baholash orqali amalga oshiriladi. Agar kam 
uchraydigan hollarda ma’lum davrlar uchun umumiy baho indeksi bo’lmagan taqdirda 
hisobot valyutasi va turg’un xorijiy valyuta almashtirish kursining o’zgarishi 
olinishiga ruxsat etiladi.
Pul bo’lmagan moddalar qayta hisoblangan summalari talluqli BHXSga 
muvofiq aktivlardan kelgusida foydalanish (sotish va boshqa shaklda tassarruf etish) 
hisobidan qoplanadigan summadan katta bo’lgan hollarda kamaytiriladi. Shu bois, 
ushbu holatlarda asosiy vositalar, ishbilarmonlik reputatsiyasi, patentlar va savdo 
markalarining qayta hisoblangan summalari qoplanadigan summaga qadar 
kamaytiriladi, zahiralarning qayta hisoblangan summasi realizatsiyaning sof qiymatiga 
qadar kamaytiriladi, qisqa muddatli investitsiyalarning qayta hisoblangan summasi 
bozor qiymatiga qadar kamaytiriladi.
Korxona kelishuvga muvofiq qo’shimcha hisoblangan foizlar to’lovisiz 
aktivlarni xarid qilishi bo’yicha to’lovlar muddatini uzaytirish asosida xarid qilishi 
mumkin. Ushbu holatlarda, qaysiki foizlar summasini yozish maqsadga muvofiq 
bo’lmagan hollarda ushbu aktivlar xarid qilib olingan sanadan emas, balki to’lovlar 
sanasidan qayta hisoblanadi.
Ushbu standartni qo’llashning birinchi davri boshida xususiy kapital 
elementlari, taqsimlanmagan foyda va boshqa oshirilgan qayta baholash summalaridan 
tashqari talluqli sanalardagi umumiy baho indeksini qo’llash yordamida qayta 
hisoblanadi. Oldingi davrlarda yuzaga kelgan oshiriladigan qayta baholash summalari 
bekor qilinadi (to’g’irlanadi). Taqsimlanmagan foydaning qayta hisoblangan miqdori 
balansning boshqa barcha qayta hisoblangan moddalari asosida hisoblanadi.


244 
Ushbu standart foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotning hammma moddalari 
hisobot sanasida amal qiladigan o’lchov birliklarda ifodalanishini talab etadi. Shunday 
qilib, barcha summalar daromad va xarajatlarning moddalari qachonki, moliyaviy 
hisobotda boshlang’ich yozilgan sanadan e’tiboran umumiy baho indeksi o’zgarishini 
qo’llash yordamida qayta hisoblanadi.
Inflyatsiya davrida pul aktivlarining pul majburiyatlaridan oshishiga ega bo’lgan 
korxonalar to’lov qobiliyatini yo’qotadi. Pul majburiyatlarining pul aktivlaridan 
oshishiga ega bo’lgan korxonalar aktiv va majburiyatlar baholar darajasiga bog’liq 
bo’lmagan darajada to’lov qobiliyatini ko’paytirishga erishadi. Ushbu sof pul 
moddalari bo’yicha daromad yoki xarajatlar pul bo’lmagan aktivlarni, xususiy kapital, 
foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot moddalarini qayta hisoblash va indekslanadigan 
aktivlar va majburiyatlarni to’g’irlash o’rtasidagi farq sifatida joriy qilinishi mumkin. 
Sof pul mablag’lari bo’yicha daromad va xarajatlar sof foydaga kiritiladi.
Tiklanish qiymati asosida tuzilgan moliyaviy hisobotda balansning tiklanish 
qiymatida ko’rsatilgan moddalari qayta hisoblanmaydi, chunki ular hisobot sanasida 
amal qilayotgan o’lchov birliklarida ifoda etilgan.
Tiklanish qiymatidagi foyda va zararlar to’g’risidagi hisoboti odatda qayta 
hisobga qadar operatsiyalar va hodisalar asosida yotadigan haqiqatda yuz bergan 
momentdaga xarajatlarni aks ettiradi. Realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi va 
eskirishi ularni ishlatish momentidagi joriy xarajatlar bo’yicha hisobga olinadi. 
Realizatsiya va boshqa xarajatlar ular yuz bergan momentdagi pul o’lchovlarida yozib 
boriladi. Shunday qilib, barcha summalar umumiy baho indeksini qo’llash orqali 
hisobot sanasida amal qiladigan o’lchov birliklariga qayta hisoblanadi.
29-son BHXS muvofiq holda moliyaviy hisobotni qayta hisoblash soliqqa 
tortiladigan daromad va buxgalteriya daromadi o’rtasida farqni yuzaga keltirish 
mumkin. Ushbu farq 12-son BHXSga muvofiq hisobga olinadi.
Ushbu standart pul mablag’lari harakati to’g’risidagi barcha moddalar hisobot 
sanasida amal qilayotgan pul birliklarida ifodalanishini talab etadi.
Qachonki mamlakat iqtisodiyoti giperinfltsiyadan chiqsa korxona ushbu 
standartga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilishni to’xtatadi.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin