Standartlari


 BHXS №1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standartining



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
2.1. BHXS №1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standartining 
mazmuni va qo’llanilishi 
BHXS (IAS) 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standarti umumiy 
foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosini xo’jalik 


29 
sub’ektining oldingi davrlardagi moliyaviy hisobotlari hamda boshqa xo’jalik 
sub’ektlarining moliyaviy hisobotlari bilan qiyosiyligini ta’minlash maqsadida 
belgilaydi. U moliyaviy hisobotlarni taqdim etishga nisbatan umumiy talablarni, 
ularning tuzilishiga oid ko’rsatmalarni hamda ularning mazmuniga doir minimal 
talablarni o’rnatadi. 
Xo’jalik sub’ekti mazkur standartni umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan 
moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXSlari) 
muvofiq tayyorlashda va taqdim etishda qo’llashi lozim. Boshqa MHXSlar muayyan 
operatsiyalar va boshqa hodisalarni tan olish, baholash va oshkor etish bo’yicha 
talablarini belgilaydi. 
Moliyaviy hisobotlar - xo’jalik sub’ektining moliyaviy holati va moliyaviy 
natijalarining tartibga solingan holda ifodalanishidir. Moliyaviy hisobotlarning 
maqsadi keng ko’lamdagi foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda 
foydali bo’lgan xo’jalik sub’ektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul 
oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ta’minlashdan iboratdir. Moliyaviy hisobotlar 
rahbariyat tomonidan unga ishonib topshirilgan resurslar boshqarilishining 
natijalarini ham aks ettiradi. Ushbu maqsadga erishish uchun, moliyaviy hisobotlar 
xo’jalik sub’ektiga tegishli bo’lgan quyidagi jihatlar to’g’risida ma’lumotlarni 
ta’minlaydi:
(a) aktivlar; 
(b) majburiyatlar; 
(v) kapital; 
(g) daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar; 
(d) mulk egalari tomonidan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi 
qilingan qo’yilmalar va ularga taqsimlanadigan summala; va 
(e) pul oqimlari
5

Ushbu ma’lumotlar, izohlardagi boshqa ma’lumotlar bilan birga, moliyaviy 
hisobotlardan foydalanuvchilarga xo’jalik sub’ektining kelgusi pul oqimlarini va
xususan, ularning muddatini va aniqliligini oldindan taxminan bilishda yordam 
beradi. 
Moliyaviy hisobotlarning to’liq to’plami quyidagilarni qamrab oladi: 
(a) davr oxiridagi moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot; 
(b) davr uchun foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad 
to’g’risidagi hisobot; 
(v) davr uchun kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobot; 
(g) davr uchun pul oqimlari to’g’risidagi hisobot; 
(d) izohlar, ya’ni muhim hisob siyosatlarining va boshqa tushuntirish 
ma’lumotlarining qisqa bayonini qamrab olgan izohlar; 
 (e) oldingi davr boshiga moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot, qachonki 
xo’jalik sub’ekti hisob siyosatini retrospektiv tarzda qo’llasa, yoki o’zining moliyaviy 
hisobotlaridagi moddalarni retrospektiv tarzda qayta hisoblashni amalga oshirsa, 
5
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. 
p.162.


30 
o’zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni qayta tasniflasa
6
.
Xo’jalik sub’ekti mazkur Standartda foydalanilgan hisobot nomlaridan tashqari 
nomlardan foydalanishi mumkin. Masalan, xo’jalik sub’ekti “foyda yoki zarar va 
boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot” o’rniga “umumlashgan 
daromad to’g’risidagi hisobot” nomidan foydalanishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar xo’jalik sub’ektining moliyaviy holatini, moliyaviy 
natijalarini va pul oqimlarini haqqoniy tarzda taqdim etishi lozim. Haqqoniy taqdim 
etish operatsiyalarning, boshqa hodisalarning va sharoitlarning oqibatlarini

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin