Standartlari


 BHXS (IAS) 7 “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” standartining



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
2.2. BHXS (IAS) 7 “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” standartining 
mazmuni va qo’llanilishi 
Xo’jalik sub’ektining pul oqimlari to’g’risidagi axborot, moliyaviy 
hisobotlardan foydalanuvchilar uchun, xo’jalik sub’ektining pul mablag’lari va 
ularning ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga hamda ushbu pul oqimlaridan 
foydalanish ehtiyojlariga baho berish asosi sifatida foydalidir. Foydalanuvchilar 
tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilinishi uchun, xo’jalik sub’ektining pul 
mablag’lari va ularning ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga hamda buning 
muddati va aniqligiga baho berish talab etiladi. 
Xo’jalik sub’ekti pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni mazkur Standartning 
talablariga mos ravishda tayyorlab, moliyaviy hisobotlar taqdim etiladigan har bir 
davrda moliyaviy hisobotlarning ajralmas qismi sifatida takdim etishi shart. 


40 
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot davr davomidagi pul oqimlarini operatsion, 
investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo’yicha tasniflangan holda ko’rsatishi kerak. 
Operatsion faoliyat natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining summasi - 
xo’jalik sub’ekti, moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojat qilmasdan, o’z 
operatsion faoliyatidan yuzaga kelgan qarzlarini to’lash, o’zining operatsion 
faoliyatini yurgizish qobiliyatini saqlash, dividendlarni to’lash va yangi 
investitsiyalar qilish uchun yetarli bo’lgan pul oqimlarini qay darajada hosil 
qilganligini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichdir. Operatsion faoliyatidan oldingi 
davrlarda kelib chiqqan pul oqimlarining alohida tarkibiy qismlari to’g’risidagi 
ma’lumot, boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda, operatsion faoliyat bo’yicha hosil 
bo’ladigan kelgusi pul oqimlarini prognoz qilishda foydalidir. 
Operatsion faoliyat bo’yicha pul oqimlari asosan xo’jalik sub’ektining asosiy 
daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi. Binobarin, ular asosan foyda yoki 
zararni shakllantiradigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi. 
Operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
(a) 
tovarlarni sotish va xizmatlarni ko’rsatishdan kelib tushgan pul 
mablag’lari; 
(b) 
royalti, xizmatlar haqi, komission to’lovlar va boshqa daromadlar 
qo’rinishida kelib tushgan pul mablag’lari; 
(v) 
mol etkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar; 
(g) 
hodimlarga va xodimlar nomidan to’lovlar; 
(d) 
sug’urta tashkilotining sug’urta polislari bo’iycha mukofotlari va 
talablarlari, annuitetlar va boshqa sug’urta to’lovlari bo’yicha pul tushumlari va pul 
to’lovlari; 
(e) 
daromad solig’i bo’yicha to’lovlar hamda soliqlarning qaytarilishi, agar 
ular moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog’liq bo’lmasa; va 
(j) 
vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo’yicha 
pul tushumlari va to’lovlari. 
Asosiy vositani sotish kabi ayrim operatsiyalar, tan olinadigan foyda yoki 
zararga kiritiladigan foyda yoki zararga olib kelishi mumkin. Bunday operatsiyalarga 
taaluqli pul oqimlari investitsion faoliyatdan pul oqimlari bo’lib hisoblanadi. Ammo, 
BHXS 16 “
Asosiy vositalar
”da ta’kidlanishicha, ijaraga berish va keyinchalik sotish 
uchun mo’ljallangan aktivlarni ishlab chiqarish yoki sotib olish uchun qilinadigan 
to’lovlar operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlari sifatida xizmat qiladi. Bunday 
aktivlarni ijaraga berish va keyinchalik sotishdan olinadigan pul tushumlari ham 
operatsion faoliyatga tegishli pul oqimlaridir. 
Xo’jalik sub’ekti quyidagilardan birini qo’llagan holda operatsion faoliyati 
bo’yicha pul oqimlarini hisobotda ko’rsatishi kerak:
(a) 
bevosita usul, bunda yalpi pul tushumlari va yalpi pul to’lovlarining 
asosiy toifalari ko’rsatiladi ; yoki 
(b) 
bilvosita usul. Bu usulda foyda yoki zarar pulga daxli bo’lmagan 
operatsiyalarning va o’tgan yoki kelgusi davr operatsion pul tushumlari yoki 
to’lovlarining har qanday kechiktirilishi yoki hisoblanishining natijalarini, hamda 
investitsion yoki moliyaviy pul oqimlari bilan bog’liq daromad yoki harajatlarni 


41 
hisobga olgan holda to’g’rilanadi. 
Investitsion faoliyat natijasidagi pul oqimlarini alohida oshkor etish muhimdir, 
chunki bunday pul oqimlari kelajakdagi daromad va pul oqimlarini olish uchun 
mo’ljallangan resurslar uchun qancha harajatlar sarflanganini aks ettiradi. Moliyaviy 
holat to’g’risidagi hisobotda aktiv tan olinishiga olib keladigan harajatlargina 
investitsion faoliyat sifatida tasniflanishi mumkin. Investitsion faoliyat natijasida 
kelib chiqadigan pul oqimlarining misollari quyida keltirilgan:
(a) 
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni 
sotib olish uchun qilingan to’lovlar. Bu to’lovlarga, shuningdek, tajriba-
konstruktorlik ishlariga ajratilgan va kapitallashtiriladigan xarajatlar va o’z ehtiyojlari 
uchun (xo’jalik hisobi usulida) qo’rilgan asosiy vositalar bo’yicha to’lovlar kiradi; 
(b) 
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni 
sotishdan kelgan pul tushumlari; 
(v) 
boshqa xo’jalik sub’ektlarining ulushli yoki qarz instrumentlarini sotib 
olish hamda qo’shma korxonalarda ulushga ega bo’lish uchun amalga oshirilgan 
to’lovlar (pul mablag’lari ekvivalentlari bo’lib hisoblanadigan yoki vositachilik va 
oldi-sotdi uchun mo’ljallangan instrumentlar uchun qilingan to’lovlardan tashqari); 
(g) 
boshqa xo’jalik sub’ektlarining ulushli yoki qarz qarz instrumentlarini va 
qo’shma korxonalardagi ulushlarni sotishdan kelgan pul tushumlari (pul mablag’lari 
ekvivalentlari bo’lib hisoblanadigan yoki vositachilik va oldi-sotdi uchun 
mo’ljallangan instrumentlar bo’yicha kelgan tushumlardan tashqari); 
(d) 
boshqa tomonlarga berilgan bo’naklar va qarzlar (moliyaviy institutlar 
tomonidan berilgan bo’naklar va qarzlardan tashqari); 
(e) 
boshqa tomonlarga berilgan bo’naklar va qarzlarning qaytarilishi 
natijasidagi pul tushumlari (moliyaviy institutlar tomonilan berilgan bo’naklar va 
qarzlardan tashqari); 
(j) fyuchers shartnomalari, forvard shartnomalari, optsion shartnomalari va 
svop shartnomalari bo’yicha pul to’lovlari, bundan bu shartnomalar vositachilik yoki 
oldi-sotdi uchun mo’ljallangan holatlar , yoki to’lovlar moliyaviy faoliyat sifatida 
tasniflanadigan holatlar mustasno; va 
(z) 
fyuchers shartnomalari, forvard shartnomalari, optsion shartnomalari va 
svop shartnomalari bo’yicha pul tushumlari, bundan bu shartnomalar vositachilik 
yoki oldi-sotdi uchun mo’ljallangan holatlar, yoki to’lovlar moliyaviy faoliyat 
sifatida tasniflanadigan holatlar mustasno. 
Shartnoma muayyan pozitsiyani xejlash sifatida hisobga olinganida, shartnoma 
bo’yicha pul oqimlari xejlanuvchi pozitsiya bo’yicha pul oqimlari bilan bir xil tarzda 
tasniflanadi.
Moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan pul oqimlarini alohida ko’rsatish 
muhimdir, chunki bu xo’jalik sub’ektini moliyalashtiradigan tomonlar kelgusi pul 
oqimlariga bo’lgan talablarni oldindan bilishi uchun foydalidir. Moliyaviy faoliyat 
natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining misollari quyida keltirilgan:
(a) 
aktsiyalar yoki boshqa ulushli instrumentlarni chiqarishdan keladigan pul 
tushumlari; 
(b) 
xo’jalik sub’ektining aktsiyalarini sotib olish yoki muomaladan chiqarish 


42 
uchun mulk egalariga to’lovlar; 
(v) 
qarz majburiyatlarini chiqarish, qarzlar berish, veksellar, obligatsiyalar, 
ipotekalar va boshqa qisqa muddatli yoki uzoq muddatli qarz majburiyatlarini 
chiqarishdan olingan pul tushumlari; 
(g) 
qarzlar bo’yicha to’lovlar; va 
(d) ijaraga oluvchi tomonidan moliyaviy ijara bo’yicha majburiyatini 
kamaytirish uchun

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin