Oddiy svodkalash
Ma’lumotlarni oddiy svodkalash deganda ularni guruhlarga bo‘lmasdan to‘plam bo‘yicha umumiy jamini hisoblash tushuniladi. Bunga, tuman shirkat xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan paxta miqdorlarini bir-biriga qo‘shib, tuman bo‘yicha jamini aniqlash misol bo‘la oladi. Masalan, tumanda 20 ta shirkat xo‘jaligida paxta yetishtirilsa, ularda yetishtirilgan yalpi hosillarini bir-biriga qo‘shib, tuman bo‘yicha yetishtirilgan paxta yalpi hosili aniqlanadi. Bu esa oddiy svodkalash hisoblanadi. Ma’lumotlarni murakkab svodkalash deganda ijtimoiy hodisalar to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni dastur bo‘yicha rejalashtirilgan belgilar asosida guruhlarga bo‘lib o‘rganish tushuniladi. Jami shirkat xo‘jaliklarini ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlarga bo‘lib o‘rganish murakkab svodkalashga misol bo‘la oladi.
Murakkab svodkalash
Ma’lumotlarni murakkab svodkalash deganda ijtimoiy hodisalar to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni dastur bo‘yicha rejalashtirilgan belgilar asosida guruhlarga bo‘lib o‘rganish tushuniladi. Jami shirkat xo‘jaliklarini ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlarga bo‘lib o‘rganish murakkab svodkalashga misol bo‘la oladi.
Statistik svodkalash mazmuniga ko‘ra 2ga bo’linadi.
1.tor ma’nodagi svodkalash
2. keng ma’nodagi svodkalash
Tor ma’nodagi svodkalashda o‘rganilayotgan to‘plam bo‘yicha umumiy yakunini (jamini) hisoblash tushuniladi. Masalan, tuman xo‘jaliklari bo‘yicha yetishtirilgan don, paxta, sabzavot yoki sotilgan paxta, don kabi ko‘rsatkichlarning jamini hisoblab chiqish bunga misol bo‘la oladi.
Tor ma’nodagi svodkalash
Tor ma’nodagi svodkalashda o‘rganilayotgan to‘plam bo‘yicha umumiy yakunini (jamini) hisoblash tushuniladi. Masalan, tuman xo‘jaliklari bo‘yicha yetishtirilgan don, paxta, sabzavot yoki sotilgan paxta, don kabi ko‘rsatkichlarning jamini hisoblab chiqish bunga misol bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: |