Standartlar ustidan davlat tekshiruv va nazorati
Qonunning 8, 9 va 10 – moddalarida bu xaqida quyilagilar keltirilgan
8-modda. Davlat nazorati organlari va ob’ektlari
Xo’jalik faoliyati sub’ektlari standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya yetishi ustidan davlat nazoratini "O’zdavstandart" agentligi", "Davarxitektkurilish" qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, shuningdek boshqa maxsus vakil qilingan davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasidaamalga oshiradilar.
Idoraviy bo’ysunuvi va mulk shaklidan qat’i nazar xo’jalik faoliyati sub’ektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu jumladan sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, ta’mirlash va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida) davlat nazorati ob’ekti hisoblanadi.
Xo’jalik faoliyati sub’ektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni yaratishlari shart.
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini:
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi davlat Bosh inspektori;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar.
9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi
Standartlarning majburiy talablariga rioya yetilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar.
Davlat inspektori:
xo’jalik faoliyati sub’ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish
xo’jalik faoliyati sub’ektidan davlat nazoratini o’tkazish uchun kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni olish;
davlat nazoratini o’tkazishda xo’jalik faoliyati sub’ektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb yetish;
standartlashtirish bo’yichaamaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni o’tkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, o’lchovlarni) o’tkazish xarajatlari tekshirilayotgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi;
mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish (etkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf yetish to’g’risidako’rsatmalar berish;
xo’jalik faoliyati sub’ekti tekshiruvdan bo’yin tovlagan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni man yetish huquqiga yega.
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari:
standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo’jalik faoliyati sub’ektlariga nisbatan jarimalar qo’llash to’g’risida qarorlar qabul qilish;
standartlar buzilishidaaybdor bo’lgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish;
tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo’lgan hollarda realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) taqiqlash yoki to’xtatib qo’yish to’g’risidako’rsatmalar berish;
tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo’lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to’xtatib qo’yish to’grisidako’rsatmalar berish.
Davlat inspektorlarining mahsulotni realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni) man yetish yoki to’xtatib qo’yish to’g’risidagi ko’rsatmasini buzganlik uchun xo’jalik faoliyati sub’ektlari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimato’laydilar.
Jarima solish sud tomonidan, xo’jalik faoliyati sub’ekti sodir yetilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo’lgan va jarimani ixtiyoriy ravishdato’lagan taqdirda esa, O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xo’jalik faoliyati sub’ektlari berilgan ko’rsatmalar va qarorlarni bajarmagan taqdirlarida davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura organlariga yoki sudga oshiradilar.
Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
10-modda. Standartlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ushbu Qonun qoidalarni buzilishidaaybdor bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Xalqaro standartlashtirish va uning boshqaruv tizimi.
Bugungi kunda turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish soxalarida me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu soxalardagi ilg’or yutuqlarini umumlashtirish va bu soxalar bo’yicha xar xil yordam ko’rsatish ishlari bilan shug’ullanib kelmoqda. Bularga Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya soxasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot, sifat bo’yicha Yevropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo’yicha Xalqaro konferentsiya, G’arbiy Yevropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va metrologiya bo’yicha arab tashkilotlarini misol keltirish mumkin.
Ana shu tashkilotlardan biri Xalqaro standartlashtirish tashkilotibo’lib,uningolibborayotgan ishlari, faoliyatdoiralarixususida qisqacha ma’lumotberib o’tishmaqsadgamuvofiqdir.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti /ISO/
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti - Britaniya Assotsiatsiyasi /Britich Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo’lib, biroz keyinroq, birinchi jaxon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo’mitasi (1918 y), Amerika qo’mitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi.
Standartlashtirish soxasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqazo qildi. SHu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarining Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo’ldi. ISA ning tarkibiga 20 mamlakat vakillari kirdi.
1938 yili Berlin shaxrida standartlashtirish bo’yicha Xalqaro s’ezd ochildi. Unda texnikaning turli soxalari bo’yicha 32 ta qo’mita va kichik qo’mitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jaxon urushi ISAning faoliyatini to’xtatib qo’ydi.
Xozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko’rsatib, rivoj topmoqda.
ISOning tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o’zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko’lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko’maklashish xamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar soxasida xamdo’stlikni rivojlantirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
-dunyo ko’lamida standartlarni va ular bilan bog’liq bo’lgan soxalarda uyg’unlashtirishni yengillashtirish uchun choralar ko’rish;
- xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar xar bir standart uchun uning faol tashkiliy va kichik qo’mitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to’rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart ma’qullanishi mumkin);
- o’z qo’mita a’zolarining va texnikaviy qo’mitalarning ishlari xaqida axborotlar almashinuvini tashkil qilish;
- soxaviy masalalar bo’yicha manfaatdor bo’lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlik qilish ko’zda tutiladi.
ISO raxbar va ishchi qo’mita idoralaridan tashkil topgan. Raxbar idoralari tarkibiga Kengashning yuqori idorasi - Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qo’mitalari va markaziy sekretariati kiradi.
ISOda prezident, vitse-prezident, g’azinachi va bosh sekretarь lavozimlari mavjud. Bosh Assambleya - ISOning Oliy Raxbari bo’lib, ISOning yig’ilishi uch yilda bir marta bo’ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.
Bosh Assambleya o’tkazish vaqtida sanoat soxasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muxim muammolari va yo’nalishlari muxokama qilinadi.
ISO kengashi yiliga bir marta o’tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, texnikaviy idoralarning tuzilishi xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash idoralarining a’zolarini xamda texnikaviy qo’mitalarning raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko’riladi.
Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Xalqaro standartlashtirish tashkilotining tarkibi 91 mamlakatning vakillaridan iborat edi.
Respublikamizningdastlabkimustaqillikyillaridagi (1992 yil) muhimvoqealardanbiri O’zbekiston Respublikasining 92- davlat sifatida ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga qabul qilinishibo’ldi.
Endilikda O’zbekiston Respublikasi ISOning teng xuquqli a’zolaridan biri xisoblanadi.
Maxsulot sifatini yaxshilash, boshqarish va ta’minlash bo’yicha oxirgi vaqtda qilingan ishlarni mujassamlab, ISO o’zining bir qator me’yoriy xujjatlarini ishlab chiqdi, bu xujjatlarga ISO 9000, 10011 va 10012 raqamli standartlarni ko’rsatish mumkin:
Standartlashtirishning asosiy masalalaridan biri ashyo turlarini optimal qisqartirishdan iboratdir, Buning uchun standart ishlab chiqish bilan borliqbo’lgan quyidagi savollarni to’g’ri yechish lozim: 1) ushbu ashyoga muvofiqbo’lgai eng muhim parametrni tanlash; 2) standartlashtiriladigan parametrni o’zgarish oraligini aniqlash; 3) qabul qilingan oraliqda parametrikqatorning gradatsiyasini tanlash; 4) eng muhim parametr va boshqalar orasidagi bog’lanishni belgilash; 5) texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash.
1. Eng muhim parametrni tanlash. Masalan, elektrdvigatelь uchun eng muhim parametr quvvat (belgilangan chastotada), reduktor uchun uzatiladigan quvvat yoki aylantiruvchi moment, traktor uchun tortish kuchi, vallar, po’lat prokatli trubalar uchun ko’ndalang kesimi va boshqalar.
2. Ko’p standartlashtiriladigan mashinalar va boshqa maxsulotlarda asosiyyoki eng muhim parametrlar: unumdorlik, quvvat, tezlik, har xil yuklanishlarga qarshilik, geometrik o’lchamlar, og’irlik, ikkita yoki bir necha xarakterli parametrlar hamda maxsulotni to’liq xarakterlovchi va uzoq muddat o’zgarmaydigan parametrlar bo’lishi mumkin.
Eng muhim standartlashtirilgan parametrning o’zgarish oralig’i yokiparametrik qator oralig’i ushbu parametrning eng katta va eng kichik qiymatlari bilan cheklanadi. Masalan, asinxron elektrodvigatellar A2 va Ao2 uchun quvvatning o’zgarish oraligi 0,4—125 kVt gacha. Eng chekka qiymatlar ehtiyojga qarab aniqlanadi.
3. Darajalash yoki parametrik qatorni tuzish deganda qo’shni qator hadlari orasidagi intervalning o’zgarish qonuni tushuniladi. Parametrik qatorni tuzish printsipining asosiy omillaridan biri, standartning texnik-iqgisodiy samaradorligini aniqlashdir. Yondosh parametrlar qiymatlari orasidagi intervalning kichikbo’lishi mahsulotni hisoblashqiymatlarini qabul qilishni yengillashtiradi. Lekin bir xil turdagi va o’lchamdagi mahsulotlarning seriyasi kamayadi, natijada, ishlab chiqarishning texnologik tayyorlash jarayoni murakkablashadi, tayyorlash tannarxi oshadi.
Intervalni kattalashtirish seriyani kattalashtiradi, lekin bunda parametrlari katgalashgan ashyolardan foydalanishga to’g’rikeladi. Bu o’z navbatida komplekt buyumlarning foydalanish xarajatlarini va oxirgi mahsulotning massasini, gabaritini oshirib yuboradi.
SHuning uchun, gradatsiya qatorini belgilashda, material sarfi, tayyorlash va foydalanish tannarxi orasidagi optimal munosabatni ta’minlovchi muqobil qator buyumning eng foydali namuna o’lcham sonlari bo’lishi lozim.
Yuk avtomobilining parametrik qatori
Metallurgiya va kimyo sanoati dastgohlarini, shuningdek, avtomobilь dastgohlari, mexanizmlari uzellariga va detallariga tegishli amaldagi 70 ta davlat standartlarining taxlili shuni ko’rsatdiki, eng muhim parametrlar qatori ko’pchilik holatlarda R20 qatori yoki uning ko’paytmasidan, o’lchamlar qatori esa R20 qatoridan yoki uning ko’paytmasidan tuzilgan.
5. O’lcham qatorini eng muhim parametrini texnik-iqgisodiy jihatdan asoslash va bir xildagi buyumlarni optimal namuna o’lcham sonini belgilash.
4.Mashinalarni unifikatsiyalash va agregatlashtirish.
Standartlashtirishning eng muhim usullariga mashinasozlikda keng qo’llaniladigan unifikatsiya va agregatlashtirish kiradi.
Unifikatsiyalash – bu mashinalarda qo’llaniladigan turli xil nomdagi, o’lchamdagi, turdagi detallarni, agregatlarni va yig’indi qismlarini mumkin qadar qisqartirishdir (minimumga olib kirishdir). Ya’ni unifikatsiya qilish bu bir xil nomdagi, o’lchamdagi detal agregat va yig’indi qismlarini kam nomenklatura, nomda va o’lchamda bir necha mashinalarda qo’llanishidir. Unifikatsiyalashtirilgan detal bo’lb bir xil nom va ko’rinishda ikki yoki undan ortiq turlicha mashinalarda qo’llanilishi xisoblanadi.
Unifikatsiyalashda bir xil ishga mo’ljallangan detallarning turlari qisqartiriladi ko’pchilik bir xil umumiy detallardan, yig’indi qismlardan foydalaniladi. Natijada turli xildagi agregatlar (masalan reduktorlar), nazorat o’lchov asboblari, kesib ishlov beruvchi asboblar (parma, zenker, keskichlar, rezьba qirqish asboblari) shuningdek buyumlarni tayyorlash uchun foydlaniladigan turli xil rusumdagi materiallar, prokatlar kamaytiriladi. Tayyorlanadigan detallarning nomenklaturasi kamayadi, ularni ishlab chiqarish dasturi oshiriladi. Natijada taraqqiy qilgan, ya’ni progressiv texnologik jarayondan foydalanish imkoniyati tug’iladi, detallarni tayyorlash tannarxi pasayadi,buyumlarni loyixalash va ishlab chiqarishga tadbiq qilish muddatlari qisqaradi.
Mashinalarni agregatlashtirish– bu mashinaning nima maqsadga mo’ljallanganligiga (qanday ish bajarishga) muvofiq ravishda mashinalarni, priborlarni va texnologik moslamalarni unifikatsiyalashtirilganturlicha sondagi va ko’rinishdagi agregatlardan komponovka qilish usulidir.
Masalan: Bir xil klassdagi, lekin turlicha ish bajarishga mo’ljallangan traktorlar turkumini ixtiro qilishda ularning barchasi uchun yoki bir necha modifikatsiyasi uchun qator agregatlar (dvigatel ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, ketingi ko’prik) dan foydalanish mumkin.Agregatlashtirish asosida turli xil agregat stanoklar, mexanizmlar tayyorlaniladi. Unifikatsiya qilish va agregatlashtirishni loyixalash usulida foydanilganda loyixalash muddati yangi texnikani o’zlashtirish 2 – 4 marta qisqartirish, tannarxini esa 25% - 30% ga kamaytirish imkoniyatini beradi.
MTZ-80 traktori asosidagi turli vazifalarga mo’ljallangan traktorlar
Dostları ilə paylaş: |