Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1-misol 
Kompaniya 2011 yil 1 aprelda qiymati 342000 sh.b. bo’lgan uskunani sotib 
oldi. Foydali muddati 9 yil. Qoliq qiymati yo’q. Bu uskunaga kompaniya to’g’ri 
chiziqli amortizatsiya usulini qo’llaydi. Har uch yilda uskunaning ayrim agregatlari 
almashtiriladi. Bu agregatlar qiymati 126000 sh.b.ni tashkil qiladi.
Sotib olgandan so’ng kompaniya amortizatsiya hisoblashda ikkita alohida 
foydali muddati turli bo’lgan komponentni hisobga oladi: “A” komponent foydali 
muddati 9 yil, qiymati 216000 sh.b. (342000-126000), “V” komponent foydali 
muddati 3 yil, qiymati 126000 sh.b. 1 aprel 2014 yilgacha 3 yil davomida kompaniya 
har oyda 5500 sh.b. (216000/9x1/12)+(126000/3x1/12) amortizatsiya hisoblaydi. 
2014 yil 1 aprelda agregat 133200 sh.b. ga almashtirildi. Foydali muddati 
o’zgarmadi. 
2014 yil 1 aprelda kompaniya “V” agregatni to’la amortizatsiya qilgani uchun, 
0 qiymatda hisobdan chiqaradi va o’rniga qiymati 133200 sh.b. bo’lgan yangi “V” 
agregatni asosiy vositalari tarkibiga kiritadi. Uskunaning yangi balans qiymati shu 
sanaga 277200 sh.b.ni tashkil qiladi (342000-5500x12x3+133200), shu jumladan, 
“A” komponent qiymati 144000 (277200-133200) sh.b. ga teng. Kelgusi 3 yil 
davomida (foydali muddati o’zgarmasa) hisoblanadigan amortizatsiya summasi 5700 
sh.b.ni tashkil qiladi (144000/6x1/12+133200/3x1/12). 
Asosiy 
vositalar 
ob’ektining ayrim qismlarini almashtirilishi yoki 
almashtirilmasligidan qat’iy nazar, nuqsonlar paydo bo’lganligini aniqlash uchun 
muntazam ravishda katta ko’lamdagi texnik ko’riklarini o’tkazish shu ob’ektdan 
(masalan samolyotdan) foydalanishni davom etishning shartlaridan biri bo’lishi 
mumkin. Har bir katta ko’lamdagi texnik ko’rik o’tkazilganda, u bo’yicha xarajatlar 
tan olish mezonlari bajarilganda asosiy vositalar ob’ektining balans qiymatida qisman 
almashtirish sifatida tan olinadi. Har qanday oldingi texnik ko’rik bo’yicha 
xarajatlarning aktivning balans qiymatidagi qoldig’i (extiyot qismlardan tashqari) 
hisobdan chiqariladi. Bunday hisobdan chiqarish oldingi tekshiruv xarajatlari ob’ekt 


79 
sotib olinishi yoki qurilishi paytidagi operatsiyada tan olinganligi yoki 
olinmaganligidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Zarur bo’lganda, ob’ekt sotib 
olinishi yoki qurilishi paytidagi balans qiymatiga qo’shilgan texnik ko’rik 
xarajatlarini aniqlashda shu kabi kelgusi tekshiruv xarajatlarning baholangan 
summasidan foydalanish mumkin. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin