Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

3- misol. 
Kompaniya 1 yanvar 2011 yilda ishlab chiqarish kompleksini qurish uchun 
bankdan maqsadli kredit oldi. Kompaniya 1 fevral 2011 yilda materiallarni sotib oldi. 
1 mart 2011 yilda kompaniya qurilish ishlarini amalga oshirish uchun texnik va 
ma’muriy ishlarni o’tkazdi. 1 aprel 2011 yilda qurilish boshlandi. 
Kapitalizatsiyani boshlash muddati 1 mart 2011 yil. 
Tashkilot qarzlar bo’yicha xarajatlarning kapitalizatsiyasini u ma’lum 
talablarga javob beradigan aktivni faol takomillashtirishni to’xtatgan o’zaytirilgan 
davrlar mobaynida to’xtatishi lozim. 
Tashkilot aktivni ko’zlangan foydalanish yoki sotish uchun tayyorlashda zarur 
choralarni to’xtatgan o’zaytirilgan davr mobaynida qarzlar bo’yicha xarajatlarni 
amalga oshirishi mumkin. Bunday xarajatlar qisman tugallangan aktivlarga egalik 
qilish bilan bog’liq xarajatlar bo’lib, kapitalizatsiya qilish uchun talablarga javob 


97 
bermaydi. Biroq, tashkilot odatda u ahamiyatli texnik va ma’muriy ishlarni amalga 
oshirayotgan davr mobaynida qarzlar bo’yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni 
to’xtatmaydi. Tashkilot vaqtinchalik bekor to’xtab turish aktivni ko’zlangan 
foydalanish yoki sotish uchun tayyorlash jarayonining zaruriy qismi bo’lganida ham 
qarzlar bo’yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni to’xtatmaydi. Masalan, 
kapitalizatsiya yuqori suv sathlari ko’prik qurilishini kechiktiradigan davr mobaynida 
davom etadi, agarda bunday yuqori suv sathlari tegishli geografik hududda qurilish 
davri mobaynida odatiy holat bo’lsa. 
Tashkilot ma’lum talablarga javob beradigan aktivni ko’zlangan foydalanish 
yoki sotish uchun tayyorlashda zarur bo’lgan choralarning deyarli barchasi tugagan 
paytda qarzlar bo’yicha xarajatlarning kapitalizatsiya qilinishini tugatishi lozim. 
Aktiv odatda ko’zlangan foydalanish yoki sotish uchun tayyor bo’ladi, 
qachonki aktivning jismoniy barpo etilishi odatiy ma’muriy ish hanuz davom etishi 
mumkinligiga qaramasdan tugallangan bo’lsa. Agarda amalda faqat kichik 
o’zgartirishlar, masalan mulkni xaridor yoki foydalanuvching xususiy talablariga 
qarab bezatish, qolgan bo’lsa, bu deyarli barcha ishlar tugallanganligini ko’rsatadi. 
Qachonki tashkilot ma’lum talablarga javob beradigan aktivning qurilishini 
qismlarda tugatsa va har bir qism boshqa qismlarda qurilish davom etayotgan paytda 
foydalanishga yaroqli bo’lsa, tashkilot ushbu qismni ko’zlangan foydalanish yoki 
sotish uchun tayyorlashda zarur bo’lgan choralarning deyarli barchasini tugatgan 
paytda qarzlar bo’yicha xarajatlarning kapitalizatsiya qilinishini to’xtatishi lozim. 
Har biridan alohida foydalanish mumkin bo’lgan bir qator binolarni qamrab 
oladigan biznes-markaz - har bir qism boshqa qismlarda qurilish davom etayotgan 
paytda foydalanishga yaroqli bo’lgan ma’lum talablarga javob beradigan aktivga 
misol bo’ladi. Biror qismidan foydalanish mumkin bo’lishidan oldin tugallanishi 
zarur bo’lgan ma’lum talablarga javob beradigan aktivga, masalan metallurgiya 
kombinati kabi, aynan bir joyda turli qismlari ketma-ketlikda amalga oshiriladigan bir 
necha jarayonlarni qamrab oladigan sanoat korxonasini misol sifatida keltirish 
mumkin. 
Tashkilot quyidagilarni ochib berishi lozim: 
(a) 
davr mobaynida kapitalizatsiya qilingan qarzlar bo’yicha xarajatlar
qiymatini; va 
(b) 
kapitalizatsiya qilinadigan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini 
aniqlashda foydalanilgan kapitalizatsiya stavkasini. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin