Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

3- misol. 
2011 yil 1 iyulda kompaniya kechiktirib to’lash sharti bilan uskunani sotib oldi. 
Shartnoma shartlariga ko’ra 188600 sh.b. to’lov 20x2 yil 30 iyunda amalga oshiriladi. 
Agar uskunani hozir sotib olinsa 164000 sh.b. to’lanadi.
Kompaniya uskunani sotib olish paytida quyidagi provodka beriladi: 
Dt Asosiy vositalar 164000 
Kt Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar 164000 
Har oyda kompaniya foiz xarajatlarini tan olib boradi: 
Dt Foiz xarajatlari 2050 
Kt Kt Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar 2050 
(188600-164000)/12=2050 
Asosiy vositalarning bir yoki undan ko’p ob’ekti nomonetar aktiv yoki 
aktivlarga almashtirish, yoki monetar va nomonetar aktivlarning guruhiga 
almashtirish orqali sotib olinishi mumkin. Quyida ko’rib chiqilgan qoidalar bitta 
nomonetar aktivni boshqa nomonetar aktivga almashtirishga hamda yuqoridagi gapda 
tavsiflangan barcha almashishlarga nisbatan qo’llaniladi. Bunday asosiy vosita 
ob’ektining tannarxi uning haqqoniy qiymatida baholanadi, bundan quyidagi holatlar 
istisno: (a) almashish operatsiya tijorat maqsadlarida foyda olish uchun amalga 
oshirilayotgan bo’lmasa yoki (b) olingan yoki berilgan aktivning haqqoniy qiymati 
ishonchli tarzda baholana olmasa. Olingan aktiv uning haqqoniy qiymatida 
baholanadi, agar tadbirkorlik sub’ekti beriladigan aktivni darhol hisobdan chiqara 
olmasa. Agar olingan aktiv haqqoniy qiymatida baholana olmasa, uning tannarxi 
bo’lib beriladigan aktivning balans qiymati xizmat qiladi.
Tadbirkorlik sub’ekti almashish operatsiyasi tijorat maqsadlariga ega bo’lishini 
kelgusi pul oqimlari operatsiyaning natijasini qay darajada o’zgartirishi mumkinligini 
inobatga olgan holda aniqlaydi. Almashish operatsiyasi tijorat maqsadlariga ega 
bo’ladi, agar:
(a) 
olingan aktiv bo’yicha pul oqimlarining tuzilishi (ya’ni riski, muddati va 
summasi) berilgan aktiv bo’yicha pul oqimlarining tuzilishidan farq qilsa; yoki
(b) 
tadbirkorlik sub’ektining operatsiya ta’sir qilgan faoliyati qismining 
tadbirkorlik sub’ektiga xos bo’lgan qiymati almashish natijasida o’zgarsa; va 
(v) 
(a) yoki (b) dagi farq almashtiriladigan aktivlarning haqqoniy qiymatiga 
nisbatan katta bo’lsa. 
Almashish operatsiyasi tijorat maqsadlariga ega ekanligini aniqlash uchun
tadbirkorlik sub’ektining operatsiya ta’sir qilgan faoliyati qismining tadbirkorlik 
sub’ektiga xos bo’lgan qiymati soliq solingandan keyingi pul oqimlarini aks ettirishi 
kerak. Bunday tahlilning natijasi batafsil hisob-kitoblar amalga oshirilmasdan aniq 


82 
bo’lishi mumkin. 
Aktivning haqqoniy qiymatini ishonchli tarzda baholash mumkin bo’ladi, agar 
(a) haqqoniy qiymatlarning ishonchli baholanishidagi o’zgaruvchanlik ushbu aktiv 
uchun katta bo’lmasa yoki (b) haqqoniy qiymatni baholashda diapazon ichidagi turli 
baholangan qiymatlarning ehtimollik darajalari ishonchli tarzda baholanishi va 
ishlatilishi mumkin bo’lsa. Agar tadbirkorlik sub’ekti olingan yoki berilgan aktivning 
haqqoniy qiymatini ishochli tarzda baola olsa, olingan aktivning tannarxini baholash 
uchun berilgan aktivning haqqoniy qiymati olinadi, biroq olingan aktivning haqqoniy 
qiymati aniqroq holda ayon bo’lmasa. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin