Standartlari


/90000 x (90000-80000) = 16000 sh.b



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

144000/90000 x (90000-80000) = 16000 sh.b.
2.
 
Ikkinchi oy uchun ortiqcha paydo bo’lgan xarajatni qayta tiklash 
kerak: 
Dt Umumishlab chiqarish xarajatlari (M2400) 24000 
Kt Asosiy ishlab chiqarish (M2100) 
yoki Kt Sotish tannarxi (M9110) 24000 
4-misol. 
Chakana savdo tashkiloti zaxiralarini chakana savdo usulida baholaydi. Oziq 
ovqat mahsulotlari uchun 20 % li o’rtacha marja usulini qo’llaydi. Bu mahsulotning 
oy boshiga qoldigi 40000 sh.b. (tannarxi), 8000 sh.b. (savdo ustamasi) Oy davomida 
360000 sh.b. (tannarxi) mahsulot sotib olindi va 450000 sh.b. mahsulot sotildi. 
Sotilgan mahsulotlarning savdo ustamasi va sotish bahosini toping 
1.
 
Sotilgan mahsulot savdo ustamasi: 
40000+360000-450000/(100% + 20%) = 25000 sh.b. 
2.
 
Sotish bahosi: 
450000/(100% + 20%) = 375000 sh.b.


73 
Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar tovar-moddiy zaxiralarga ega bo’lganida, ular 
bu TMZlarni ishlab chiqarish xarajatlari summasida baholaydilar. Bu xarajatlar, 
asosan, xizmat ko’rsatishda bevosita band bo’lgan xodimlar, shu jumladan ularni 
nazorat qiladigan xodimlar bilan bog’liq bo’lgan mexnat haqi va boshqa xarajatlar, 
hamda tegishli ustama xarajatlardan tashkil topadi. Xizmatlarni sotishda band bo’lgan 
va umumiy ma’muriy xodimlarga tegishli bo’lgan mexnat haqi va boshqa xarajatlari 
tannarxga kiritilmaydi, va ular kelib chiqqan davrning xarajatlari sifatida tan olinadi. 
Aksariyat hollarda, xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarning TMZlari tannarxiga ular 
tomonidan xizmat narhiga kiritiladigan foyda me’yori yoki taqsimlanmaydigan 
ustama xarajatlar kiritilmaydi. 
MHXS 41 “Qishloq xo’jaligi”ga asosan xo’jalik sub’ekti o’zining biologik 
aktivlaridan yig’ib olgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini o’z ichiga oladigan tovar-
moddiy zaxiralari, ularni dastlabki tan olishda yig’im paytidagi sotish xarajatlari 
chegirilgandagi haqqoniy qiymati bo’yicha baholanadi. Bu o’sha sanadagi tovar-
moddiy zaxiralarning, mazkur standart qo’llanilishi maqsadidagi, tannarxidir.
TMZlar tannarxini baholash uchun, qulaylik maqsadida, me’yoriy xarajatlar 
bo’yicha tannarxni hisoblash usuli yoki chakana usuli kabi usullardan foydalanish 
mumkin, agarda ularni qo’llash natijalari taxminan tannarxga teng bo’lsa. Me’yoriy 
xarajatlarda xom ashyo va materiallar, ishchi kuchi, samaradorlik va quvvatdan 
foydalanishning normal darajasi hisobga olinadi. Me’yorlar doimiy tarzda tahlil qilib 
turiladi, va, zarur hollarda joriy shart-sharoitlarga qarab qayta ko’rib chiqiladi. 
Chakana usuli ko’pincha chakana savdo sohasida ko’p sonli, tez-tez o’zgarib 
turuvchi, va bir xil foyda olib keladigan shunday TMZlarni baholash uchun 
foydalaniladiki, ular tannarxini hisoblash uchun boshqa usullarni qo’llashni amaliy 
iloji bo’lmaydi. Tovar-moddiy zaxiraning tannarxi ushbu TMZning sotish qiymatini 
yalpi foydaning tegishli foiziga kamaytirish yo’li bilan aniqlanadi. Qo’llaniladigan 
foizni aniqlashda, qiymati dastlabki sotish narhidan kamaytirilgan tovar-moddiy 
zaxiralari hisobga olinadi. Ko’pincha hamma chakana savdo BOBlari bo’yicha 
o’rtacha foiz qo’llaniladi. 
5-misol. 
Oy boshiga kompaniyada A tovardan 200 dona 15 sh.b. dan bor edi. Kelgusi oy 
davomida A tovar bo’yicha quyidagi sotib olish va sotishlar amalga oshirildi: 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin