Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

8- misol. 
Kompaniya balans qiymati 30000 sh.b., yig’ilgan amortizatsiya 80000 sh.b., 
qayta baholash zaxirasi 15000 sh.b. bo’lgan eski uskunani 40000 sh.b. ga sotmoqda.
Sotish provodkalari: 
Dt Jamg’arilgan amortizatsiya uskuna 80000 
Dt Pul mablag’lari 40000 
Kt Asosiy vosita 110000 
Kt Asosiy vositalarning chiqib ketishi 10000 
Dt Asosiy vositalarning chiqib ketishi 10000 
Kt Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda 10000 
Dt Asosiy vositani qayta baholash bo’yicha zaxira 15000 
Kt Taqsimlanmagan foyda 15000 


91 
Asosiy vositaning chiqib ketishida uning o’rniga olinadigan tovon dastlab 
uning haqqoniy qiymatida tan olinadi. Agarda asosiy vosita uchun to’lov 
kechiktirilsa, olingan tovon dastlab pul mablag’idagi narx ekvivalentida tan olinadi. 
Tovonning nominal qiymati bilan pul mablag’idagi narx ekvivalenti o’rtasidagi farq 
MHXS 18 ga muvofiq foizli daromad sifatida tan olinadi va bu esa debitorlik qarz 
bo’yicha effektiv daromadlilikni aks ettiradi.
Moliyaviy hisobotlarda asosiy vositalarning har bir turkumi bo’yicha quyidagi 
ma’lumotlar ochib berilishi kerak:
(a) yalpi balans qiymatiani aniqlash uchun qo’llanilgan baholash asoslari; 
(b) eskirishni hisoblash uchun foydalanilgan usullar; 
(v) foydali xizmat muddatlari va eskirishni hisoblashning foydalanilgan 
me’yorlari; 
(g) davr boshiga va oxiriga bo’lgan yalpi balans qiymati va jamg’arilgan 
eskirish summasi (qadrsizlanish bo’yicha yig’ilgan zararlar bilan umumlashtirilgan); 
va 
(d) davr boshiga va oxiriga bo’lgan balans qiymatining quyidagilarni 
ko’rsatadigan solishtirmasi: 

asosiy vositalarning kirimi; 

MHXS 5ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan yoki 
sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhiga kiritilgan 
aktivlar va boshqa hisobdan chiqarishlar; 

biznes birlashuvi orqali sotib olingan asosiy vositalar; 

BHXS 36 ga muvofiq boshqa umumlashgan daromadda tan olingan yoki 
tiklangan qadrsizlanish bo’yicha zararlar natijasida yuzaga kelgan ko’payishlar yoki 
kamayishlar; 
- BHXS 36 ga muvofiq foyda yoki zararlarda tan olingan qadrsizlanish 
bo’yicha zararlar; 
- BHXS 36 ga muvofiq foyda yoki zararlarda tiklangan qadrsizlanish 
zararlari; 
- eskirish
- tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotlarini funktsional valyutadan 
undan farq qiladigan taqdimot valyutasiga o’tkazish va xorijiy bo’linmani taqdimot 
valyutasiga o’tkazish natijasida yuzaga kelgan sof kurs farqlari; va 

boshqa o’zgarishlar. 
Moliyaviy hisobotlarda quyidagi ma’lumotlar ham ochib berilishi kerak:
(a) asosiy vositalarga egalik huquqining cheklovlari mavjudligi va summalari
va majburiyatlar bo’yicha garovga berilgan asosiy vositalar; 
(b) asosiy vosita ob’ekti qurilishi davomida uning balans qiymatida tan olingan 
xarajatlar summasi; 
(v) asosiy vositalarni sotib olish bo’yicha kelishilgan majburit summasi; va 
(g) umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotda alohida ochib berilmasa, 
qadrsizlangan, yo’qolgan yoki arzonroq berib yuborilgan asosiy vositalar uchun 
uchinchi tomonlardan olingan va foyda yoki zarar tarkibida aks ettirilgan qoplash 
summasi.


92 
Agar asosiy vositalar ob’ekti qayta baholangan qiymati bo’yicha aks ettirilsa, 
MHXS 13ga muvofiq ochib berilishi talab etilgan ma’lumotlarga qo’shimcha 
ravishda quyidagilar ochib berilishi kerak:
(a) qayta baholash o’tkazilgan sana; 
(b) mustaqil baholovchi ishtirok etgani; 
(v) qayta baholangan asosiy vositalarning har bir turkumi bo’yicha uning 
tarkibidagi aktivlar tannarx bo’yicha hisobga olish modeli bo’yicha hisobga 
olinganida ularning tan olingan bo’lgan balans qiymatlari; va 
(g) boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan 
summasi, bu summani aks ettiradigan schyotda davr mobaynidagi o’zgarishlarni 
ko’rsatgan holda hamda qoldiqni aktsiyadorlarga taqsimlashdagi har qanday 
cheklovlarni aks ettirgan holda. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin