Statistik svodkalashning muhim bosqichi statistik guruhlash hisoblanadi. Statistik guruhlash ijtimoiy hodisalarni o‘zaro bog‘lagan holda har tomonlama chuqur o‘rganish maqsadida muhim belgilari bo‘yicha sifat jihatdan bir xil guruhlarga ajratib o‘rganish usulidir.
Statistik guruhlash usuli ommaviy ijtimoiy hodisa va voqealar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va bog‘liqlik turlari va qonuniyatlarini aniqlash va ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega. Guruhlash usuli statistik to‘plamlarda miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tish jarayonini aniqlashda juda muhim o‘rin tutadi, ana shuning uchun ham, ijtimoiy hodisalarni tadqiq qilishda keng qo‘llaniladi.
Guruhlash usuli 3 ta asosiy vazifani hal qilishda qo‘llaniladi:
1. Hodisalarni ijtimoiy-iqtisodiy turlarga ajratib o‘rganish.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar tuzilmasi va undagi o‘zgarishlarni o‘rganish.
3. Ijtimoiy hodisalar orasidagi bog‘lanish va bog‘liqlikni o‘rganish.
Guruhlash belgisi deganda guruhlash uchun asos qilib olingan muhim belgi tushuniladi. Guruhlash belgisini to‘g‘ri tanlash guruhlash nazariyasining muhim masalalaridan biridir. Guruhlash belgisini tanlashda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:
Guruhlash belgisi deganda guruhlash uchun asos qilib olingan muhim belgi tushuniladi. Guruhlash belgisini to‘g‘ri tanlash guruhlash nazariyasining muhim masalalaridan biridir. Guruhlash belgisini tanlashda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:
1. Eng avvalo, o‘rganiladigan hodisaning mohiyatini chuqur anglash zarur;
2. Guruhlashni amalga oshirayotgan vaqtda unga asos qilib har doim muhim belgilarni olish zarur.
3. Guruhlash belgisini tanlashda o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisaning aniq xususiyatlarini hisobga olish kerak.
4. Murakkab ijtimoiy hodisalarni tavsiflashda bir necha muhim belgilarni olish kerak.
Guruhlash belgilari ifodalanishiga qarab ikki turga bo‘linadi: