96
hisobdan chiqariladi. Muayyan holatlarda, qisman yoki to’liq
hisobdan chiqarilgan
qiymat boshqa Standartlarga muvofiq qayta tiklanadi.
Tashkilot qarzlar bo’yicha xarajatlarni ma’lum talablarga javob beradigan
aktiv tannarxining qismi sifati kapitalizatsiyani boshlanish sanasidan boshlashi lozim.
Kapitalizatsiya uchun boshlanish sanasi tashkilot quyidagi
barcha shartlarni dastlab
qanoatlantiradigan sanadir:
(a)
u aktiv bo’yicha sarflarni amalga oshirsa;
(b)
u qarzlar bo’yicha xarajatlar ni amalga oshirsa; va
(c)
u aktiv bo’yicha ko’zlangan foydalanish va sotish uchun uni
tayyorlashda zarur bo’lgan choralarni amalga oshirsa.
Ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha
sarflar faqatgina shunday
sarflarni o’z ichiga oladiki, ular pul mablag’larining to’lanishiga, boshqa aktivlarning
o’tkazilishiga yoki foizli majburiyatlarning qabul qilinishiga olib keladi. Sarflar aktiv
bilan bog’liq tarzda olingan har qanday oraliq to’lovlarga va olingan grantlarga
(MHXS 20 «Davlat grantlarini hisobga olish va davlat yordamini ochib berish» ga
qarang) kamaytiriladi. Davr mobaynidagi aktivning o’rtacha balans qiymati, shu bilan
birga oldin kapitalizatsiya qilingan qarzlar bo’yicha
xarajatlar , odatda ushbu davrda
kapitalizatsiya stavkasi qo’llaniladigan xarajatlarning asosli taxmini bo’lib
hisoblanadi.
Aktivni ko’zlangan foydalanishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur
choralar aktivning faqatgina jismoniy barpo etilishi qamrab olmaydi.
Ular jismoniy
barpo etilishi boshlanishigacha bo’lgan texnik va ma’muriy ishlarni,
masalan
jismoniy barpo etilishi boshlanishigacha ruxsatlarni olish bilan bog’liq choralarni, o’z
ichiga oladi. Biroq, bunday choralar aktivning holatini o’zgartiradigan hech qanday
ishlab chiqarish yoki takomillashtirish sodir bo’lmayotgan
paytda aktivga egalik
qilishni o’z ichiga olmaydi. Masalan, yerni takomillashtirish paytida amalga
oshirilgan qarzlar bo’yicha xarajatlar takomillashtirishga
tegishli choralar amalga
oshirilayotgan davr mobaynida kapitalizatsiya qilinadi. Biroq, qurilish maqsadlarida
sotib olingan yer hech qanday tegishli takomillashtirish
chorasisiz egalik
qilinayotganda amalga oshirilgan qarzlar bo’yicha xarajatlar kapitalizatsiya qilish
bo’yicha talablarga javob bermaydi.
Dostları ilə paylaş: