253
Halqaro kompaniyalar rahbariyati korxonaning
hisob siyosatini
ishlab chiqishi
zarur, qaysiki barcha moliyaviy hisobotlar har bir qo’llanilayotgan BHXSlar hamda
Doimiy Qo’mitaning standartlarga keltirgan interpritatsiyalariga to’liq muvofiq
kelsin. Agarda aniq talablar bo’lmagan hollarda korxona rahbariyati moliyaviy
hisobotlarda taqdim qilinayotgan axborotlarning
(a) foydalanuvchilar tomonidan qarorlar qabul qilinganda
uyg’unligi
va
(v
) ishonchligini
ta’min etishlari lozim.
Hisob siyosati
– bu korxona tomonidan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim
qilishda qabul qilingan aniq tamoyillar, negizlar, qoida va tajribalar mujmasidan
iborat hujjatdir.
Korxona rahbariyati moliyaviy hisobotni tayyorlashda korxona o’z faoliyatini
davom ettira olish qobiliyatini baholay olishi lozim. Moliyaviy hisobot korxona o’z
faoliyatni
uzluksiz davom ettirishi
to’g’risidagi, ya’ni rahbariyat korxonaning
likvidatsiya qilinishi yoki o’z faoliyatini to’xtatishini mo’ljallamagan yoki ushbu
masalani qo’rib chiqish sabablari bo’lmagan yo’l qo’yilishlarga asosan tuzilishi
lozim. Agarda ushbu holatlar mavjud bo’lsa korxona hisob siyosatida ularni bayon
etishi lozim bo’ladi.
Korxona moliyaviy hisobotini pul mablag’lariga doir axborotlardan tashqarisini
hisoblash metodiga
asosan tuzishlari lozim. Ushbu metodga asosan operatsiya va
jarayonlar ular qachon yuz bergan bo’lsa (pul kelib tushushi va pul mablag’larining
to’lanishi qat’iy nazar) shu paytda tan olinadi va ular talluqli bo’lgan davrlaridagi
hisob registlarida qayd qilinadi va moliyaviy hisobotlarda taqdim etiladi. Xarajatlar
foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotda sarflangan xarajatlar bilan ishlab topilgan
daromadlarning aniq moddalri o’rtasidagi
Dostları ilə paylaş: