Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

hisobotning xalqaro standartlari ni nashr qilish va boshqalar. 
MHXSK tomonidan Standartni nashr qilish jarayoni: 

Dastur haqida qaror; 

Boshqarma tomonidan Tayyorlov qo’mitasining tayinlanishi; 

Asosiy momentlarni rejalashtirish: 
-loyihaning amal qilish sohasini aniqlaydi; 
-tayyorlov qo’mitasi tayyorlaydi, boshqarma tasdiqlaydi; 

Printsiplarning loyihaviy shakllantirilishi. 
Izohlarni yig’ish maqsadida Tayyorlov Komiteti tomonidan chiqariladi 

Printsiplarning oxirgi tasdiqlanishi: 
-tayyorlov Komiteti tomonidan tayyorlanadi 
-boshqarma tomonidan tasdiqlanadi 

Standartning dastlabki varianti: 
-tayyorlov Komiteti tomonidan tayyorlanadi; 
- boshqarma tomonidan tasdiqlanadi; 
-jamoatchilik mulohazalarini o’rganish maqsadida chop etiladi 
MHXSK rasmiy nashrlari uch asosiy kategoriyalarga bo’linadi: 

Moliyaviy Hisobotni tayyorlash va taqdim etishning Kontseptsiyalari; 

Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari; 

Interpretatsiyalar (izohlar). 
MHXSK o’z Standartlarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari deb 
nomlangan seriya sifatida nashr etadi. Standartlar tartib bilan raqamlangan bo’lib, 
agar biror bir standart qayta ko’rib chiqilsa, uning eski raqami saqlanib qoladi, lekin 
qayta ko’rib chiqish sanasi qavs ichida ko’rsatiladi. Odatda Standartlar MHXSK 
tomonidan u ishlab chiqilgan sanadan boshlab 30 kun ichida nashr qilinadi. Taklif 
qilinayotgan standartlar esa alohida raqamlanib, TQS kabi belgilanadi va ular alohida 
nashr etiladi. 
3
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. p.10-
13.


13 
1998 yilda “Deloitte & Touche” auditorlik firmasidan Stig Enevolden MHXSK 
Boshqaruv Raisi etib tayinlangan edi. MHXSK Boshqaruviga Avstraliya, Kanada, 
Frantsiya, Germaniya, Hindiston, Yaponiya, Meksika, AQSh kabi mamlakatlar 
vakillari a’zodirlar. Ular “Deloitte and Touche”, “KPMG”,
“PricewaterhouseCoopers” kabi yirik firma va kompaniyalar vakillaridirlar. 
Boshqaruv tomonidan ma’muriy masalalar bo’yicha Ijroiya Komitet tayinlanadi. 
Ijroiya Komitet tomonidan quyidagi vazifalar bajariladi: 
-
MHXSKning strukturasi, rejasi va tashkil ‘tilishi; 
-
Standartlarni tavsiya etish bo’yicha faoliyat; 
-
Byudjet va moliya; 
-
Tayyorlov Komitetlariga a’zolikning shartlari va tayinlanishi; 
-
Boshqaruv yig’ilishlarini o’tkazish joyi va vaqtini belgilash; 
-
Bosh Kotibni tayinlash; 
-
MHXSKning majburiy rasmiy jarayoni; 
-
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va a’zolari bilan o’zaro 
aloqalar. 
1981 yilda MHXSK Boshqaruvi Maslahat guruhiga asos soldi. Maslahat 
guruhiga yirik tashkilotlar jalb qilingan bo’lib, ular jumlasiga

Evropa Komissiyasi; 

Fond Birjalar Xalqaro Federatsiyasi; 

AQSh moliyaviy hisobot standartlari bo’yicha Boshqaruvi;

Xalqaro Savdo Palatasi; 

Buxgalterlik Ta’limi va tadqiqotlari Xalqaro Assotsiatsiyasi; 

Mehnat Konfederatsiyasi; 

Xalqaro Moliyaviy Korporatsiya (IFC); 

Baholash Standartlari bo’yicha Xalqaro Komissiya; 

Jahon Banki; 

Xalqaro iqtisodiy Hamkorlik va taraqqiyot Tashkiloti; 

BMTning transnatsional korporatsiyalar va investitsiyalar bo’yicha 
bo’linmasi kiradi. 
Standartlarni ishlab chiqishda maxsus Tayyorlov Komiteti faoliyat ko’rsatadi. 
Ushbu Komitet dastlabki tadqiqotlarni o’tkazib, masalalar rejasini hamda ularning 
sharhini beradi. Jamoatchilik fikr-mulohazalarini o’rganish asosida printsiplarning 
yakuniy formulirovkasini Boshqaruvga taqdim etadi. Komitet Moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlari loyihasining dastlabki variantini ishlab chiqadi va taqdim etadi. 
Yuqoridagi vazifalarni o’z vaqtida amalga oshishini ta’minlash maqsadida
Interpretatsiya bo’yicha Doimiy Komitet tuzilgan. 
Hozirgi iqtisodiy rivojlanish davrida moliyaviy hisobotning ikki global tili 
yanada ko’proq tan olinmoqda: AQSh buxgalteriya hisobi umumqabul qilingan 
printsiplari (US GAAP) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Moliyaviy 
xisobot aniqligi va yakunlanganligi, uning global kompaniyalar tomonidan 
foydalanish extiyojlari tufayli ko’proq Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga 
murojaat etishmoqda. MHXS asosida tayyorlangan hisobotni juda ko’p mamlakatlar 
qimmatbaho qog’ozlar bozorlari tomonidan e’tirof etilmoqda.


14 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin