Standartlari


BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar”. BHXS (IAS)



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

2.4. BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar”. BHXS (IAS) 
21 “Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning ta’sirlari” 
BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar” standartining maqsadi 
quyidagilarni belgilashdan iboratdir:
(a) xo’jalik sub’ekti o’z hisobotlariga hisobot davridan keyingi hodisalar uchun 
tuzatishlar kiritishi kerak bo’lgan paytni; va
(b) xo’jalik sub’ekti tomonidan uning moliyaviy hisobotlarini e’lon qilish 
uchun tasdiqlash sanasi hamda hisobot davridan keyingi hodisalar haqida oshkor 


49 
etilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar.
Ushbu Standart, agar hisobot davridan keyingi hodisalar faoliyat uzluksizligi 
to’g’risidagi farazning xo’jalik sub’ekti uchun o’rinli emasligini ko’rsatsa, bunday 
xo’jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlari faoliyat uzluksizligi asosida 
tayyorlanmasligini ham talab etadi. 
BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar” nomli standart hisobot 
davridan keyingi hodisalarni hisobga olishda va ularni oshkor etishda qo’llaniladi. 
Ba’zi hollarda, xo’jalik sub’ekti o’z moliyaviy hisobotlarini moliyaviy 
hisobotlar e’lon qilinganidan so’ng aktsiyadorlarning tasdig’iga havola etishi talab 
qilinadi. Bunday hollarda, aktsiyadorlar moliyaviy hisobotlarni tasdiqlagan sanasida 
emas, balki moliyaviy hisobotlar e’lon qilingan sanasida ular e’lon qilish uchun 
tasdiqlangan bo’lib hisoblanadi. 
Misol. Xo’jalik sub’ektining rahbariyati 20X1 yilning 31 Dekabr holatiga 
bo’lgan moliyaviy hisobotlarning dastlabki to’plamini 20X2 yilning 28 Fevralida 
yakunladi. 20X2 yilning 18 Martida Boshqaruv a’zolari moliyaviy hisobotlarni ko’rib 
chiqdi va ularning e’lon qilinishini tasdiqladi. Xo’jalik sub’ekti o’z foydasini va 
boshqa tanlangan moliyaviy ma’lumotlarni 20X2 yilning 19 Martida e’lon qildi.
Moliyaviy hisobotlar aktsiyadorlar va boshqalar e’tiboriga 20X2 yilning 1 Aprelida 
taqdim etildi. Aktsiyadorlar moliyaviy hisobotlarni 20X2 yilning 15 Mayida 
o’tkazilgan aktsiyadorlarning yillik yig’ilishida tasdiqladi va tasdiqlangan moliyaviy 
hisobotlar tartibga soluvchi davlat idorasiga 20X2 yilning 17 Mayida topshirildi.
20X2 yilning 18 Martida moliyaviy hisobotlarning e’lon qilinishi tasdiqlandi 
(Boshqaruv a’zolari moliyaviy hisobotlarning e’lon qilinishini tasdiqlagan sana).
 
Ba’zi hollarda, xo’jalik sub’ektining rahbariyati moliyaviy hisobotlarni 
(ijrochi bo’lmagan shaxslardangina tashkil topgan) kuzatuv kengashiga, moliyaviy 
hisobotlar ular tomonidan tasdiqlanishi uchun, taqdim etishi talab qilinadi. Bunday 
hollarda, rahbariyat moliyaviy hisobotlarni kuzatuv kengashiga taqdim etilishini 
tasdiqlagan sana moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasi bo’lib 
hisoblanadi.
Xo’jalik sub’ekti tuzatishlar kiritilishini talab etadigan hisobot davridan 
keyingi hodisalarni aks ettirish maqsadida o’z moliyaviy hisobotlarida tan olingan 
summalarga tuzatishlarni kiritishi shart.
Quyida xo’jalik sub’ektidan o’z moliyaviy hisobotlarida tan olingan 
summalarga tuzatishlar kiritishni, yoki oldin tan olinmagan moddalarni tan olishni
talab qiladigan hisobot davridan keyingi hodisalarga misollar keltirilgan:
(a) Xo’jalik sub’ektining hisobot davrining yakunida joriy majburiyati bor 
bo’lganligini tasdiqlagan, sud ishining hisobot davridan keyin hal bo’lishi. Xo’jalik 
sub’ekti ushbu sud ishi yuzasidan oldin tan olingan har qanday zaxiralarga MHXS 37 

Zaxiralar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” 
ga muvofiq tuzatish kiritadi 
yoki yangi zaxirani tan oladi. Xo’jalik sub’ekti faqat shartli majburiyatni oshkor 
etish bilan chegaralanmaydi, chunki sud ishining hal bo’lishi natijasida MHXS 37ga 
muvofiq e’tiborga olinishi kerak bo’lgan qo’shimcha dalillar ta’minlanadi. 
Misol. 20X5 yilning 18 Martida xo’jalik sub’ektining rahbariyati moliyaviy 
hisobotlarni kuzatuv kengashiga taqdim etilishi uchun tasdiqlaydi. Kuzatuv kengashi 


50 
ijrochi bo’lmagan shaxslardangina tashkil topgan bo’lib, o’z ichiga xodimlar va 
boshqa tashqi manfaatdor tomonlarning vakillarini olgan bo’lishi mumkin. Kuzatuv 
kengashi 20X5yilning 26 martida moliyaviy hisobotlarni tasdiqladi. Moliyaviy 
hisobotlar aktsiyadorlar va boshqalar e’tiboriga 20X5 yilning 1 aprelida taqdim etildi. 
Aktsiyadorlar moliyaviy hisobotlarni 20X5 yilning 15 mayida o’tkazilgan 
aktsiyadorlarning yillik yig’ilishida tasdiqladi va tasdiqlangan moliyaviy hisobotlar 
tartibga soluvchi davlat idorasiga 20X5 yilning 17 mayida topshirildi.
Moliyaviy hisobotlar 20X5 yilning 18 martida e’lon etish uchun tasdiqlandi 
(rahbariyat moliyaviy hisobotlarni kuzatuv kengashiga taqdim etish uchun 
tasdiqlagan sana). 
(b) 
hisobot davri oxirida aktiv qadrsizlanganligi yoki bu aktiv bo’icha oldin 
tan olingan zarar summasiga tuzatish kiritilishi kerakligidan dalolat beradigan 
ma’lumot hisobot davri tugaganidan keyin olinishi. Masalan: 

hisobot davri tugaganidan so’ng mijozlardan biri bankrotlikka uchrashi 
hisobot davri oxirida savdoga oid debitorlik qarzdorligi bo’yicha zarar mavjud 
bo’lganligini va xo’jalik sub’ekti debitorlik qarzdorlikning balans qiymatiga tuzatish 
kiritishi kerakligini tasdiqlaydi; va

tovar-moddiy zaxiralarning hisobot davri tugaganidan so’ng sotilishi 
ularning hisobot davrining oxiridagi sof sotish qiymati to’g’risida dalil berishi 
mumkin.
(v) hisobot davri tugallanishidan oldin sotib olingan aktivlarning tannarxi 
yoki sotilgan aktivlardan tushgan tushumning hisobot davri tugaganidan so’ng 
aniqlanishi. 
(g) 
hisobot davri tugaganidan so’ng foydadan taqsimlanadigan to’lovlar yoki 
mukofotlar summasining aniqlanishi, agar xo’jalik sub’ektining hisobot davri oxirida 
bu sanadan oldin yuz bergan hodisalarning natijasida bunday to’lovlarni amalga 
oshirish bo’yicha joriy yuridik yoki konstruktiv majburiyati mavjud bo’lgan bo’lsa 
(BHXS 19 “

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin