Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

2-misol. 
Kompaniya 2011 yil 1 oktyabrda qiymati 900000 sh.b. bo’lgan sanoat ob’ektini 
qurdi. Foydali muddati 15 yil. Qoliq qiymati yo’q. Bu binoga kompaniya to’g’ri 
chiziqli amrtizatsiya usulini qo’llaydi. Har ikki yilda binoni texnik ko’rikdan 
o’tkazish kerak, texnik ko’rik xarajatlari 72000 sh.b. bino tannarxiga kiritilgan.
Kompaniya amortizatsiya hisoblashda ikkita alohida foydali muddati turli 
bo’lgan komponentni hisobga oladi: “A” komponent foydali muddati 15 yil, qiymati 
82800 sh.b. (90000-72000), “V” komponent foydali muddati 2 yil, qiymati 72000 
sh.b. 1 oktyabr 2014 yilgacha 2 yil davomida kompaniya har oyda 7600 sh.b. 
(828000/15x1/12)+(72000/2x1/12) amortizatsiya hisoblaydi. Kelgusi texnik ko’rikda 
xarajat asosiy vosita tannarxiga kiritiladi. 
Aktivni tan olish mezonlariga mos keladigan asosiy vosita ob’ekti tannarx 
bo’yicha baholanishi lozim.
Asosiy vositaning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi:
(a) savdo chegirmalarini va imtiyozlarini chegirgan holda, uning xarid narxi, 
jumladan import bojlari va sotib olish bilan bog’liq qoplanmaydigan soliqlar. 
(b) aktivni undan tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati tomonidan ko’zlangan 
holda foydalanish uchun zarur bo’lgan joy va holatiga olib kelish bilan bog’liq 
bevosita xarajatlar. 
(v) tadbirkorlik sub’ektining tovar-moddiy zaxiralar yaratish bilan bog’liq 
bo’lmagan maqsadlarda qandaydir ob’ektni sotib olish yoki undan qandaydir davr 
mobaynida foydalanish paytida o’z zimmasiga oladigan asosiy vosita ob’ektini 
demontaj va yo’q qilish xamda u egallagan yer uchastkasida tabiy resurslarni qayta 
tiklash xarajatlarining boshlang’ich bahosi aktivni demontaj qilish va olib tashlash 
hamda u joylashgan maydondagi tabiiy resurslarni qayta tiklash bilan bog’liq 
xarajatlarning daslabki baholanishi, agar tadbirkorlik sub’ekti bular bo’yicha 
majburiyatga aktiv sotib olinganida yoki undan ma’lum davr mobaynida tovar-
moddiy qimmatliklarni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarda 
foydalanish natijasida ega bo’lsa. 
Quyidagilar bevosita xarajatlarga misollardir:
(a) 
asosiy vosita ob’ektini barpo etish (qurish) yoki sotib olish natijasida 
bevosita hosil bo’ladigan hodimlarga haq to’lash xarajatlari (BHXS 19 
“Xodimlarning daromadlari” da keltirilganidek); 
(b) 
joyni tayyorlash xarajatlari; 
(v) 
etkazib berish va ortish-tushirish bilan bog’liq boshlang’ich xarajatlar; 
(g) 
o’rnatish va montaj bo’yicha xarajatlar; 
(d) 
aktivning to’g’ri ishlashini sinab ko’rish xarajatlaridan aktivni tegishli 
joyga va holatga keltirish paytida ishlab chiqarilgan mahsulotni (uskunalarni 
sinovdan o’tkazishda ishlab chiqarilgan mahsulotlar kabi) sotishdan olingan sof 


80 
tushumning ayirmasi; va 
(e) 
malakali xizmatlar uchun haqlar. 
Tadbirkorlik sub’ekti ob’ektdan ma’lum bir davr mobaynida tovar-moddiy 
zaxiralar ishlab chiqarish uchun foydalanishi oqibatida paydo bo’ladigan ob’ektni 
demontaj qilish va olib tashlash xamda u egallagan yer maydonida tabiiy resurslarni 
qayta tiklash majburiyatlari bo’yicha xarajatlarga nisbatan BHXS 2 “Tovar-moddiy 
zaxiralar” ni qo’llaydi. BHXS 2 yoki BHXS 16 ga mos ravishda hisoblanadigan 
xarajatlar bo’yicha majburiyatlar BHXS 37 “Rezervlar, shartli majburiyatlar va 
shartli aktivlar” ga mos ravishda tan olinadi va baholanadi.
Asosiy vositalar ob’ektiga kirmaydigan xarajatlarga quyidagilar misol bo’la 
oladi:
(a) yangi ishlab chiqarish ob’ektini tashkil etish xarajatlari; 
(b) yangi maxsulot yoki xizmat turini tatbiq etish bilan bog’liq xarajatlar (shu 
jumladan, reklama va marketing faoliyati xarajatlari); 
(v) tijoratni yangi joyga yoki mijozlarning yangi toifasiga moslashtirish bilan 
bog’liq xarajatlar (shu jumladan, hodimlarni qayta tayyorlash xarajatlari); va 
(g) ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar. 
Asosiy vositalar ob’ekti undan tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan 
ko’zlangan holda foydalanish uchun zarur bo’lgan joy va holatiga keltirilganida bu 
ob’ektning balans qiymatiga qo’shiladigan xarajatlarning tan olinishi to’xtatiladi. Shu 
bois, ob’ektdan foydalanish yoki uni boshqa joyga ko’chirishda hosil bo’ladigan 
xarajatlar shu ob’ektning balans qiymatiga kiritilmaydi. Masalan, quyidagi xarajatlar 
asosiy vositalar ob’ektining balans qiymatiga kiritilmaydi:
(a) 
rahbariyat tomonidan ko’zlangan holda foydalanish uchun tayyor 
bo’lgan ob’ekt haligacha foydalanishga topshirilmagan yoki to’liq quvvatidan past 
darajada foydalanilganda hosil bo’lgan xarajatlar; 
(b) 
birlamchi operatsion zararlar, masalan ob’ekt yordamida ishlab 
chiqarilgan mahsulotga talab hosil bo’lishi davridagilar kabi; va 
(v) 
tadbirkorlik sub’ekti quvvatlarini qisman yoki to’la qayta qo’chirish yoki 
qayta tashkil etish xarajatlari. 
Ayrim operatsiyalar asosiy vositalar ob’ektini qurish yoki barpo etish bilan 
bog’liq bo’ladi, ammo bu ob’ektni undan tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan 
ko’zlangan holda foydalanish uchun zarur bo’lgan joy va holatiga keltirish uchun 
zarur bo’lmaydi. Bu yordamchi operatsiyalar qurilish yoki barpo etish ishlari 
davomida yoki undan oldin ro’y berishi mumkin. Masalan, qurilish maydonidan 
qurilish ishlari boshlanishidan oldin avtostoyanka sifatida foydalanishdan foyda 
olinishi mumkin. Yordamchi operatsiyalar ob’ektni rahbariyat tomonidan ko’zlangan 
holda foydalanish uchun zarur bo’lgan joy va holatiga keltirish uchun zarur 
bo’lmaganligi sababli, yordamchi operatsiyalar bilan bog’liq daromad va xarajatlar 
foyda yoki zararning tarkibida tan olinadi va daromad yoki xarajatlarning tegishli 
guruhlariga kiritiladi. 
Xo’jalik usulida qurilgan aktivning tannarxi xuddi sotib olingan aktiv 
tannarxini aniqlash tamoyillarini qo’llash orqali aniqlanadi. Agar tadbirkorlik 
sub’ekti aktivlarni o’zining asosiy faoliyati doirasida sotish uchun barpo etsa


81 
aktivning tannarxi sotish uchun qurilgan aktiv bilan bir xil bo’ladi (MHXS 2 ga 
qarang). Shu sababli, bu kabi tannarxlarni aniqlashda xar qanday ichki foyda ayirib 
tashlanadi. Shunga o’xshash, aktivni xo’jalik usulida qurishda me’yoridan ortiq 
sarflangan material, mehnat, yoki boshqa resurslar xarajati aktivning tannarxiga 
kiritilmaydi. BHXS 23 “Qarzlar bo’yicha xarajatlar” foizlarni xo’jalik usulida 
qurilgan asosiy vositalar balans qiymatining bir qismi sifatida tan olish mezonlarini 
belgilab beradi.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin