Statistik taxminlar va ularning turlari. Statistik taxminlarni tekshirish



Yüklə 167,5 Kb.
səhifə2/5
tarix27.04.2023
ölçüsü167,5 Kb.
#103634
1   2   3   4   5
sVeq3jPmELGIz2jal1p2RHkOuDt13EtnXGdHVoIy

1-eslatma. To‘g‘ri qaror ham ikki holda qabul qilinishi mumkin:
1) taxmin qabul qilinadi, u aslida ham togri edi;
2) taxmin rad etiladi, u aslida ham noto‘g‘ri edi.
Shunday qilib, ayrim tanlanmalar bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul qilinadi, boshqalari bo‘yicha noto‘g‘ri qaror qabul qilinadi. Qaror esa statistika yoki statistik tasnif deb ataluvchi tanlanmadan olingan biror bir funktsiyaning qiymati asosida qabul qilinadi. Bu statistika qiymatlar to‘plamini ikkita kesishmaydigan to‘plamlarga ajratishi mumkin:
taxmin qabul qilinadigan (rad etilmaydigan) statistikaning qiymatlar to‘plam ostisi taxminning qabul qilinish sohasi deyiladi.
taxmin qabul qilinmaydigan (rad etiladigan), taxmin qabul qilinadigan statistikaning qiymatlar to‘plam ostisiga kritik soha deyiladi. Taxminlarni tekshirganda tushunarliki noto‘g‘ri qaror qabul qilish ehtimolini kamaytirish maqsadga muvofiqdir. Birinchi tur xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolini orqali belgilash qabul qilingan; u ahamiyatlilik darajasi deyiladi. Ahamiyatlilik darajasi ko‘pincha 0,05, 0,01 ga teng qilib olinadi. Lekin ko‘p holda 1-tur xatoligi ehtimolining kamayishi 2-tur xatoligi ehtimolining oshishiga olib keladi. 2 tur xatoligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham statistika ва ehtimolliklar minimal bo‘ladigan qilib tanlanadi. Ushbu qo‘llanmada taxmin har doim oddiy deb faraz qilinadi, shuning uchun ham to‘g‘ri taxminda statistika taqsimoti ma‘lum. Eng yaxshi statistikani tanlash usullari ko‘rib chiqilmagan. Statistikaning kritik sohasini aniqlash uchun ahamiyatlilik darajasi va alternativ taxminning ko‘rinishi e’tiborga olinadi.
Noma’lum parametr ning qiymati haqidagi asosiy taxmin quyidagicha:

Alternativ taxmin esa quyidagi ko‘rinishlardan biri bo‘lishi mumkin:
, ,
Mos ravishda chap tomonlama, o‘ng tomonlama yoki ikkitomonlama kritik sohalarni olish mumkin. Kritik sohaning chegaraviy nuqtalari statistikaning taqsimot jadvallaridan aniqlanadi.
Statistik taxminni tekshirish bosqichlari quyidagilardan iborat
1) ва taxminlar aniqlanadi;
2) Statistika tanlanadi va ahamiyatlilik darajasi beriladi;
3) Ahamiyatlilik darajasi , alternativ taxmin va jadvallar
orqali kritik soha aniqlanadi;
4) Tanlanma bo‘yicha statistika qiymati hisoblanadi;
5) Statistika qiymati kritik soha bilan taqqoslanadi;
6) Qaror qabul qilish: agar statistika qiymati kritik sohaga kirmasa, u holda taxmin qabul qilinadi, rad etiladi, agar kritik sohaga kirsa, u holda taxmin rad etiladi, taxmin qabul qilinadi.
Ayrim hollarda altevnativ taxmin ni aniqlashdan oldin statistika qiymatini xisoblash uchun bosh to‘plam parametrlarining siljimagan baholarini topishni talab etadigan 4) bosqichni bajarish maqsadga muvofiqdir. Masalan taxmin tekshirilayapti va o‘rta qiymat uchun siljimagan baxo bo‘lsa, u holda ko‘rinib turibtiki alternativ taxmin yoki ko‘rinishda qilib tanlab olish kerak.
Statistik taxminni tekshirish natijalariga quyidagicha interpretatsiya beriladi: agar taxmin qabul qilinsa, u holda bu isbotlangan hisoblanadi, agar taxmin qabul qilinsa, u holda kuzatish natijalariga zid emasligini tan olgan bo‘lamiz, lekin qaror qabul qilishdan oldin yana qo‘shimcha tadqiqot o‘tqazish kerak bo‘ladi.




  1. Yüklə 167,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin