O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat statistika qo’mitasiga qarovchi davlat statistika idoralari o’z ishini umumiy tamoyillar, davlat statistikasining yagona uslubiyoti va ularni tashkil qilinishi asosida bajaradi. Ularning asosiy vazifasi — mamlakatda hisob va statistika ishiga markazlashtirilgan holda rahbarlik qilishdir. Qo’mita tizimi butun respublikani qamrab olgan, davlat statistika idoralari mamlakatning barcha ma’muriy-hududiy tuzilmalarida mavjud. Bu idoralar minglab sanoat korxonalari, qurilish, qishloq xo’jalik korxonalari, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, o’n minglab madaniy, maishiy va boshqa muassasa hamda tashkilotlardan kelib tushgan statistik axborotlarni yig’adi va qayta ishlab chiqadi.
Davlat Statistika qo`mitasi haqida ma’lumot
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi tomonidan davlat statistika idoralariga respublika darajasidagi markazlashtirilgan rahbarlik amalga oshiriladi. U asosiy hisob-statistika markazi sifatida va O’zbekiston Respublikasi hukumati, respublika vazirlik va qo’mitalari, boshqa tashkilotlarni statistik axborotlar bilan ta’minlaydi.
Viloyat agentligi tarkibiga statistika bo’yicha tuman (shahar) boshqarmalari (bo’limlari) — davlat statistika tizimining boshlang’ich tashkilotlari kiradi. Ular barcha qishloq xo’jalik, sanoat, qurilish, transport, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari, tuman yoki shahar maorif va sog’liqni saqlash idoralari ishi haqidagi axborotlarni yig’adi va qayta ishlab chiqadi.
Davlat Statistika qo`mitasi haqida ma’lumot
Davlat Statistika qo`mitasining stat.uz deb nomlangan rasmiy veb-sayti mavjud. Ushbu sayt respublikaning barcha sohalaridagi statistik ma’lumotlarni yig`adi.
Davlat Statistika qo`mitasining viloyatlar kesimida boshqarmalari tashkil etilgan bo`lib, ularning ham o`z rasmiy veb-saytlari mavjud.
misol uchun: Namangan viloyati statistika boshqarmasi uchun namstat.uz