Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Minimum darajada, moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot quyidagi miqdorlarni 
aks ettiradigan satrlarda ko’rsatiladigan moddalarini o’z ichiga olishi lozim: 
(a) asosiy vositalar
(b) investitsion mulk; 
(v) nomoddiy aktivlar; 
(g) moliyaviy aktivlar ((d), (z) va (b) larda keltirilgan miqdorlardan 
tashqari); 
(d) ulushbay ishtirok etish usulidan foydalangan holda hisobga olingan 
investitsiyalar; 
(e) biologik aktivlar
(j) tovar-moddiy zaxiralar; 
(z) savdo bo’yicha va boshqa debitorlik qarzlari; 
(i) naqd pullar va naqd pul ekvivalentlari; 
(y) MHXS 5 Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan 
faoliyatlar ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan aktivlar va 
sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning 
guruhlariga kiritilgan aktivlar jami;
(k) savdo bo’yicha va boshqa kreditorlik qarzlari; 
(l) zaxiralar; 
(m) moliyaviy majburiyatlar ((k) va (l) larda keltirilgan miqdorlardan 
tashqari); 
(n) BHXS 12 «Daromad solig’i» da ta’riflanganidek, joriy soliq bo’yicha 
majburiyatlar va aktivlar; 
(o) BHXS 12da ta’riflanganidek, muddati kechiktirilgan soliq majburiyatlari 
va muddati kechiktirilgan soliq aktivlari; 
(p) MHXS 5 ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan 
chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan majburiyatlar; 
(r) kapital tarkibida aks ettirilgan nazorat kuchiga ega bo’lmagan hissalar; va 
(s) bosh xo’jalik sub’ektining mulk egalariga tegishli chiqarilgan kapital va 
zahiralar.
7
 
Xo’jalik sub’ekti moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot satrlarida 
7
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. 
p.175.


33 
ko’rsatiladigan qo’shimcha moddalarini, sarlavhalarni va jamilarni taqdim etishi 
lozim, qachonki bunday taqdim etish xo’jalik sub’ektining moliyaviy holatini 
tushunishda o’rinli bo’lsa. 
Agar xo’jalik sub’ekti o’zining moliyaviy holati to’g’risidagi hisobotida joriy 
va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni alohida 
turkumlar sifatida aks ettirsa, u muddati kechiktirilgan soliq aktivlarini 
(majburiyatlarini) joriy aktivlar (majburiyatlar) sifatida tasniflamasligi lozim. 
Xo’jalik sub’ekti joriy va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq 
muddatli majburiyatlarni o’zining moliyaviy holati to’g’risidagi hisobotida alohida 
guruhlar sifatida taqdim etishi lozim, likvidlilik asosida taqdim etish ishonchli va 
o’rinliroq bo’lgan ma’lumotlarni ta’minlaydigan holat bundan mustasno. Agar bu 
istisno qo’llanilsa, xo’jalik sub’ekti barcha aktivlarni va majburiyatlarni ularning 
likvidliligi bo’yicha taqdim etishi lozim.
Taqdim etishning qaysi usuli qabul qilinishidan qat’iy nazar, xo’jalik sub’ekti: 
(a) 
hisobot davridan so’ng o’n ikki oydan ortiq bo’lmagan va 
(b) 
hisobot davridan so’ng o’n ikki oydan ortiq bo’lgan davr mobaynida 
qoplanadigan yoki hisob-kitob qilinadigan miqdorlarni qamrab oladigan har bir aktiv 
va majburiyatning satrlarda ko’rsatiladigan moddasiga nisbatan o’n ikki oydan ortiq 
davrdan so’ng qoplanadigan yoki hisob-kitob qilinadigan summani oshkor etishi 
lozim. 
Xo’jalik sub’ekti aktivni joriy sifatida tasniflashi lozim, qachonki: 
(a) u o’zining odatiy operatsion tsikli davomida aktivni pulga aylantirishni 
mo’ljallagan bo’lsa, yoki uni sotishni yoki iste’mol qilishni rejalashtirsa; 
(b) u asosan savdo uchun aktivni o’zida saqlasa; 
(v) u aktivni hisobot davridan so’ng o’n ikki oy ichida pulga aylantirishni 
mo’ljallagan bo’lsa; yoki 
(g) aktiv (BHXS 7 da ta’riflanganidek) pul mablag’lari yoki ularning 
ekvivalenti bo’lsa, bunda hisobot davridan so’ng kamida o’n ikki oy mobaynida aktiv 
almashtirilishi yoki majburiyatni so’ndirish uchun foydalanilishi taqiqlanmagan 
bo’lsa. 
Xo’jalik sub’ekti boshqa barcha aktivlarni uzoq muddatli sifatida tasniflashi 
lozim. 
Xo’jalik sub’ekti majburiyatni joriy sifatida tasniflashi lozim, qachonki: 
(a) u o’zining odatiy operatsion tsikli davomida majburiyatni so’ndirishni 
mo’ljallagan bo’lsa; 
(b) u asosan savdo uchun majburiyatni o’zida saqlasa; 
(v) majburiyat hisobot davridan so’ng o’n ikki oy ichida so’ndirilishi lozim 
bo’lsa; yoki 
(g) u majburiyatning so’ndirilishini hisobot davridan so’ng kamida o’n ikki 
oy muddatga uzaytirish bo’yicha shartsiz huquqqa ega bo’lmasa. Majburiyatning, 
kontragentning hohishi bo’yicha, uni ulushli instrumentlar chiqarish orqali 
so’ndirilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan shartlari, uning tasniflanishiga ta’sir 
etmaydi. 
Xo’jalik sub’ekti boshqa barcha majburiyatlarni uzoq muddatli sifatida 


34 
tasniflashi lozim. 
Xo’jalik sub’ekti, yoki moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda yoki izohlarda, 
uning faoliyatiga to’g’ri keladigan ravishda tasniflangan va aks ettirilgan, satrlarda 
ko’rsatiladigan moddalarining ikkilamchi batafsilroq qilib tasniflangan moddalarini 
oshkor etishi lozim. 
Ikkilamchi tasniflashda taqdim etiladigan tafsilot darajasi MHXSlarning 
talablariga va qamrab olingan moddalarning kattaligi, xususiyati va vazifasiga 
bog’liq bo’ladi. Oshkor qilinadigan ma’lumotlar har bir modda uchun farqlanadi, 
masalan: 
(a) 
Asosiy vositalar BHXS 16 ga muvofiq turkumlarga ajratiladi
(b) 
Debitorlik qarzlari xaridorlardan (savdo bo’yicha) olinadigan schyotlar, 
o’zaro aloqador tomonlardan olinadigan schyotlar, bo’naklarga va boshqa to’lov 
summalariga ajratiladi; 
(v) 
Tovar-moddiy zaxiralar, BHXS 2 “

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin