Startap” loyihalarini tanlab olish va moliyalashtirish tanlovida ishtirok etish uchun ariza


Axmadjonov Nurillo Shermirzayevich



Yüklə 71,09 Kb.
səhifə8/12
tarix28.11.2022
ölçüsü71,09 Kb.
#70945
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Dilshod akaga oxiri123

Axmadjonov Nurillo Shermirzayevich .Tugʻilgan sanasi:12.06.1988. Aloqa uchun maʼlumotlar:+998931927333. Mutaxassisligi va loyihadagi oʻrni: “InTechNammqi” UK Bugalteri. Loyihani amalga oshirish uchun loyiha ishtirokchilarida kerakli bilim va koʻnikmalar : InTechNammqi, Namangan muhandislik-qurilish inistituti bugalteri.



  1. Biznes-loyiha haqida maʼlumot

Bu loyihamizda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan narsalar – o’yin va bilim bir-biriga bog’langan. Ushbu loyihada o`quvchi va talaba yoshlarni turli xil kompuyuter o`yinlariga sarflagan vaqtlarini bilim olishga jalb etish nazarda tutilgan. Loyihamizda o’quvchi yoshlar o’yin o’ynash uchun bilimlaridan foydalanadilar ya’ni savollarga javob berish orqali o’yin o’ynash imkoniyatiga va kuchli texnikaga ega bo’ladilar. Loyihamizdagi o’yin yuqori grafikali poyga o’yin bo’lib avvalo maqsadimiz o’yinga emas bilim olishga qaratilgan. O’uvchini qiziqishini orttirish uchun poyga trassasiga har bir viloyatdagi e’tiborga sazovor milliy imoratlar qo’yilgan(Masalan: Samarqanddan-registon, Namangandan – Navoiy ko’chasi aylanma yo’li, Toshkentdan-Temir Temur hiyoboni, Xorazmdan- Ichan qal’a va hk.). O’yin ichidagi mashinalar ham milliy mashinalarimiz bo’ladi va o’yinga o’quvchi yangi kirganida tico va keyinchalik mashinaning “Xarakteristikalari-eng yuqori tezligi, tezlanishi, burilish qiyaligi, nitro davomiyligi va kuchi” ni kuchaytirish uchun savollarga javob berishlari kerak bo’ladi va mashinaning kuchi ma’lum bir doiraga yetib kelganinda o’quvchiga kattaroq topshiriq beriladi va uni yechganidan so’ng mashina almashadi. Loyixa doirasida o`quvchilarni bilim olishga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, uy vazifalarini bajarish jarayonlarini takomillashtirish va o`quvchilar doimiy ravishda ma`lum bir fanlardan o`z bilimlarini sinovda o`tkazish. Uy vazifalarini bajarish jarayonlarini qanday takomillashtiradi degan savolga javob- har bir fanda ishlangan vuy vazifasiga ma’lum bir ball beriladi va bu keyinchalik mashina kuchayishiga sabab bo’ladi. Bu narsa o’qituvchilarga ham qulaylik tug’diradi, chunki o’quvchi ishlagan o’sha vazifaning aniqlik foizi ham o’qituvchilarga ko’rinib turadi va dars o’tish uchun maktabda vaqt ham ancha ko’roq va samarali bo’ladi va bu o’yinning ichida hamma fandan mavzulashtirilgan quizlar bo’ladi va savol tuzish imkoniyati esa o’qituvchilarga ochib qo’yiladi: tasavvur qiling har bitta maktab bitta mavzu uchun bittadan savol tuzilsa ham qanchadan-qancha savol tuziladi?! Bu narsalar natijasida kattadan katta testlar bazasi hosil bo’ladi.
Madaniy fanlar – mashinanig ko’rinshi Bunday misollar ko’p chunki fanlar ham ko’p bu yerda barcha xususiyatlarni bir-biriga bog’laganmiz ya’ni o’quvchi faqat matematikani bilib yutib keta olmaydi chunki biz o’quvchi biologiyadan quiz yechib yonilg’I turini almashtirmasa gas qisishi degandek tezlikka limit qo’yamiz ya’ni mashina 250 km/soat ga torta olgani bilan u dastlab metanda yuradigan bo’lsa 120km/soat dan uyog’iga o’tolmaydigan qilamiz chunki u yonilg’i turini almashtirishi kerak bo’ladi maslan dastlab metan keyin etan keyin propan, keyin etanol keyin benzin va hokazo.
O’yinda o’quvchi o’ziga mos raqiblar bilan ya’ni tengroq kuchli mashinali raqiblar bilan random programmasi orqali qo’yiladi va onlayn tarzda o’ynaydi. O’yin yanada qiziqarliroq bo’lishi uchun esa o’z do’stlari bilan link ulashish orqali birgalikda ham o’ynasa bo’ladi.
Shahar/tuman, viloyat, Respublika olimpiadalarida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan o’quvchilarga esa yangi mashina va turli xil bonuslar beriladi.




  1. Yüklə 71,09 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin