Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Xodimlarga haqlar”
ga qarang). 
(d) moliyaviy hisobotlarning noto’g’ri ekanligini ko’rsatuvchi firibgarlik 
yoki xatolarning topilishi. 
Agar xo’jalik sub’ekti ulushli instrument egalariga dividendlarni (BHXS 32 

Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish” 
da ko’rsatilganidek) hisobot davri 
tugaganidan keyin e’lon qilsa, xo’jalik sub’ekti bu dividendlarni hisobot davrining 
oxirida majburiyat sifatida tan olmaydi.
Agar dividendlar hisobot davri tugaganidan so’ng, ammo moliyaviy 
hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasiga qadar e’lon qilinsa, dividendlar 
hisobot davrining oxirida majburiyat sifatida tan olinmaydi, chunki aynan ana shu 
paytda majburiyatlar mavjud bo’lmagan. Bunday dividendlar BHXS 1 “
Moliyaviy 
hisobotlarni taqdim etish” 
ga binoan izohlarda oshkor qilinadigan ma’lumot sifatida 
ko’rsatiladi. 
Agar hisobot davri tugaganidan keyin xo’jalik sub’ektining rahbariyati xo’jalik 
sub’ektini tugatish yoki uning savdo faoliyatini to’xtatish qaroriga kelsa yoki bunday 
yo’l tutishdan boshqa chorasi yo’q ekanligini aniqlasa, xo’jalik sub’ekti o’z 
moliyaviy hisobotlarini faoliyat uzluksizligi asosida tayyorlamasligi kerak. 


51 
BHXS 1 quyidagi holatlarda oshkor etilishi talab qilinadigan ma’lumotlarni 
belgilaydi:
(a)
moliyaviy hisobotlar faoliyat uzluksizligi asosida tayyorlanmagan 
bo’lganida; yoki 
(b) 
xo’jalik sub’ektining rahbariyati faoliyat uzluksizligi faraziga jiddiy 
shubha uyg’otishi mumkin bo’lgan hodisalar yoki vaziyatlarga aloqador bo’lgan 
ahamiyatli noaniqliklardan xabardor bo’lganida. Oshkor etilishini talab etuvchi 
hodisalar yoki vaziyatlar hisobot davridan keyin yuzaga kelishi mumkin.
Xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasini 
hamda bu kim tomonidan tasdiqlanganligi haqida ma’lumotni oshkor qilishi 
kerak.Agar xo’jalik sub’ektining mulk egalari yoki boshqa tomonlar moliyaviy 
hisobotlar e’lon qilinganidan keyin ularga o’zgartirishlar kiritish vakolatlariga ega 
bo’lsa, xo’jalik sub’ekti bu faktni oshkor etishi kerak.
Hisobot davri oxiridagi shart-sharoitlar to’g’risidagi oshkor qilinadigan 
ma’lumotlarni yangilash
Agar xo’jalik sub’ekti hisobot davri tugaganidan keyin hisobot davri oxirida 
mavjud bo’lgan shart-sharoitlar to’g’risidagi ma’lumotni qo’lga kiritsa, u ushbu 
shart-sharoitlarga tegishli oshkor qilingan ma’lumotlarni yangi ma’lumotga tayangan 
holda o’zgartirishi kerak.
Agar tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hisobot davridan keyingi 
hodisalar ahamiyatli bo’lsa, ular to’g’risida ma’lumotlarni oshkor etmaslik 
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlar asosida qabul qilinadigan iqtisodiy 
qarorlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun ham, xo’jalik sub’ekti 
tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hisobot davridan keyingi hodisalarning har 
bir ahamiyatli toifasi bo’yicha quyidagilarni oshkor etishi kerak:
(a) 
hodisaning tabiati; va 
(b) 
uning moliyaviy ta’sirini tahminan baholash , yoki bunday tahminiy 
baholashning imkoni yo’qligini ta’kidlash.
Quyida oshkor etilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar taqdim etilishiga sabab 
bo’luvchi tuzatishlar kiritilishi talab etilmaydigan hisobot davridan keyingi 
hodisalarga misollar keltirilgan:
(a)
Hisobot davridan keyin amalga oshgan yirik biznes birlashuvi (MHXS 3 

Biznes birlashuvlari”
bunday holatlarda muayyan ma’lumotlar oshkor etilishini 
talab etadi) yoki yirik sho’’ba xo’jalik sub’ektining chiqib ketishi; 
(b) 
faoliyatni to’xtatish rejasini e’lon qilish; 
(v) 
aktivlarni katta summada sotib olish, MHXS 5 “
Sotish uchun 
mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va to’xtatilgan faoliyat”
ga muvofiq sotish 
uchun mo’ljallangan aktivlarning tasniflanishi, aktivlarning boshqacha yo’llar bilan 
chiqib ketishi yoki davlat tomonidan yirik aktivlarning musodara qilinishi; 
(g) 
hisobot davridan keyin yirik ishlab chiqarish zavodining yong’in 
natijasida vayron bo’lishi; 
(d) 
yirik restrukturizatsiya rejasini e’lon qilish yoki uni amalga oshirishni 
boshlash (BHXS 37 ga qarang); 
(e) 
Hisobot davridan keyin oddiy va potentsial oddiy aktsiyalar bilan 


52 
amalaga oshirilgan yirik operatsiyalar (BHXS 33 «
Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan 
foyda»
xo’jalik sub’ektidan bunday operatsiyalarning tavsifini oshkor etishni talab 
etadi, lekin bunday operatsiyalarga BHXS 33 ga muvofiq tuzatishlar kiritilishi kerak 
bo’lgan kapitalizatsiya yoki aktsiyalarni imtiyozli shartlarda chiqarish, aktsiyalar 
bo’linishi yoki aktsiyalarni yaxlitlashni o’z ichiga oladigan operatsiyalar 
kiritilmaydi); 
(j) hisobot davridan keyin aktivlar narxlari yoki valyuta ayriboshlash 
kurslaridagi g’ayrioddiy darajada katta o’zgarishlar; 
(z) 
joriy va muddati kechiktirilgan soliq aktivlari va majburiyatlariga katta 
ta’sir qiladigan, hisobot davridan keyin soliq stavkasi yoki amaldagi soliq 
qonunchiligidagi o’zgarishlar (MHXS 12 «
Daromad soliqlari»
ga qarang); 
(i) Katta majburiyatlar yoki shartli majburiyatlarni olish, masalan, katta 
summadagi kafolat xatlarini chiqarish orqali; va 
(k) 
Faqat hisobot davridan keyingi hodisalardan kelib chiqqan yirik sud 
jarayonining boshlanishi. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin