Standartlashtirish asoslari


Standartlashtirish ob’ekti sifatida xizmat



Yüklə 63,03 Kb.
səhifə2/8
tarix25.12.2023
ölçüsü63,03 Kb.
#197054
1   2   3   4   5   6   7   8
STANDARTLASHTIRISH IQTISODIYOTDAGI TAMOYILLARI KURS ISHI

Standartlashtirish ob’ekti sifatida xizmat – xalqqa xizmat qilishni (xizmat shartlarini qo‘shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini o‘z ichiga oladi. Standartlashtirishning boshqa ob’ektlari faoliyatining biriktirilgan sohalarida O‘zbekiston Respublikasi Tabiati muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Demak, standartlashtirish ob’ekti – standartlashtiriladigan yoki unga yo‘naltirilgan mahsulot, ishlar (jarayonlar) va xizmatlardir.
Standartlashtirish jihati – tanlangan standartlashtrish ob’ektini standartlashtirish yo‘nalishi bo‘lib, unga ko‘rsatilgan talablar turini aniqlaydi.
O‘z-o‘zidan standartlashtishrish jihati muayyan bir guruhdagi mahsulot yoki xizmatlar bo‘lib, unda: atama va ta’riflar, sinflanishi, asosiy parametriga talablar, saqlash, tashish va vosita hamda usullariga talablar, nazorat usullari va vositalari, metodlariga talablar va boshqalar hisoblanadi.

