90
(b)
undan foydalanishdan yoki uning chiqib ketishidan hech qanday kelgusi
iqtisodiy naf kutilmaganida
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan yuzaga
kelgan foyda yoki zarar
asosiy vosita ob’ekti hisobdan chiqarilganida foyda yoki zarar tarkibida aks ettirilishi
kerak (bunda MHXS 17 da sotish va qayta ijaraga olish bo’yicha boshqa talablar
belgilanmagan bo’lsa). Foyda asosiy faoliyatdan daromad sifatida tasniflanmasligi
kerak.
Biroq, o’zining oddiy faoliyati doirasida boshqa tomonlarga operativ ijaraga
berish maqsadida saqlab turgan asosiy vositalarini
muntazam ravishda sotadigan
tadbirkorlik sub’ekti bunday aktivlarni, ular ijaraga berilishi to’xtatilib sotish uchun
mo’ljallangan bo’lganida, tovar-moddiy zaxiralarga ularning balans qiymati bo’yicha
o’tkazishi kerak. Bunday aktivlarni sotishdan olingan tushumlar daromad sifatida
BHXS 18 “Daromad” ga muvofiq tan olinishi kerak. Oddiy
faoliyat doirasida sotish
uchun mo’ljallangan aktivlar tovar-moddiy zaxiralarga o’tkazilganida MHXS 5
qo’llanilmaydi.
Asosiy vositalar bir necha yo’llar bilan chiqib ketishi mumkin (masalan, sotish
orqali, moliyaviy ijara kelishuvini tuzish orqali yoki hadya etish orqali). Bunday
aktivning chiqib ketishi sanasini aniqlashda, tadbirkorlik sub’ekti tovarlarni sotishdan
tushgan daromadlarni tan olish bo’yicha BHXS 18 “Daromad” dagi mezonlarni
qo’llaydi. Sotish va qayta ijaraga olish orqali aktivlarning chiqib ketishiga nisbatan
BHXS 17 qo’llaniladi.
Agarda tadbirkorlik sub’ekti asosiy vositaning
balans qiymatida ushbu
aktivning qismini almashtirish tannarxini tan olsa, u eski almashtirilgan qismning
balans qiymatini, ushbu qism bo’yicha eskirish
alohida hisoblangan yoki
hisoblanmaganligidan qat’inazar, hisobdan chiqaradi. Agarda tadbirkorlik sub’ekti
uchun almashtirilgan qismning balans qiymatini aniqlashning amaliy imkoni
bo’lmasa, u almashtirish tannarxidan almashtirilgan qismning qiymati u sotib
olinganida yoki qurilganida qancha bo’lganligini ko’rsatadigan ko’rsatkich sifatida
foydalanishi mumkin.
Asosiy vosita ob’ektining hisobdan chiqarilishi
natijasida yuzaga keladigan
foyda yoki zarar aktivning chiqib ketishidan olinadigan sof tushumlar, agarda bo’lsa,
bilan aktivning balans qiymati o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: