Barchamizga ma’lumki mobil o’yinlar hozirgi kunda yoshlarni asosiy e’tibori doirasidagi yo’nalish bo’lib qolmoqda. Afsuski ota-onalar bu holatga farzandlari kundalik vazifalarini bajarishlarini nazorati asosida ruxsat berishmoqda. Ammo bu ham yoshlarimizni mobil o’yinlarga bo’lgan e’tiborini oshirib, ta’lim olishga bo’lgan e’tiborlarini astalik bilan susytirmoqda. Taklif etilayotgan dastur esa, ta’lim jarayonidagi bilimlar asosida mobil o’yin parametrlariga ma’lum o’zgarish kirita olishi bois yuqoridagi holatning innovatsion yechimi sifatida keltirishimiz mumkin. Ma’lumki, yoshlar mobil qurilmalarida “ota-ona nazorati” xizmati mavjud bo’lib, ota-onalar farzandlariga faqatgina ayrim o’yinlarni o’ynashlariga ruxsat berishadi. Ushbu o’yin esa ta’lim va o’yinni o’zida birlashtirgani bois ular tomonidan iliq qabul qilinishini ta’minlaydi.
Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlarga koʼra, 2021-yil 1-yanvar holatiga yurtimizda 7-15 yosh oralig’idagi jami doimiy aholi soni 6 304 586 tashkil etgan.
Oʼgʼil bolalar – 3 227 447 nafar
Qiz bolalar –3 077 090nafar
Avtomashina o`yinlariga qiziqishni asosan o`g`il bolalar bildrganligi sabbabli biz foydalanuvchilar sonini o`gil bolalar soni boyicha olib yuqorida keltrilgan statistika bo`yicha o`zbekistonda 3 227 447 nafar og`il bola mavjud shundan 30% bizdan foylangan taqdirda 968 234,1 foydanuvchi qamrab olishimiz mumkin.
Marketing strategiyasi .
Dasturiy ta’minot auditoriyasi asosan talim oluvchi yoshlardan iborat bo’lib, bundan foydalangan holda reklama xizmatini taklif etiladi. Xozirgi kunda ommaviy reklama taqdim etuvchi xizmatlarga (radio, televideniya) bo’lgan talab susayib borayotganligi sababli elektron ommaviy axborot vositalari (messenjerlar va Web saytlar) orqali reklamaga talab ortib bormoqda. Ushbu platforma ham o’zida keng auditoriyani qamrab olishi, ommaviy axborot vositalari tarkibiga kirishiga zamin yaratadi. Dastur auditoriyasi SMM target xizmati yordamida kengaytiriladi.