Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha Komitet (MHXSK) – 
nodavlat tashkilot bo’lib, unga butun jaxon buxgalterlik faoliyati sohasining vakillari 
a’zodirlar. Komitet doimiy ravishda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini 
ishlab chiqish va rivojlantirish uchun javobgardir. Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlari esa, ma’lumki, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni 
tuzish bo’yicha xalqaro miqyosda umumqabul qilingan qoidalardir.
MHXSK – mustaqil notijorat tashkilot bo’lib, u butun jaxonda tijorat 
korxonalari va boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni tuzish 
jarayonida qo’llaniladigan buxgalterlik printsiplarini muvofiqlashtirishga erishish 
maqsadida tuzilgandir.
Gap shundaki, BMT davlatlararo ekspert guruhi bir qancha korporatsiyalar 
buyicha hisobni tashkil etish amaliyoti va 46 milliy hisob tizimi buyicha hisobot 
berilishini o’rganib chiqib, ko’p ko’rsatkichlar bo’yicha milliy hisob tizimlarini 
taqqoslab bo’lmasligi haqidagi xulosaga keldi. Markaz hisobotida shunday xulosaga 
kelindi: ayrim rivojlangan mamlakatlarda ko’p sonli kompaniyalar hisob davrining 
oxirigacha e’lon kilingan foydaga tenglash maqsadida turli rezerv tizimlarini 
ishlatadilar. Milliy hisob tizimlarida amaldagi barcha belgilari bo’yicha rivojlangan 
va rivojlanayotgan mamlakatlarda milliy tizimlarni ajratib turgan bir qancha farqlar 
o’rin egallar ekan. 
Mutaxassislar tomonidan 13 ta milliy hisob tizimining o’rganilishi shuni 
kursatdiki, ulardan fakat 4 tasidagina(Germaniya, AKSh, Angliya, Yaponiya) 
resurslarni baholash uslubiyati davlat tomonidan qonuniy ravishda belgilab qo’yilar 
ekan. Natijada resurslar eng kam baholash usulida hisoblanib, davlat foydasini 
ko’zlaydi, chunki, kompaniya bu holda foyda summasini maksimal darajada 
ko’rsatishga majbur bo’ladi.
Bu milliy tizimlarning yana 23 tasini o’rganish shuni kursatadiki, ulardan 
8tasida (Avstraliya, Belgiya, Kanada, Frantsiya, Italiya, Norvegiya, Shvetsiya, 
Shveytsariya)davlat uchun emas, balki korxona uchun qulayrok sharoit yaratar ekan. 
U tashqi bozorda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qator boshqa sharoitlarni 
taqazo etadi. To’la ishonch bilan aytish mumkinki, milliy buxgalteriya hisobi yangi 
yunalishlarni ishlatish hisobi bilan mamlakat iqtisodi rivojlanishi ma’lum taktik va 
strategik vazifalarini yechishga imkon beradi. Buxgalteriya hisobi milliy tizimlari 
tahlili nuqtai nazaridan firmalarning mablag’ va resurslarini chet el valyutasida aks 
ettirilishi qiziqish uyg’otadi.
Balans tuzilgan sananing joriy kursi bo’yicha baholangan chet el valyutasida 
balans moddalarining kengayish darajasi bo’yicha tahlil o’tkazildi va ma’lumotlar
tuzildi. Bu jihatdan firmalarga ko’proq darajada qulayliklar Frantsiya, Yaponiya, 
Norvegiya, Niderlandiya, Angliya, Shveytsariya mamlakatlarida, Avstraliya va 
AQSh firmalari uchun esa kamroq qulayliklar mavjud ekanligi aniqlandi. 
Milliy hisob tizimlarida iqtisodni tartibga solishga davlatning ta’sir darajasi 
ham mutaxassislar tomonidan tahlil qilindi. Argentina, Meksika, Peru, Filippin, 
Venesuela milliy tizimlari iqtisodni tartibga solishda sezilarli darajada ta’sir 
ko’rsatuvchi davlatlarga kiradi. Kolumbiya, Nigeriya va Zairda milliy hisob 
tizimining ishlatilish vositasi bilan davlat iqtisodiga qisman ta’sir etadigan 


15 
davlatlardir. Qolgan mamlakatlarda turli darajada 20 dan 70% gacha davlatning 
oraliq ta’siri kuzatiladi. Xalqaro hisob amaliyoti tahlili ularning shakllanishining
davlatlararo tashkilotlar, buxgalteriya hisobi xalqaro professional tashkilotlari, 
xalqaro profsoyuz tashkiloti ta’sirida shakllanishining turli yo’nalishlarini ham 
ajratishga imkon yaratdi.
4

Mamlakatlararo tizimning shakllanishi bilan parallel holda xalqaro 
buxgalteriya hisobi tizimi, yagona hisob va hisobot berish xalqaro tizimiga milliy 
regional hisob tizimlarining yaxlit bir butun qilib birlashtirilishi bo’lib o’tdi. 
Gap shundaki, XX asrning ikkinchi yarmi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
kuchayishi, mamlakatlararo va qit’alararo mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning 
kooperatsiyalashuvi, ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot 
natijalaridan foydalanish natijasida chet el investitsiyasini jalb qilish, ishlab 
chiqarishning 
internatsionalizatsiyashuvi 
transnatsional 
va 
multinatsional 
korporatsiyalarning 
paydo 
bo’lishiga 
olib 
keldi. 
Transnatsionatsional 
korporatsiyalarga quyidagilar misol bo’la oladi: IBM (AQSh), Toyota Motor 
(Yaponiya), Djeneral Elektrik (AQSh), Toshiba (Yaponiya), Djeneral Motorz 
(AQSh), Dyupon (AQSh). Muhimi shuki, butun jahon miqyosidagi mahsulotlarining 
asosiy qismi 25 ta shunday yirik korporatsiyalarda ishlab chiqariladi. Shuning bilan 
birga ishonch bilan aytish mumkinki, XX asrda iqtisodni internatsionalizatsiya qilish 
bo’lib o’tdi va u bilan birga buxgalteriya hisobi internatsionalizatsiya kilindi. Bu bir 
qancha muammolarning paydo bo’lishiga olib keldi: 
- xalqaro tajribalarga asoslanib moliyaviy hisobot tuzish; 
- xalqaro yoki milliy hisob qoidalariga bo’ysunish; 
- xalqaro biznes bilan moslikda informatsion-boshqaruv tizimini tashkil qilish; 
- joriy hisobotlar uchun kreditlarni chet el valyutasida aks ettirish.
Qilingan ishlar natijasida BMT vakillari xulosaga kelishdiki, turli 
mamlakatlarda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotni topshirishga xilma-xil 
qarashlar mavjud bo’lsa ham, dunyo xo’jaligi va moliyaviy bozorlarning 
internatsionalizatsiyalashuvini aks ettiruvchi umumiy tamoyillarni ishlab chiqish 
zarur. Shu maqsadlar uchun ham Buxgalteriya hisobi Xalqaro Andozalar yoki 
Standartlar bo’yicha Komitet (International Accountins Standart Commitee - IASC) 
tashkil topgan.
Bu Komitetning bosh maksadi imkon borcha turli mamlakatlarning hisob 
andozalari va hisob siyosatini uyg’unlashtirishdir. IASC andozalarni ishlab chiqishda 
faqat asosiy hisob parametrlariga, andozalarni juda mukammal qilishga urinmay
alohida olingan mamlakatda ularning qo’llanilishi qiynab qo’ymasligiga ahamiyat 
beradi.
1983 yildan 2001 yilga qadar MHXSK tarkibiga Buxgalterlar Xalqaro 
Federatsiyasiga a’zo bo’lgan barcha buxgalter va auditorlar MHXSKga 2 million 
buxgalterning vakili hisoblangan 112 mamlakatning 153 a’zosi kirgan. MHXSK 
faoliyatiga uning a’zosi bo’lmagan boshqa tashkilotlar ham jalb qilingan. 
MHXSKning faoliyatini professional buxgalterlardan tashqari ko’pchilik biznes 
4
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. p.13-
17.


16 
hamjamiyatlari, kompaniyalar moliyaviy raxbarlari, moliyaviy tahlilchilar, fond 
birjalari, bankirlar, huquqshunoslar hamda qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish va 
ularni sotishni boshqaruvchi agentlar qo’llab quvvatlamoqdalar.
MHXSK standartlarni ishlab chiqish va qabul qilish bilan shug’ullanuvchi 
milliy organlari bilan ham hamkorlik qilmoqda. MHXSK Yevropa komissiyasi, 
Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jaxon 
Banki va AQShning Xalqaro Rivojlanish bo’yicha Agentligi (YuSAID) bilan o’zaro 
hamkorlikda faoliyat ko’rsatadi. 
MHXSKning 1992 yilda Ustavida ko’rsatilishicha maqsadi kuyidagicha: 

Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish jarayonida foydalanish hamda 
jamoatchilik ehtiyoji uchun moliyaviy hisobot standartlarini shakllantirish va chop 
etish, ularning qabul qilinishi va ularga amal qilinishiga har tomonlama yondashish; 

Moliyaviy hisobotni taqdim etishga aloqador bo’lgan hisob standartlari va 
jarayonlari, qoidalarini muvofiqlashtirish va umumiy holda yaxshilab borish ustida 
ish olib borish. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin