Aktsioner kapital :
14. Imtiyozli aktsiya – Bir donasi qiymati -
100$, 6%, kumlyativ, konvertabil (e’lon
qilingan, ishlab chiqarilgan va muomaladagi
aktsiya 10000)
15. Oddiy aktsiyalar – Bir donasi qiymati –
10 $, e’lon qilingan 350,000,000 aktsiya, ishlab
chiqarilgan va muomaladagi aktsiya
200000,000
16.Taqsimlanmagan foyda
212,196
1,579,580
(183,792)
694,276
2,302,260 961,689
177,502
4,203
121,744
30,452
1295,590 4,475 3602,325 210,486
1,623,113
(178,260)
685,150
2,340,489 925,026
182,406
3,205
118,446
25,450
1,254,533
4,475
3,599,497
256
17. Sof foyda
18. Qayta baholashdagi farqlar
19.Aktsioner kamchiligining hissasi
20. (14+15+16+17+yoki-18+19)
21.
Rezervlar Majburiyatlar 22. To’lanadigan savdo schyoti
23. Boshqa to’lanadigan schyotlar
24. Foyda solig’i bo’yicha majburiyatlar
25. Uzoq muddatli debtlar
26. (22+23+24+25)
27.
Muddati uzaytirilgan soliqlar 28. (20+21+26+27) 1,000
2,000,000
1,015,382
14,800
_______
3,031,182 16,450 309,563
85,480
2,960
155,450
553453
1,240
3,602,325 1,000
2,025,000
1,008,317
12,845
3,047,162
15,250 320,500
74,285
3,020
138,040
535,845
1,240
3,599,497
257
“Foyda va zararlar to’g’risidagi” hisobot minimum quyidagi moddalarni o’z
tarkibiga olishi lozim: (a) tushum; (b) operatsion faoliyat natijalari; (c)
moliyalashtirish bo’yicha xarajatlar; (d) ishtirok etish metodi bo’yicha hisobga
olinadigan assotsiatsiyalashgan va sho’’ba korxonalarning foyda va zararlaridagi
hissasi; (e) soliqlar bo’yicha xarajatlar; (f) odatdagi faoliyatidan olingan foyda yoki
zararlar; (g) favquloddagi holatlar; (h) ozchilikning hissasi; (i) hisobot davridagi
foyda yoki zararlar (1-son BHXS, 81,82).
1-son BHXSning 86-95 moddalarida to’g’ridan-to’g’ri “foyda va zararlar
to’g’risidagi” hisobotda yoki bo’lmasa hisobotlarga beriladigan izohlarda aks
ettirilishi talab etiladigan moddalar qayd etilgan.
Kompaniyalar “foyda va zararlar to’g’risida”gi hisobotida yoki unga berilgan
izohlarida
xarajatlarning xarakteri yoki ularning korxona
doirasidagi funktsiyalariga asoslangan xarajatlar tasnifidan foydalangan holda xarajatlar
tahlilini keltirishlari lozim.
Tahlilning birinchi metodi
xarajatlarning xarakteri metodi deb ataladi. Bu metodda
“foyda va zararlar to’g’risida”gi hisobotda xarajatlar xarakteriga ko’ra (masalan,
depresiatsiya va amortizatsiya, materiallar xaridi, transport xarajatlari, ish xaqi,
reklama xarajatlari) va korxona ichida turli xil funktsional yo’nalishlar bo’yicha
taqsimlanmaydi. Bu metod uncha katta bo’lmagan korxonalarda qo’llash qo’laydir.
Xarajatlarning xarakteri metodi yordamida tasniflanishi quyidagi ko’rinishda
bo’lishi mumkin:
1. Tushum X
2. Boshqa operatsion daromad X
3. Tayyor mahsulotlar va tugallanmagan
ishlab chikarish zahiralaridagi o’zgarishlar X
4. Xom-ashyo va materiallardan foydalanish X
5. Ish xaqi X
6. Depresiatsiya va amortizatsiya xarajatlari X
7. Boshqa operatsion xarajatlar X
8. Jami operatsion xarajatlar (+yoki-3+4+5+6+7) X
9. Operatsion faoliyatdan olingan foyda (1+2-8) X
Ikkinchi metod xarajatlarning yoki
“sotish tannarxi” funktsiyasi metodi deb atalib,
bunda xarajatlar ularning funktsiyasiga ko’ra, sotish tannarxi, realizatsiya va
ma’muriy faoliyatiga oid xarajatlarga tasniflanadi. Ushbu metod axborot
foydalanuvchilarga uyg’un axborotlarni ta’min etishda eng sinalgan va umume’tirof
usul hisoblanadi. Ushbu usulda xarajatlarning tasnifi foyda va zararlar to’g’risidagi
hisobotda quyidagi ko’rinishda aks ettirilishi mumkin:
258
1. Tushum X
2. Sotish tannarxi (realizatsiya qilingan tovarlar tannarxi) X
3. Yalpi foyda (1–2) X
4. Boshqa operatsion daromad X
5. Realizatsiya (taqsimlash) bo’yicha xarajatlar X
6. Ma’muriy xarajatlar X
7. Boshqa operatsion xarajatlar X
8. Operatsion faoliyatdan olingan foyda X
(3-4-5-6-7)
Ushbu metodda tuzilgan foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotni Reckitt & Colman
pls kompaniyasi misolida ko’ramiz (2.8-jadval):