I BOB "Standartlashtirish asoslari” fanining iqtisodiyotdagi o‘rni.
1.1. Standartlashtirishning tarixi.
Standartlashtirish bilan qadimdan insonlar shug‘ullanib kelishgan. Buni eramizdan 6 ming yil oldin Misr va Shumerda yozish va sanoq paydo bo‘lishi va bundagi belgilar, piktogrammalar va boshqa turli xil shakllarda va xatlarda ko‘rishimiz mumkin. Bu esa o‘sha davrlardagi standartlashtirishning yaqqol bir ko‘rinishidir. Sonlarni vavilonliklar eramizdan oldingi 4000 yillarda kashf etishgan va foydalanishgan. O‘nlik sanoq tizimi ham aynan shu Vavilon (Bobil) davlatida yaratilgan. Nota yozuvlari ham qadimiy me’yorlashtirilgan til sifatida Gresiyada eramizdan oldin 200 yillarda paydo bo‘lishi aytishimiz mumkin.
Xitoyda eramizdan oldingi 206-220 yillarda xaritalardagi shahar va qishloqlarning shartli belgilari bilan belgilanishi ham haqiqatdir.
Eramizdan oldingi 1700-1600 yillarda Feste saroyidagi disklar quymasini aynan bir xilligi ham standartning bir ko‘rinishidir.
Xitoy imperatori Sin Shixuandi (taxminan 2200 yil oldin) soliqlarni yig‘ishda og‘irlik toshlari, o‘lchovlar va tangalarning bir xillashtirgan. U ierogliflarni birxillashtirib, kamon o‘qlari va ularning bir xil uzunligini ta’minlagan.
Qadimiy Misrda taxminan bundan 7 ming yil oldin o‘lchash san’ati mavjud bo‘lgan. Misr ehromlarida etalon uzunliklari bo‘lib, piramidalar qurilishida uzunligi 52,6 sm ya’ni «shohlar tirsaki» uzunlik birlik qabul qilingan. Eramizdan oldingi XVIII asrda qirol Xammurapi standartlashtirilgan og‘irlik va o‘lchovlar to‘g‘risida qonun qabul qilgan.
Bunda og‘irlik o‘lchov toshi va o‘lchovlarni keng qo‘llash bilan birgalikda ularni qalbakilashtirishni ham oldini olish uchun hamma tomonlama qonuniy jazolar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘lchash hajmi amali me’yoriy-qonunlar bilan muvofiqlashtirilgan. Uzoq o‘tmish tariximizdan ma’lumki, O‘zbekistonda hozirgi kundagi tarixiy yodgorliklar ya’ni bino va inshoatlarning qurilishida standartlashtirish faoliyati ham muhim o‘rin tutib, o‘sha paytdagi qurilish ashyolarini birxillashtirish ya’ni peshtoqladagi xandasaviy naqshlar, panjaralar va to‘sinlar hamda poydevor va devorlardagi g‘ishtlarning tarkibiy tuzilishi va o‘lchamlarida standart andozalar qo‘llanilganligi standartlashtirishdan foydalanganligining yorqin misolidir.
1715-yili Rossiyaning Tula qurol zavodida bir xil kalibr belgilangan. Rossiya Imperiyasining Pyotr I hukmronligi davrida XVII-XVIII asrlarda yaratilgan juda ko‘p qurol aslaha elementlari aniq bir xil na’munalardan qilinishi belgilanib, hozirgi zamon standartlashtirilishining prototipi tarzida namoyon bo‘lgan.
1785- yili Fransuz muhandisi Leblan 50 dona qurol – aslaha qulflarini yaratdi, ularning har biri boshqa qurol – aslahalar uchun qo‘shimcha ishlovsiz tushar edi, ya’ni o‘zaro almashinuvchan bo‘lgan.
1846-yilda esa Germaniyada temir yo‘llar eni (koleyasi)ni va vagon ulash ilashmasining unifikasiyasi (birxillashtirilishi) amalga oshirildi. 1869-yilda esa temir yo‘l relsi profili o‘lchamlari bo‘yicha standart na’munalar to‘plami chikdi.
1870 - yilda Yevropaning bir qator mamlakatlarida “Standart” g‘ishtlar ishlab chiqarila boshladi.
1891- yilda Angliyada, keyinchalik esa boshqa Yevropa mamlakatlarida standart, parametrlari ma’lum tartibga solingan burama (rezba)lar ishlab chiqarila boshlandi.
XIX asrning oxirlariga kelib Yevropa mamlakatlari, ayniqsa ko‘p va mayda mamlakatlar asosida shakllangan Germaniyada standartlashgan deb atalishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar soni juda ko‘payib ketgan. Chunki katta bir mamlakat ichida kichik-kichik respublikalar mavjud bo‘lib, hali umumlashgan talablar shakllanmagan, o‘lchovlar tasodifiy tanlangan edi. Masalan uzunlik, Genrix-II tirsakka teng o‘lcham «lokot» nomi bilan, buyuk Karl oyog‘i o‘lchamiga teng birlik «fut» nomi bilan yuritilgandi1.
1790-yilda Fransiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida «metr» yaratilib, u yer meridiani chorak uzunligining o‘n milliondan birini tashkil etdi. Oradan 85 yil o‘tgach, Parij konvensiyasida xalqaro o‘lchov va tarozilar mahkamasi uzunlik birligi sifatida «metr»ni qabul qildi. Bu voqea ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim hodisalaridan biri bo‘ldi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida texnika taraqiyotida anchagina yutuqlarga erishildi, sanoat va ishlab chiqarishni yiriklashuvi vujudga keldi. Bu esa bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda standartlashtirishga qiziqishni kuchaytirdi. Bu mamlakatlarning ba‘zilarida milliy standartlashtirish tashkilotlari paydo bo‗ldi. Standartlashtirish qo‗mitasi barpo bo‗lgan mamlakatlar orasida Angliya binchi bo‗ldi. Qo‗mitaning asosiy vazifasi Buyuk Britaniya imperiyasi iqtisodiy salohiyatini, ashyo–mahsulot, harbiy texnika, buyumlariga standartlar ishlab chiqish va uni joriy etish hisobiga amalga oshirishni ko‗zlashdan iborat edi. Standartlashtirish tarixiy jarayoni tahlili shuni ko‗rsatadiki, Davlatlarning hukmronlikka intilishi, jumladan urush jarayonlari standartlashtirishni jadallashtiradi. Xususan, birinchi jahon urushi vaqtida va uning tugallanishidan keyin bir qator mamlakatlar: Gollandiya, Germaniya, Fransiya, Shvesiya Avstriya, Vengriya, Belgiya, Italiya, Yaponiya va boshqalarda standartlashtirish bo‗yicha milliy tashkilotlar tuzilgan edi. 1905 yilda Avstraliyada meva mahsulotlari uchun 1-chi standart qabul qilingan. Ular mamlakatdan chiqarilayotgan mevalar sifatini aniqlab bergan. Maxsus qarorga ko‗ra olma va noklar faqat standart talablariga muvofiq saralanib, qadoqlangandan keyingina sotilishi mumkin bo‗lgan. Rossiyada standartlashtirish bo‗yicha birinchi ishlar 1907 yilda boshlangan. Sang-Peterburgda meva, choy va vino birjasi yonida ―Doimiy texnik komissiya‖ tuzilgan. Bu komissiya mevalarni hamma navlarini tovarlik qiymatiga ko‗ra 3 guruhga bulgan: 1. Juda qimmat mevalar, 2. O‗rtacha qimmat mevalar, 3. Arzon mevalar. 11 Komissiya tomonidan ―Mevalarni saralash va qadoqlash qoidalari‖ ishlab chiqildi. Mevalar quyidagi belgilariga ko‗ra saralanishi kerak bo‗lgan:- massasi,tozaligi,shaklining to‗g‗riligi. 1930 yilda Butunittifoq standartlashtirish komiteti qabul qilindi. Shu yili olma uchun standart OST-558 qabul qilindi. Bu standartlar savdoga chiqariladigan olmaga qo‗yiladigan talablar yig‗indisidan iborat. OST quyidagi bo‗limlarni o‗z tarkibiga olgan:- 1. Aniqlash, 2. Sinfga ajratish, 3. Saralash, 4. Qadoqlash, 5. Markalash, 6. Qabul qilish qoidalari, 7. Tashish, 8. Saqlash. 1931 yilda yangi meva va sabzavotlardan 80 turdagi navlariga standartlar joriy etilgan. 1940 yilda Oliy kengash Prezidiumining qaroriga ko‗ra standartlar Davlat standarti (qisqacha GOST) deb yuritila boshlangan. 1970-1980 yillarda standartlashtirishning rejasiga binoan respublika texnik shartlari o‗rniga, ko‗plab meva va sabzavotlarning muhim navlariga GOST ishlab chiqilgan. Xalq xo‗jaligini rivojlantirish yo‗nalishlari bo‗yicha, mavjud standartlarni qayta ko‗rib chiqish va yangilarini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Bu yo‗nalishdagi ishlar hozirgi kunda ham olib boriliyapti. Bunga vazirliklarning yetakchi ilmiy tekshirish institutlari jalb etilgan.


Yüklə 63,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin