49
etilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar.
Ushbu Standart, agar hisobot davridan keyingi hodisalar faoliyat uzluksizligi
to’g’risidagi farazning xo’jalik sub’ekti uchun o’rinli emasligini ko’rsatsa, bunday
xo’jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlari faoliyat
uzluksizligi asosida
tayyorlanmasligini ham talab etadi.
BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar” nomli standart hisobot
davridan keyingi hodisalarni hisobga olishda va ularni oshkor etishda qo’llaniladi.
Ba’zi hollarda, xo’jalik sub’ekti o’z moliyaviy hisobotlarini
moliyaviy
hisobotlar e’lon qilinganidan so’ng aktsiyadorlarning tasdig’iga havola etishi talab
qilinadi. Bunday hollarda, aktsiyadorlar moliyaviy hisobotlarni
tasdiqlagan sanasida
emas, balki moliyaviy hisobotlar e’lon qilingan sanasida ular e’lon qilish uchun
tasdiqlangan bo’lib hisoblanadi.
Misol. Xo’jalik sub’ektining rahbariyati 20X1 yilning 31 Dekabr holatiga
bo’lgan moliyaviy hisobotlarning dastlabki to’plamini 20X2 yilning 28 Fevralida
yakunladi. 20X2 yilning 18 Martida Boshqaruv a’zolari moliyaviy hisobotlarni ko’rib
chiqdi va ularning e’lon qilinishini tasdiqladi. Xo’jalik sub’ekti o’z foydasini va
boshqa tanlangan moliyaviy ma’lumotlarni 20X2 yilning 19 Martida e’lon qildi.
Moliyaviy hisobotlar aktsiyadorlar va boshqalar e’tiboriga 20X2 yilning 1 Aprelida
taqdim etildi. Aktsiyadorlar moliyaviy hisobotlarni 20X2 yilning 15
Mayida
o’tkazilgan aktsiyadorlarning yillik yig’ilishida tasdiqladi va tasdiqlangan moliyaviy
hisobotlar tartibga soluvchi davlat idorasiga 20X2 yilning 17 Mayida topshirildi.
20X2 yilning 18 Martida moliyaviy hisobotlarning e’lon qilinishi tasdiqlandi
(Boshqaruv a’zolari moliyaviy hisobotlarning e’lon qilinishini tasdiqlagan sana).
Ba’zi hollarda, xo’jalik sub’ektining rahbariyati moliyaviy hisobotlarni
(ijrochi bo’lmagan shaxslardangina tashkil topgan) kuzatuv kengashiga, moliyaviy
hisobotlar ular tomonidan tasdiqlanishi uchun, taqdim etishi talab qilinadi. Bunday
hollarda, rahbariyat moliyaviy hisobotlarni kuzatuv kengashiga taqdim etilishini
tasdiqlagan sana moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasi bo’lib
hisoblanadi.
Xo’jalik sub’ekti tuzatishlar kiritilishini talab etadigan hisobot davridan
keyingi hodisalarni aks ettirish maqsadida o’z moliyaviy
hisobotlarida tan olingan
summalarga tuzatishlarni kiritishi shart.
Quyida xo’jalik sub’ektidan o’z moliyaviy hisobotlarida tan olingan
summalarga tuzatishlar kiritishni, yoki oldin tan olinmagan moddalarni tan olishni
talab qiladigan hisobot davridan keyingi hodisalarga misollar keltirilgan:
(a) Xo’jalik sub’ektining hisobot davrining yakunida joriy majburiyati bor
bo’lganligini tasdiqlagan, sud ishining hisobot davridan keyin hal bo’lishi. Xo’jalik
sub’ekti ushbu sud ishi yuzasidan oldin tan olingan har qanday zaxiralarga MHXS 37
“
Zaxiralar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar”
ga muvofiq tuzatish kiritadi
yoki yangi zaxirani tan oladi. Xo’jalik sub’ekti faqat
shartli majburiyatni oshkor
etish bilan chegaralanmaydi, chunki sud ishining hal bo’lishi natijasida MHXS 37ga
muvofiq e’tiborga olinishi kerak bo’lgan qo’shimcha dalillar ta’minlanadi.
Misol. 20X5 yilning 18 Martida xo’jalik sub’ektining rahbariyati moliyaviy
hisobotlarni kuzatuv kengashiga taqdim etilishi uchun tasdiqlaydi. Kuzatuv kengashi
50
ijrochi bo’lmagan shaxslardangina tashkil topgan bo’lib, o’z ichiga xodimlar va
boshqa tashqi manfaatdor tomonlarning vakillarini olgan bo’lishi mumkin. Kuzatuv
kengashi 20X5yilning 26 martida moliyaviy hisobotlarni tasdiqladi. Moliyaviy
hisobotlar aktsiyadorlar va boshqalar e’tiboriga 20X5 yilning 1 aprelida taqdim etildi.
Aktsiyadorlar moliyaviy hisobotlarni 20X5 yilning 15 mayida o’tkazilgan
aktsiyadorlarning yillik yig’ilishida tasdiqladi va tasdiqlangan moliyaviy hisobotlar
tartibga soluvchi davlat idorasiga 20X5 yilning 17 mayida topshirildi.
Moliyaviy hisobotlar 20X5 yilning 18 martida e’lon
etish uchun tasdiqlandi
(rahbariyat moliyaviy hisobotlarni kuzatuv kengashiga taqdim etish uchun
tasdiqlagan sana).
(b)
hisobot davri oxirida aktiv qadrsizlanganligi yoki bu aktiv bo’icha oldin
tan olingan zarar summasiga tuzatish kiritilishi kerakligidan dalolat beradigan
ma’lumot hisobot davri tugaganidan keyin olinishi. Masalan:
-
hisobot davri tugaganidan so’ng mijozlardan biri bankrotlikka uchrashi
hisobot davri oxirida savdoga oid debitorlik qarzdorligi bo’yicha zarar mavjud
bo’lganligini va xo’jalik sub’ekti debitorlik qarzdorlikning balans qiymatiga tuzatish
kiritishi kerakligini tasdiqlaydi; va
-
tovar-moddiy zaxiralarning hisobot davri tugaganidan so’ng sotilishi
ularning hisobot davrining oxiridagi sof sotish qiymati to’g’risida
dalil berishi
mumkin.
(v) hisobot davri tugallanishidan oldin sotib olingan aktivlarning tannarxi
yoki sotilgan aktivlardan tushgan tushumning hisobot davri tugaganidan so’ng
aniqlanishi.
(g)
hisobot davri tugaganidan so’ng foydadan taqsimlanadigan to’lovlar yoki
mukofotlar summasining aniqlanishi, agar xo’jalik sub’ektining hisobot davri oxirida
bu sanadan oldin yuz bergan hodisalarning natijasida bunday to’lovlarni amalga
oshirish bo’yicha joriy yuridik yoki konstruktiv majburiyati mavjud bo’lgan bo’lsa
(BHXS 19 “
Dostları ilə paylaş: