31
Moliyaviy hisobotlar o’z xususiyatiga yoki funktsiyasiga ko’ra turkumlarga
birlashtiriladigan katta hajmdagi operatsiyalar yoki boshqa hodisalarni qayta ishlash
natijasida yuzaga keladi. Birlashtirish va tasniflash jarayonining
oxirgi bosqichi
yig’ilgan va tasniflangan ma’lumotlarni taqdim etish hisoblanib, u moliyaviy
hisobotlarning satrlarida aks ettiriladigan moddalarini shakllantiradi. Agar satrdagi
modda alohida olinganda ahamiyatli bo’lmasa, u ushbu hisobotlarda yoki izohlarda
boshqa moddalar bilan birlashtiriladi. Ushbu hisobotlarda alohida satrda aks ettirish
uchun yetarli darajada ahamiyatli bo’lmagan modda, izohlarda
alohida aks ettirilishi
muhim bo’lishi mumkin.
MHXS da talab etilmaguncha yoki ruxsat etilmaguncha, xo’jalik sub’ekti
aktivlar bilan majburiyatlarni yoki daromadlar bilan xarajatlarni o’zaro hisob-kitob
qilmasligi lozim.
Xo’jalik sub’ekti aktivlar bilan majburiyatlarni ham daromadlar bilan
xarajatlarni ham alohida aks ettiradi. O’zaro hisob-kitob qilish operatsiyaning yoki
boshqa hodisaning mohiyatini aks ettiradigan holatdan tashqari,
foyda yoki zarar va
boshqa
umumlashtirilgan
daromadlar
yoki
moliyaviy
holat
to’g’risidagi
hisobot(lar)da o’zaro hisob-kitob qilish foydalanuvchilarning sodir bo’lgan
operatsiyalar, boshqa hodisalar va sharoitlarni tushunish hamda xo’jalik sub’ektining
kelgusi pul oqimlarini baholash qobiliyatini susaytiradi.
Xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarning (jumladan qiyosiy ma’lumotni)
to’liq to’plamini kamida yillik asosda taqdim etishi lozim.
Odatda, xo’jalik sub’ekti bir me’yorda bir yillik davr uchun moliyaviy
hisobotlarni tayyorlaydi. Biroq, amaliy sabablar tufayli, ayrim xo’jalik sub’ektlari,
masalan, 52-haftalik davr uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etishni afzal
ko’radilar. Mazkur Standart ushbu amaliyotni taqiqlamaydi.
Xo’jalik sub’ekti bir davrdan keyingi davrga moliyaviy hisobotlardagi
moddalarni aks ettirishni yoki tasniflashni o’zgartirmasdan qoldirishi lozim, bunda:
(a)
xo’jalik sub’ekti faoliyati xususiyatining ahamiyatli o’zgarishi yoki
uning moliyaviy hisobotlarini qayta ko’rib chiqish natijasida, MHXS 8
dagi hisob
siyosatlarini tanlash va qo’llash uchun mezonlarni inobatga olgan holda boshqa
taqdimot yoki tasniflash o’rinliroq bo’lishi mumkinligi ochiq namoyon
bo’lmaguncha; yoki
(b)
MHXS taqdimotda o’zgarishni talab etmaguncha.
Xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni aniq belgilashi va aynan bir xil chop
etilgan hujjatdagi boshqa ma’lumotlardan farqlashi lozim.
MHXSlar faqatgina moliyaviy hisobotlarga nisbatan qo’llanilib, yillik
hisobotda taqdim etilgan boshqa ma’lumotlarga, me’yoriy ma’lumotlarga, yoki
boshqa hujjatga nisbatan zaruriy tarzda qo’llanilmaydi. Shu tufayli, foydalanuvchilar
MHXSlarga asosan tayyorlanadigan ma’lumotlarni foydalanuvchilar uchun foydali
bo’lishi mumkin bo’lgan ammo ushbu talablar ostida bo’lmagan boshqa
ma’lumotlardan farqlay olishi muhimdir.
Xo’jalik sub’ekti har bir moliyaviy hisobotni va izohlarni aniq belgilashi lozim.
Shu bilan birga, xo’jalik sub’ekti quyidagi ma’lumotlarni aniq ajratib ko’rsatishi va
ularni taqdim etilgan ma’lumotlar tushunarli bo’lishi uchun zarur bo’lganda
32
takrorlashi lozim:
(a) Hisobot beradigan xo’jalik sub’ektining nomi yoki aniqlashning boshqa
usullari va oldin keladigan hisobot davri oxiridan boshlab ushbu ma’lumotdagi har
qanday o’zgarish;
(b) moliyaviy hisobotlar alohida xo’jalik sub’ektiga yoki xo’jalik sub’ektlari
guruhiga tegishliligi;
(v) hisobot davri oxirining sanasi yoki moliyaviy hisobotlar to’plami yoki
izohlar qamrab olgan davr;
(g) MHXS 21 da ta’riflanganidek taqdimot valyutasi;
(d) moliyaviy hisobotlarda miqdorlarni taqdim etishda foydalanilgan
yaxlitlash darajasi.
Dostları ilə paylaş: