Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

4- misol. 
Kompaniya uskunani o’zining yuk avtomobiliga ayriboshlamoqda. Kelishuv 
tijorat xarakteriga ega. Uskunaning haqqoniy qiymati 100000 sh.b.(ishonchli 
baholangan). Yuk avtomobilining balans qiymati 60000 sh.b. (dastlabki qiymati 
80000 sh.b.) uning haqoniy qiymati 85000 sh.b. (ishonchli baholangan). Uskuna 
sotuvchisiga kompaniya 10000 sh.b. pul mablag’i to’laydi. 
1-echim. Uskunaning haqqoniy qiymati 100000 sh.b. ishonchliroq deb 
baholasa,
Dt Asosiy vosita (M0130) 100000 
Dt Asosiy vositaning eskirishi (M0260) 20000 
Kt Asosiy vosita (M0160) 80000 
Kt Pul mablag’lari (M5110) 10000 
Kt Asosiy vositaning chiqib ketishi (M9210) 30000 
Dt Asosiy vositaning chiqib ketishi (M9210) 30000 
Kt Asosiy vositaning chiqib ketishidan foyda (M9310) 30000 
2-echim. Uskunaning haqqoniy qiymati 100000 sh.b. ishonchliroq emas deb 
baholasa, kompaniya uskunaning qiymatini ayriboshlanayotgan aktiv haqqoniy 
qiymati va pul to’lovlari yig’indisi sifatida aks ettiradi:
Dt Asosiy vosita (M0130) 95000 (85000+10000) 
Dt Asosiy vositaning eskirishi (M0260) 20000 
Kt Asosiy vosita (M0160) 80000 
Kt Pul mablag’lari (M5110) 10000 
Kt Asosiy vositaning chiqib ketishi (M9210) 25000 
Dt Asosiy vositaning chiqib ketishi (M9210) 25000 
Kt Asosiy vositaning chiqib ketishidan foyda (M9310) 25000 
Tadbirkorlik sub’ekti tannarx bo’yicha hisobga olish modelini yoki qayta 
baholash modelini o’zining hisob siyosati sifatida qabul qilishi kerak va ushbu 
siyosatni asosiy vositalarning alohida butun turkumiga nisbatan qo’llashi kerak.
Aktiv sifatida tan olinganidan so’ng, asosiy vosita ob’ekti uning tannarxidan 
har qanday jamg’arilgan eskirish summasi va har qanday qadrsizlanish bo’yicha 
yig’ilgan zararlar chegirib tashlangan qiymatda hisobga olinishi kerak.
5- misol. 
1 aprel 2011 yilda kompaniya 120000 sh.b. ka uskuna sotib oldi. U to’g’ridan-
to’g’ri foydalanishga topshiriladi. Foydali muddati 8 yil. Qoldiq qiymati yo’q. To’g’ri 
chiziqli usulda amortizatsiya hisoblaydi va haqiqiy xarajat modeli bo’yicha hisobga 


83 
oladi. 31 dekabr 20x1 yilda kompaniya uskunaning qiymati 5000 sh.b.ga 
qadrsizlanganligini aniqladi. Bu qadrsizlanishni zarar sifatida baholadi. 
1.
Amortizatsiya hisoblanishi: 
Dt Umumishlab chiqarish xarajatlari (M2400) 11250 
Kt Jamlangan amortizatsiya uskuna (M0230) 11250 
(120000/8x9/12) 
2.
31 dekabr 2011 yilda aktiv qadrsizlanishi hisobi: 
Dt Nomoliyaviy aktivlar qadrsizlanishidan zarar (M9440) 5000 
Kt Asosiy vositalar qadrsizlanishi bo’yicha jamlangan zarar (M0330) 
5000 
Uskunaning 31 dekabr 2011 yilga balans qiymati (120000-11250-5000)= 
103750 sh.b. 
Aktiv sifatida tan olinganidan so’ng, haqqoniy qiymati ishonchli tarzda 
baholanishi mumkin bo’lgan asosiy vosita ob’ekti qayta baholangan qiymati bo’yicha 
hisobga olinishi kerak. Bunda uning qayta baholangan qiymati bo’lib uni qayta 
baholash sanasiga bo’lgan haqqoniy qiymatidan keyinchalik jamg’arilgan eskirish 
summasi va keyinchalik yig’ilgan qadrsizlanish bo’yicha zararlar chegirilgandagi 
qiymati hisoblanadi. Aktivning balans qiymati hisobot davri oxiridagi haqqoniy 
qiymati asosida aniqlanadigan qiymatidan ahamiyatli darajada farq qilmasligi uchun 
qayta baholashlar yetarlicha muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak. 
Qayta baholashlarning muntazam ravishda takrorlanishi qayta baholanayotgan 
asosiy vosita ob’ektining haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlarga bog’liq bo’ladi. Qayta 
baholanayotgan aktivning haqqoniy qiymati uning balans qiymatidan ahamiyatli 
darajada farq qilmasligi uchun, keyingi qayta baholashlarni o’tkazish talab etiladi. 
Ayrim asosiy vositalarning haqqoniy qiymatida katta darajada va o’zgaruvchan 
tebranishlar kuzatilishi mumkin, buning natijasida qayta baholashlarni yillik asosda 
o’tkazish talab etiladi. Bunday qayta baholashlarni tez-tez o’tkazish haqqoniy qiymati 
faqatgina katta bo’lmagan darajada o’zgarib turadigan asosiy vositalar ob’ektlari 
uchun talab etilmaydi. Aksincha, bunday ob’ektlar faqatgina uch yoki besh yilda bir 
marta qayta baholanishi talab etilishi mumkin. 
Asosiy vosita ob’ekti qayta baholanganida, qayta baholash sanasigacha 
jamg’arilgan har qanday eskirish summasi quyidagi usullarning biri yordamida 
tuzatiladi:
(a) 
aktivning yalpi balans qiymatidagi o’zgarishga proportsional tarzda 
qayta hisoblanadiki, natijada qayta baholashdan so’ng aktivning balans qiymati uning 
qayta baholangan qiymatiga teng bo’ladi. Ushbu usuldan aktivning qayta tiklash 
qiymatini aniqlash uchun indeks qo’llanilganida ko’pincha foydalaniladi (MHXS 13 
ga qarang). 
(b) 
aktivning yalpi balans qiymatidan chegirib tashlanadi va sof balans 
qiymati aktivning qayta baholangan qiymati summasida aks ettiriladi. Ushbu usuldan 
ko’pincha binolar uchun foydalaniladi. 
Jamg’arilgan eskirishni qayta hisoblash yoki chegirib tashlashda yuzaga 
keladigan tuzatish summasi balans qiymatining qo’payishi yoki kamayishining bir 
qismini tashkil etadi. 


84 
Agar asosiy vosita ob’ekti qayta baholansa, ushbu aktiv tegishli bo’lgan asosiy 
vositalarning butun turkumi ham qayta baholanishi kerak. 
Asosiy vositalarning turkumi – bu bir xil xususiyatga va tadbirkorlik 
sub’ektining faoliyatida foydalanish maqsadlariga ega bo’lgan aktivlarning guruhidir. 
Quyidagilar alohida turkumlarga misollardir:
(a) 
er; 
(b) 
er va binolar; 
(v) 
asbob-uskuna; 
(g) 
kemalar; 
(d) 
samolyot; 
(e) 
transport vositalari; 
(yo) mebel va jihozlar; va 
(j) 
ofis asbob-uskunasi. 
Asosiy vositalarning turkumidagi ob’ektlar aktivlarning ixtiyoriy ravishda 
turlicha qayta baholanishiga hamda moliyaviy hisobotlarda har xil sanalarga bo’lgan 
tannarx va qiymatlarning aralashmasi aks ettirilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida bir 
paytda qayta baholanadi. Biroq, aktivlarning turkumi o’zgaruvchi grafik asosida 
aktivlar turkumining qayta baholanishi qisqa davr ichida tugallanishi va qayta 
baholashlar yangilanishi sharti bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Agar qayta baholash natijasida aktivning balans qiymati oshsa, oshgan qism 
boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi va kapital tarkibidagi boshlang’ich 
qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi hisobga olinadigan 
schyotda yig’ilishi lozim. Biroq, oshgan qism foyda yoki zararlarda shu darajada tan 
olinishi lozimki, bunda oldin aynan shu aktivni qayta baholash natijasida foyda yoki 
zararlarda tan olingan uning kamayishi summasi oldin qoplanishi lozim. 
Agarda aktivning balans qiymati qayta baholash natijasida kamaysa, kamaygan 
qism foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi lozim. Biroq, kamaygan qism boshqa 
umumlashgan daromadda ushbu aktiv bo’yicha boshlang’ich qiymatiga nisbatan 
qayta baholash qiymatining oshgan summasi hisobga olinadigan schyotining har 
qanday kredit saldosiga teng miqdorda tan olinishi lozim. Boshqa umumlashgan 
daromadda tan olingan kamaygan qism kapital tarkibidagi boshlang’ich qiymatiga 
nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi hisobga olinadigan schyotda 
yig’ilgan summani kamaytiradi. 
Kapitalda boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan 
summasi hisobga olinadigan schyotda asosiy vosita ob’ekti bo’yicha jamlangan 
summa to’g’ridan-to’g’ri taqsimlanmagan foydaga o’tkazilishi mumkin, qachonki bu 
aktiv hisobdan chiqarilganida. Jami bunday summa aktivning foydali xizmat muddati 
tugaganida yoki u balansdan chiqarilganida o’tkazilishi mumkin. Biroq, bu 
schyotdagi summaning ma’lum qismi aktiv tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 
foydalanilayotganida o’tkazilishi mumkin. Bunda o’tkaziladigan summa – aktivning 
qayta baholangan balans qiymati asosida hisoblangan eskirish summasi bilan 
aktivning boshlang’ich tannarxi asosida hisoblangan eskirish summasi o’rtasidagi 
farqqa teng bo’ladi. Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining 
oshgan summasi taqsimlanmagan foydaga o’tkazilganda foyda yoki zararlarda aks 


85 
ettirilmaydi. 
 
Asosiy vositalarning qayta baholanishi natijasida yuzaga keladigan foyda 
soliqlariga bo’lgan ta’sir BHXS 12 “Foyda solig’i” ga muvofiq tan olinadi va u 
bo’yicha ma’lumotlar ochib beriladi.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin