Standartlari


- MAVZU. NOMOLIYaVIY MAJBURIYaTLARNI HISOBGA



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

6- MAVZU. NOMOLIYaVIY MAJBURIYaTLARNI HISOBGA 
OLUVChI STANDARTLARINING TAVSIFI 
 
6.1. BHXS (IAS) 37 “Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” 
BHXS 37 “Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” nomli 
standartning maqsadi rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlarga nisbatan 
to’g’ri tan olish mezonlari va baholash asoslari qo’llanilishini hamda
foydalanuvchilar ushbu rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlarning 
mohiyatini, vaqtini va summasini tushunishi uchun moliyaviy hisobotlarga izohlarda 
yetarlicha ma’lumotlar ochib berilishini ta’minlashdan iboratdir. 
Ushbu standart hamma tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan quyidagilardan 
tashqari rezervlarni, shartli majburiyatlarni va shartli aktivlarni hisobga olishda 
qo’llanilishi lozim:
(a) 
oxirgacha yetkazilmagan shartnomalardan kelib chiqadiganlar, agar bu 
shartnomalar og’irlik qiladigan shartnomalar bo’lmasa; va 
(b) 
boshqa standartning qo’llash doirasida bo’lgan rezervlar, shartli 
majburiyatlar va shartli aktivlar. 
Ushbu standart MHXS 9 
“Moliyaviy instrumentlar”
ning qo’llash doirasida 
bo’lgan moliyaviy instrumentlarga (shu jumladan kafolatlarga) nisbatan 
qo’llanilmaydi.
Oxirgacha yetkazilmagan shartnomalar bo’lib tomonlarining hech birisi 
shartnomada belgilangan o’z majburiyatlarning hech bir qismini bajarmagan yoki 
ikkita tomon ham o’z majburiyatlarini teng tarzda qisman bajargan shartnomalar 
hisoblanadi. Ushbu standart bunday shartnomalarga nisbatan, agar ular og’irlik 
qiladigan shartnomalar bo’lmasa, qo’llanilmaydi. 
Ayrim turdagi rezerv, shartli majburiyat yoki shartli aktiv boshqa standartda 
ko’rib chiqilganida, tadbirkorlik sub’ekti ushbu standarning o’rniga o’sha standartni 
qo’llashi kerak. Masalan, rezervlarning ba’zi turlari quyidagilar bo’yicha standartlarda 
ko’rib chiqilgan:
(a) 
qurilish shartnomalari (BHXS 11 
“Qurilish shartnomalari” 
ga qarang); 
(b) 
foyda soliqlari (BHXS 12 
“Foyda soliqlari” 
ga qarang); 
(c) 
ijara kelishuvlari (BHXS 17 
Ijara” 
ga qarang). Biroq, BHXS 17 da 
operativ ijara bo’yicha og’irlik qilib boshlagan shartnomalarga nisbatan hech qanday 
talablar qo’yilmagani uchun, ushbu standart bunday holatlarga nisbatan qo’llaniladi; 
(d) 
xodimlarning daromadlari (BHXS 19 
“Xodimlarning daromadlari” 
ga 
qarang);
(e) 
sug’urta shartnomalari (MHXS 4 
“Sug’urta shartnomalari” 
ga qarang). 
Biroq, sug’urtalovchining MHXS 4 ning qo’llash doirasidagi sug’urta shartnomalari 
ostida paydo bo’ladigan sharnomaviy majburiyatlari va huquqlaridan yuzaga 
keladiganlardan tashqari rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlarga nisbatan 
ushbu standart qo’llaniladi. 
Rezervlar sifatida qaraladigan ba’zi summalar daromadning tan olinishi bilan 
bog’liq bo’lishi mumkin, masalan tadbirkorlik sub’ekti haq evaziga kafolatlar 
beradigan hollarda. Ushbu standartda bunday daromadlarning tan olinishi ko’rib 
chiqilmaydi. BHXS 18 
“Daromad” 
daromadlar tan olinadigan holatlarni belgilaydi va 


163 
tan olish mezonlarining qo’llanishi bo’yicha amaliy yo’riqnoma beradi. Ushbu 
standart BHXS 18 ning talablarini o’zgartirmaydi.
Ushbu standart rezervlarni noaniq muddat yoki summaga ega bo’lgan 
majburiyatlar sifatida aniqlaydi. Ba’zi mamlakatlarda “rezerv” atamasi eskirish, 
aktivlarning qadrsizlanishi yoki shubhali qarzlar kabi moddalarga tegishliligida 
foydalaniladi: bunday rezervlar aktivlarning balans qiymatlariga tuzatish bo’lib 
hisoblanadi va ushbu standartda ko’rib chiqilmaydi.
Boshqa standartlarda xarajatlar aktivlar yoki xarajatlar sifatida hisobga olinishi 
belgilanadi. Bu masalalar ushbu standartda ko’rib chiqilmaydi. Shu sababdan, ushbu 
standart rezerv shakllanganida tan olinadigan xarajatlarning kapitalizatsiyasini talab 
ham qilmaydi taqiqlab ham qo’ymaydi. 
Ushbu standart restrukturizatsiya (shu jumladan, davom ettirilmaydigan 
faoliyat) bo’yicha rezervlarga nisbatan qo’llaniladi. Restrukturizatsiya davom 
ettirilmaydigan faoliyat ta’rifiga to’g’ri kelganida, MHXS 5 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin