Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

7- misol. 
2011 yil 1 yanvarda kompaniya asosiy vositani 260000 sh.b.ga sotib oldi. 
Foydali muddati dastlab 8 yil va qoldiq qiymati 10000sh.b. belgilangan edi. 2011, 
2012 yillarda bu baholash asosida hisob yuritildi. To’g’ri chiziqli usulda 
amortizatsiya hisoblaydi va haqiqiy xarajat modeli bo’yicha hisobga oladi. 2013 yil 
boshida kompaniya asosiy vosita foydali muddatini 5 yilga va qoldiq qiymatini 7000 
sh.b. ga baholadi. 
Echim. 
MHXS (IAS) 8 “Hisob siyosatlari, buxgalteriya hisobi maqsadida 
baholashlardagi o’zgarishlar va xatolar”ga ko’ra avvalgi yillar amortizatsiyasi 
tuzatilmaydi yani perespektiv hisobga olinadi. 
2011 yilga eskirish (260000-10000)/8 yil = 31250 sh.b. 
2012 yilga eskirish (260000-10000)/8 yil = 31250 sh.b. 
Yil oxiriga balans qiymati 260000-31250-31250 = 197500 sh.b. 
2013 yilga eskirish (197500-7000)/5 yil = 38100 sh.b. 
Asosiy vosita ob’ekti qadrsizlanganligini aniqlash uchun tadbirkorlik sub’ekti 
MHXS 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” ni qo’llashi kerak. Ushbu standartda 
tadbirkorlik sub’ekti aktivlarning balans qiymatini qanday qilib qayta ko’rib chiqishi, 
aktivning qoplanadigan qiymatini qanday qilib aniqlashi va qadrsizlanish bo’yicha 
zararlar qachon tan olinishi va tiklanishi kerakligi tushuntirilgan.
Qadrsizlangan, yo’qolgan yoki arzonroq berib yuborilgan asosiy vositalar 
uchun uchinchi tomonlardan olinadigan qoplash summasi u olinishi lozim bo’lganida 
foyda yoki zarar tarkibida aks ettirilishi kerak. 
Asosiy vositalarning qadrsizlanishi yoki yo’qolishi, qoplab berish bo’yicha 
tegishli da’volar yoki uchinchi tomonlar tarafidan to’lanadigan qoplash summalari, 
bunday aktivlarning o’rniga keyinchalik yangi aktivlar sotib olinishi yoki qurilishi 
alohida iqtisodiy hodisalar bo’lib, ular quyidagicha alohida hisobga olinadi:
(a) 
asosiy vositalarning qadrsizlanishi MHXS 36 ga muvofiq tan olinadi; 
(b) 
to’liq eskirgan yoki chiqib ketgan asosiy vositalarning hisobdan 
chiqarilishi ushbu standartga muvofiq aniqlanadi; 
(v) 
qadrsizlangan, yo’qolgan yoki arzonroq berib yuborilgan asosiy vositalar 
uchun uchinchi tomonlardan olinadigan qoplash summasi u olinishi lozim bo’lganida 
foyda yoki zararda aks ettiriladi; va 
(g) 
oldingi aktivlar o’rniga qayta tiklangan, sotib olingan yoki qurilgan 
asosiy vositalarning tannarxi ushbu standartga muvofiq aniqlanadi. 
Asosiy vosita ob’ektining balans qiymati quyidagi holatlarda hisobdan 
chiqarilishi kerak:
(a) 
u chiqib ketganida; yoki 


90 
(b) 
undan foydalanishdan yoki uning chiqib ketishidan hech qanday kelgusi 
iqtisodiy naf kutilmaganida 
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan yuzaga kelgan foyda yoki zarar 
asosiy vosita ob’ekti hisobdan chiqarilganida foyda yoki zarar tarkibida aks ettirilishi 
kerak (bunda MHXS 17 da sotish va qayta ijaraga olish bo’yicha boshqa talablar 
belgilanmagan bo’lsa). Foyda asosiy faoliyatdan daromad sifatida tasniflanmasligi 
kerak. 
Biroq, o’zining oddiy faoliyati doirasida boshqa tomonlarga operativ ijaraga 
berish maqsadida saqlab turgan asosiy vositalarini muntazam ravishda sotadigan 
tadbirkorlik sub’ekti bunday aktivlarni, ular ijaraga berilishi to’xtatilib sotish uchun 
mo’ljallangan bo’lganida, tovar-moddiy zaxiralarga ularning balans qiymati bo’yicha 
o’tkazishi kerak. Bunday aktivlarni sotishdan olingan tushumlar daromad sifatida 
BHXS 18 “Daromad” ga muvofiq tan olinishi kerak. Oddiy faoliyat doirasida sotish 
uchun mo’ljallangan aktivlar tovar-moddiy zaxiralarga o’tkazilganida MHXS 5
qo’llanilmaydi. 
Asosiy vositalar bir necha yo’llar bilan chiqib ketishi mumkin (masalan, sotish 
orqali, moliyaviy ijara kelishuvini tuzish orqali yoki hadya etish orqali). Bunday 
aktivning chiqib ketishi sanasini aniqlashda, tadbirkorlik sub’ekti tovarlarni sotishdan 
tushgan daromadlarni tan olish bo’yicha BHXS 18 “Daromad” dagi mezonlarni 
qo’llaydi. Sotish va qayta ijaraga olish orqali aktivlarning chiqib ketishiga nisbatan 
BHXS 17 qo’llaniladi.
Agarda tadbirkorlik sub’ekti asosiy vositaning balans qiymatida ushbu 
aktivning qismini almashtirish tannarxini tan olsa, u eski almashtirilgan qismning 
balans qiymatini, ushbu qism bo’yicha eskirish alohida hisoblangan yoki 
hisoblanmaganligidan qat’inazar, hisobdan chiqaradi. Agarda tadbirkorlik sub’ekti 
uchun almashtirilgan qismning balans qiymatini aniqlashning amaliy imkoni 
bo’lmasa, u almashtirish tannarxidan almashtirilgan qismning qiymati u sotib 
olinganida yoki qurilganida qancha bo’lganligini ko’rsatadigan ko’rsatkich sifatida 
foydalanishi mumkin.
Asosiy vosita ob’ektining hisobdan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan 
foyda yoki zarar aktivning chiqib ketishidan olinadigan sof tushumlar, agarda bo’lsa, 
bilan aktivning balans qiymati o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi lozim. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin