Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

“Hisob siyosatlari, buxgalteriya hisobi 
maqsadida baholashlardagi o’zgarishlar va xatolar” 
ga qarang). O’zgargan 
baholangan summalar o’zgarish ro’y bergan davr va keyingi davrlarning foydasi yoki 
zarari tarkibida tan olingan daromadlar va xarajatlar summasiga ta’sir qiladi. 
 
3.2. BHXS (IAS) 18 “Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad” 
BHXS (IAS) 18 “Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad” standartining 
maqsadi daromad “Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual 
asosi” da quyidagicha aniqlanadi: “daromad – bu aktivlarning kelib tushishi yoki 
ko’payishi yohud majburiyatlarning kamayishi shaklida iqtisodiy nafning hisobot 
davrida o’sishidir, va ushbu o’sish kapitalning mulk egalarining kapitalga 
qo’yilmalari bilan bog’liq bo’lmagan ko’payishiga olib keladi”. Daromad 
tushunchasi odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad va boshqa daromadni o’z ichiga 
oladi. Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad (keyingi matnda «daromad») 
tashkilotning odatdagi faoliyati doirasida hosil bo’ladi va turlicha nomlanadi, shu 
jumladan sotishdan tushum, yig’imlar, foizlar, dividendlar, royalti va ijara haqi. 
Ushbu Standartning maqsadi ayrim turdagi operatsiyalar va hodisalar natijasida hosil 
bo’ladigan daromadni hisobga olish tartibini belgilashdan iboratdir. 
Daromadni hisobga olishdagi asosiy masala bo’lib ushbu daromad qachon tan 
olinishi kerakligini aniqlash hisoblanadi. Daromad kelgusi iqtisodiy naf tashkilot 
tomonidan olinishi ehtimoli mavjud bo’lganida va ushbu naf ishonchli darajada 


64 
baholanishi mumkin bo’lganda tan olinadi. Mazkur standart ushbu mezonlar 
bajaraladigan va, shu bois, daromad tan olinadigan holatlarni belgilaydi. U, 
shuningdek, ushbu mezonlarni qo’llash bo’yicha amaliy ko’rsatmalarni beradi. 
Ushbu Standart quyidagi operatsiya va hodisalar natijasida hosil bo’ladigan 
daromadni hisobga olishda qo’llanilishi kerak:
(a) 
tovarlarni sotish; 
(b) 
xizmatlarni ko’rsatish; va 
(v) 
boshqa tomonlar tashkilotning 
foizlar, royalti va dividendlar 
ko’rinishidagi daromadlarni keltiradigan aktivlaridan foydalanishi. 
Tovarlarga tashkilot tomonidan sotish maqsadida ishlab chiqarilgan tovarlar 
hamda qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar, masalan chakana savdo bilan 
shug’ullanadigan sotuvchi tomonidan xarid qilingan tovarlar yoki qayta sotish 
maqsadida saqlanayotgan yer va boshqa mulklar kiradi. 
Xizmat ko’rsatish odatda tashkilot shartnomada belgilab qo’yilgan topshiriqni 
kelishilgan davr davomida bajarishini o’z ichiga oladi. Xizmatlar bitta yoki bir necha 
davrlar davomida ko’rsatilishi mumkin. Xizmat ko’rsatishga oid ayrim shartnomalar 
qurilish shartnomalari bilan bevosita bog’liq bo’ladi, masalan, arxitektorlar va loyiha 
boshqaruvchilari xizmatiga oid shartnomalar. Bunday shartnomalar bo’yicha yuzaga 
keladigan daromadlar mazkur standartga binoan emas, balki BHXS 11 “Qurilish 
shartnomalari” da qurilishga oid shartnomalar bo’yicha belgilangan talablarga 
muvofiq hisobga olinadi. 
Tashkilotning aktivlaridan boshqa tomonlar foydalanishi natijasida quyidagi 
ko’rinishdagi daromadlar yuzaga keladi:
(a) 
foizlar— Tashkilotga qarashli bo’lgan pul mablag’lari yoki ularning 
ekvivalentlaridan 
yoki 
tashkilotga 
to’lanishi kerak bo’lgan summalardan 
foydalanilgani uchun olinadigan haq; 
(b) 
royalti— Tashkilotga qarashli bo’lgan uzoq muddatli aktivlar, masalan 
patentlar, savdo belgilari, avtorlik huquqlari va dasturiy ta’minotlardan 
foydalanilgani uchun olinadigan haq; va 
(v) 
dividendlar— ulushli investitsiyalarning egalariga ularning ayrim turdagi 
kapitaldagi ulushiga mutanosib ravishda foydaning taqsimlanishi. 
Ushbu 
standart 
quyidagilardan 
keladigan 
daromadlarga 
nisbatan 
qo’llanilmaydi:
(a) 
ijara shartnomalari (BHXS 17 “Ijara” ga qarang); 
(b) 
ulush bo’yicha hisobga olish usulida aks ettiriladigan investitsiyalardan 
olinadigan dividendlar (BHXS 28 “Qaram xo’jalik sub’ektlari va qo’shma 
korxonalarga investitsiyalar” ga qarang); 
(v) 
MHXS 4 “Sug’urta shartnomalari” ning qo’llash doirasidagi bo’lgan 
sug’urta shartnomalari; 
(g) 
moliyaviy aktivlar yoki 
moliyaviy majburiyatlarning haqqoniy 
qiymatidagi o’zgarishlar yoki ularning chiqib ketishi ( MHXS 9 “Moliyaviy 
instrumentlar” ga qarang); 
(d) 
boshqa joriy aktivlarning qiymatidagi o’zgarishlar; 
(e) 
qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli bo’lgan bilogik aktivlarni dastlabki 


65 
tan olish va ularning haqqoniy qiymati o’zgarishi (BHXS 41 “Qishloq xo’jaligi”); 
(j) 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini dastlabki tan olish (BHXS 41 ga 
qarang); va 
(z) 
mineral ma’danlarni qazib olish. 
Daromad olingan yoki olinadigan tovonning haqqoniy qiymati bo’yicha 
baholanadi. 
Operatsiya natijasida hosil bo’ladigan daromad summasi odatda tashkilot bilan 
xaridor yoki aktivdan foydalanuvchi o’rtasidagi kelishuv asosida aniqlanadi. U 
olingan yoki olinadigan tovonning haqqoniy qiymati bo’yicha baholanadi, bunda 
tashkilot tomonidan ruxsat etilgan har qanday savdo chegirmalari yoki ulgurji savdo 
chegirmalari hisobga olinadi. 
Aksariyat hollarda, tovon pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlari shaklida 
bo’ladi, va daromadning summasi bo’lib olingan yoki olinadigan pul mablag’lari yoki 
ularning ekvialentlari summasi xizmat qiladi. Biroq, pul mablag’lari va ularning 
ekvivalentlari tushimi kechiktirilgan bo’lsa, tovonning haqqoniy qiymati olingan yoki 
olinadigan pul mablag’larining nominal qiymatidan kam bo’lishi mumkin. Masalan, 
tashkilot xaridorga foizsiz kredit berishi yoki sotilgan tovarga haq sifatida xaridor 
tomonidan berilgan va bozor narxidan kamroq foiz stavkasiga ega bo’lgan vekselni 
aktseptlashi mumkin. Kelishuv amalda moliyalashtirish operatsiyasi bo’lganida, 
tovonning haqqoniy qiymati barcha kelgusi tushimlarni hisoblab topilgan foiz 
stavkasi bo’yicha diskontlash orqali aniqlanadi. Hisoblab topilgan foiz stavkasi – bu 
quyidagi ikkita stavkadan aniqroq aniqlanadigani:
(a) 
Kredit reytingi bir xil bo’lgan emitentning o’xshash moliyaviy 
instrumentlari bo’yicha ustuvor stavkasi; yoki 
(b) 
moliyaviy instrumentning nominal qiymatini tovarlar yoki xizmatlarning 
sotish narxlariga teng bo’lguncha diskontlaydigan foiz stavkasi. 
Agar tovarlar yoki xizmatlar qiymati teng bo’lgan yoki o’xshash tovarlar yoki 
xizmatlarga almashtirilsa, bunday operatsiya daromad keltirmaydigan operatsiya 
bo’lib hisoblanadi. Bu ko’pincha moy yoki sut kabi mahsulotlarga hos, bunda mol 
yetkazib beruvchilar muayyan joyda ushbu mahsulotlarga bo’lgan talabni o’z vaqtida 
qondirish maqsadida boshqa-boshqa joylarda joylashgan tovar-moddiy zaxiralar bilan 
almashishadi. Tovarlar yoki xizmatlar o’xshash bo’lmagan tovarlar yoki xizmatlarga 
almashtirilishi yo’li bilan sotilsa, bunday almashish daromad keltiradigan operatsiya 
bo’lib hisoblanadi. Daromad olingan tovarlar yoki xizmatlarning ushbu operatsiyada 
o’tkazilgan pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga tuzatilgan 
haqqoniy qiymati bo’yicha baholanadi. Agar olingan tovarlar yoki xizmatlarning 
haqqoniy qiymatini ishonchli darajada baholab bo’lmasa, daromad berilgan tovarlar 
yoki xizmatlarning ushbu operatsiyada o’tkazilgan pul mablag’lari yoki ularning 
ekvivalentlari summasiga tuzatilgan haqqoniy qiymati bo’yicha baholanadi. 
Standartda keltirilgan tan olish mezonlari, odatda, har bir alohida operatsiyaga 
nisbatan qo’llaniladi. Biroq, ayrim holatlarda, tan olish mezonlarini bitta 
operatsiyaning 
alohida 
ajratiladigan 
tarkibiy 
qismlariga 
nisbatan, 
ushbu 
operatsiyaning mohiyatini aks ettirish maqsadida, qo’llash zarur bo’ladi. Masalan, 
mahsulotning sotish narxi sotishdan so’nggi xizmat ko’rsatish uchun alohida aniqlab 


66 
bo’ladigan summani o’z ichiga olsa, bu summa kechiktiriladi va xizmat 
ko’rsatiladigan davr mobaynida daromad sifatida tan olinadi. Va teskari, tan olish 
mezonlari ikkita va undan ortiq operatsiyalarga nisbatan birgalikda qo’llaniladi, agar 
ushbu operatsiyalar ularning tijorat natijasini faqat bir qator operatsiyalarni bir butun 
operatsiya sifatida hisobga olganda tushunib bo’ladigan tarzda bir-biriga bog’liq 
bo’lsa. Masalan, tashkilot tovarlarni sotishi mumkin, va, shu paytning o’zida, ushbu 
tovarlarni keyinchalik qayta sotib olishga qaratilgan alohida shartnoma tuzishi va bu 
bilan operatsiyaning natijasini yo’qqa chiqarishi mumkin. Bunday holatda, ikkita 
operatsiya birgalikda hisobga olinishi kerak. 
Tovarlarni (mahsulotlarni) sotishdan daromad quyidagi shartlarning hammasi 
bajarilganda tan olinishi kerak:
(a) 
tashkilot tovarlarga egalik qilish bilan bog’liq risklar va mukofotlarning 
ancha qismini xaridorga o’tkazganida; 
(b) 
tashkilot odatda egalik huquqiga hos bo’lgan darajada sotilgan tovarlarni 
endilikda boshqara olmaganda va ularni samarali darajada nazorat qila olmaganda; 
(v) 
daromadning summasini ishonchli darajada baholab bo’lganda; 
(g) 
tashkilot tomonidan operatsiya bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy nafning 
olinishi ehtimoli mavjud bo’lganida; va 
(d) 
operatsiya bo’yicha amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan 
xarajatlar ishonchli darajada baholana olganda. 
Mulkka egalik qilish huquqi bilan bog’liq risklar va mukofotlarning ancha 
qismi tashkilot tomonidan xaridorga o’tkazilishi paytini aniqlash uchun 
operatsiyaning jihatlarini o’rganish talab etiladi. Aksariyat hollarda, egalik huquqi 
bilan bog’liq risklar va mukofotlarning o’tkazilishi xaridorga yuridik egalik qilish 
huquqi yoki tasarruf qilish huquqining o’tishi paytiga to’g’ri keladi. Bu aksariyat 
chakana savdo operatsiyalariga hosdir. Boshqa hollarda, egalik huquqi bilan bog’liq 
risklar va mukofotlarning o’tkazilishi yuridik egalik qilish huquqi yoki tasarruf qilish 
huquqining o’tishi paytiga to’g’ri kelmaydi. 
Tashkilot mulkka egalik qilish bilan bog’liq risklarning ancha qismini saqlab 
qolsa, bunday operatsiya sotish bo’lib hisoblanmaydi va daromad tan olinmaydi. 
Tashkilot mulkka egalik qilish bilan bog’liq risklarning ancha qismini turli holatlarda 
saqlab qolishi mumkin. Tashkilot mulkka egalik qilish bilan bog’liq risklar va 
mukofotlarning ancha qismini saqlab qoladigan holatlarga misollar quyidagicha:
(a) 
tashkilot mahsulotning oddiy kafolat shartlari bilan qoplanmagan yomon 
ishlashi uchun javobgarlikni saqlab qolganida; 
(b) 
muayyan sotishdan daromad olish xaridor tovarlarni sotishi natijasida 
daromad olishiga bog’liq bo’lganida; 
(v) 
o’rnatishni talab qiladigan tovarlar sotilib, o’rnatish tashkilot tomonidan 
oxirigacha bajarilmagan shartnomaning muhim qismi bo’lganida;
(g) 
xaridor oldi-sotdi shartnomasida kelishilgan sababga ko’ra xaridni bekor 
qilish huquqiga ega bo’lganda va tashkilotni daromad olishiga ishonchi komil 
bo’lmaganida. 
Tashkilot egalik qilish bilan bog’liq riskning faqat ahamiyatsiz qismini saqlab 
qolganida, operatsiya sotish bo’lib hisoblanadi va daromad tan olinadi. Masalan, 


67 
sotuvchi tovarlarga egalik qilish huquqini olinishi lozim bo’lgan summaning 
undirilishini ta’minlash maqsadidagina saqlab qolishi mumkin. Bunday holatda, agar 
tashkilot egalik huquqi bilan bog’liq risklar va mukofotlarning ancha qismini 
o’tkazgan bo’lsa, operatsiya sotish bo’lib hisoblanadi va daromad tan olinadi. 
Tashkilot egalik qilish bilan bog’liq riskning faqat ahamiyatsiz qismini saqlab 
qolishining yana bitta misoli bo’lib xaridor xarid bilan mamnun bo’lmaganida unga 
pullari qaytarilishi taklif qilingan chakana sotuv hisoblanishi mumkin. Bunday 
hollarda daromad sotish paytida tan olinadi, agar sotuvchi kelgusida tovarlarning 
qaytarilishini ishonchli darajada bahola olsa hamda oldingi tajriba bilan boshqa 
tegishli omillar asosida qaytariladigan tovarlar uchun majburiyatni tan olsa. 
Daromad operatsiya bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan 
olinishi ehtimoli mavjud bo’lganidagina tan olinadi. Ba’zi hollarda, bunday ehtimol, 
tovon olinmaguncha yoki noaniqlik bartaraf bo’lmaguncha, mavjud bo’lmasligi 
mumkin. Masalan, chet el hukumati sotishdan olingan tovonni xorijga o’tkazilishiga 
ruxsat berishi noaniq bo’lishi mumkin. Bunday ruxsat berilganida, noaniqlik bartaraf 
bo’ladi va daromad tan olinadi. Biroq, daromadga kiritilgan summaning undirib 
olinishi to’g’risida shubha (noaniqlik) to’g’ilganida, undirib olib bo’lmaydigan yoki 
qoplanishi ehtimoli bo’lmagan summa oldin tan olingan daromad summasining 
tuzatilishi emas, balki xarajat sifatida tan olinadi. 
Xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha operatsiyaning natijasini ishonchli baholab 
bo’lsa, operatsiya bilan bog’liq bo’lgan daromad operatsiyaning hisobot davri 
oxiridagi tugallanishi darajasiga bog’liq ravishda tan olinadi. Operatsiyaning 
natijasini quyidagi shartlar bajarilganda ishonchli baholash mumkin bo’ladi:
(a) 
daromadning summasini ishonchli darajada baholash mumkin; 
(b) 
operatsiya bilan bog’liq iqtisodiy naf tashkilot tomonidan olinishi 
ehtimoli mavjud; 
(v) 
operatsiyaning hisobot davri oxiridagi tugallanish darajasini ishonchli 
baholash mumkin; va 
(g) 
operatsiya bo’yicha amalga oshirilgan xarajatlarni hamda operatsiyani 
oxiriga yetkazish uchun zarur xarajatlarni ishonchli baholash mumkin. 
Daromadlarning operatsiyaning tugallanishi darajasiga bog’liq ravishda tan 
olinishi, ko’pincha, tugallanish darajasi (foizi) usuli deb yuritiladi. Bu usul bo’yicha, 
daromad xizmatlar ko’rsatilgan hisobot davrlarida tan olinadi. Daromadning ushbu 
usul bo’yicha tan olinishi davr davomida ko’rsatilgan xizmatlarning hajmi va faoliyat 
natijalari to’g’risida foydali ma’lumot beradi. BHXS 11 ham daromadlarning ushbu 
usul bo’yicha tan olinishini talab etadi. BHXS 11ning talablari odatda xizmatlarni 
ko’rsatishni qamrab oladigan operatsiya bo’yicha daromadlarni va ular bilan bog’liq 
xarajatlarni tan olishda qo’llanilishi mumkin.
Daromad operatsiya bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan 
olinishi ehtimoli mavjud bo’lganidagina tan olinadi. Biroq, daromadga kiritilgan 
summaning undirib olinishi to’g’risida shubha (noaniqlik) tug’ilganida, undirib olib 
bo’lmaydigan yoki qoplanishi ehtimoli bo’lmagan summa oldin tan olingan daromad 
summasinining tuzatilishi emas, balki xarajat sifatida tan olinadi. 
Tashkilot operatsiyada ishtiroq etuvchi boshqa tomonlar bilan quyidagilar 


68 
bo’yicha kelishganidan so’ng, odatda, daromadni ishochli bahola oladi:
(a) ko’rsatiladigan va operatsiyaning tomonlari tomonidan qabu qilinadigan 
xizmat yuzasidan har qaysi tomonning yuridik kuchga ega huquqlari; 
(b) xizmatlar evaziga olinadigan tovon; va 
(v) hisob-kitoblarning shakli va shartlari. 
Tashkilot uchun, shuningdek, samarali ichki moliyaviy rejalatirish va hisobot 
tizimiga ega bo’lish muhimdir. Tashkilot, zaruriyat to’g’ilganda, baholangan 
daromadlarni xizmatlar bajarilishi sari qayta ko’rib chiqadi. Bunday qayta ko’rib 
chiqishlar zarurati mavjudligi operatsiyaning natijasini ishonchli baholab bo’lmaydi 
degani emas. 
Operatsiyaning tugallanishi darajasi bir nechta usullar bilan aniqlanishi 
mumkin. Tashkilot ko’rsatilgan xizmatlarni ishonchli darajada baholaydigan usuldan 
foydalanadi. Operatsiyaning xususiyatidan kelib chiqib, bu usullarga quyidagilar 
kiritilishi mumkin:
(a) 
bajarilgan ishlarning nazorat o’lchovini o’tkazish; 
(b) 
ma’lum sanagacha ko’rsatilgan xizmatlarning jami ko’rsatiladigan 
xizmatlarga nisbatini (foizlarda) aniqlash; yoki 
(v) 
operatsiya bo’yicha ma’lum sanagacha amalga oshirilgan xarajatlarning 
operatsiya bo’yicha jami baholangan xarajatlarga nisbatini aniqlash. Ma’lum 
sanagacha amalga oshirilgan xarajatlarga faqat o’sha sanagacha ko’rsatilgan 
xizmatlarni aks ettiradigan xarajatlar kiritiladi. Operatsiya bo’yicha jami baholangan 
xarajatlarga ko’rsatilgan yoki ko’rsatilishi kerak bo’lgan xizmatlar bo’yicha xarajatlar 
kiritiladi. 
Buyurtmachilar tomonidan xizmatlar ko’rsatilishi sari amalga oshiriladigan 
to’lovlar va olingan bo’naklar ko’pincha xizmatlar ko’rsatilishi darajasini 
ko’rsatmaydi. 
Tashkilotning foizlar, royalti va dividendlar ko’rinishidagi daromadlarni 
keltiruvchi aktivlaridan boshqa tomonlar foydalanishi natijasida hosil bo’ladigan 
daromad quyidagicha tan olinishi kerak:
(a) operatsiya bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan olinishi 
ehtimoli mavjud bo’lganida; va 
(b) daromadning summasini ishonchli darajada baholab bo’lganda. 
Daromad quyidagi asosda tan olinishi lozim:
(a) foizlar BHXS 39da belgilanganidek effektiv foiz stavkasi usulida tan 
olinishi kerak; 
(b) royalti tegishli shartnomaning mohiyatiga ko’ra hisoblash usuli bo’yicha 
tan olinishi kerak; va 
(v) dividendlar, hissador tomonidan to’lov olinishi huquqi kuchga kirganida, 
tan olinishi kerak. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin