Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammlar. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar statistik ma’lumotlarni ko’rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir. Ular har xil ko’rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi va ularning zamonda (vaqtda) o’zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi.
4.6. Sektorli diagrammalar. Sektorli diagramma bo’laklarga ajratilgan doiradan iborat bo’lib, ularning kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida murakkab hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning strukturasi tasvirlanadi. Ular quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni o’rganilayotgan to’plamning umumiy yig’indi soni (100%) deb qabul qilinadi. Keyin esa tarkibiy qism sonlariga proportsional holda doira sektorlarga bo’linadi. Buning uchun sektorlarning markaziy burchaklari topilib, transportir yordamida ular doirada belgilanadi. Agar butun va bo’lak sonlar absolyut miqdorda ifodalangan bo’lsa, markaziy burchaklarni aniqlash uchun 3600 ni umumiy butun songa bo’lib, masshtab belgilanadi va uni ketma-ket bo’lak sonlarga ko’paytiriladi. Agarda hodisaning tuzilishi tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan ifodalangan bo’lsa (umumiy to’plam 100% deb olinib, uning ayrim qismlari jamiga nisbatan protsentda hisoblangan), u holda masshtab 3,60 ga teng (3600: 100%) bo’lib, ayrim qismlarning salmog’i (% da hisoblangan) unga ko’paytiriladi.
4.7. Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar
Bu diagrammalar yassi diagrammalar turkumiga kiradi va qator kvadrat yoki doiralardan iborat bo’lib, ularning har biri o’z maydoni bilan tasvirlanuvchi hodisa miqdorini ifodalaydi. Bunday diagrammalar dinamika qatorlarini tasvirlash va bir vaqt (davr) ga tegishli miqdorlarni solishtirish maqsadida tuziladi. Kvadrat shaklli diagrammalarni tuzish uchun tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqariladi va so’ngra tomonlari olingan natijalarga proportsional qilib kvadratlar chiziladi. Doira shaklli diagrammalar ham shu tartibda tuziladi. Ammo bu holda radiuslari tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqarish natijasida olingan miqdorlarga proportsional bo’lgan doiralar chiziladi.