4.8. Tasvirli (suratli) diagrammalar Grafiklarning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun diagrammlar o’rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yo’li bilan tuziladi. O’lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi. Masalan, temir yo’lda yuk aylanmasining o’sishini tasvirlash uchun yuk vagonlari chiziladi.
4.9. Statistik xaritalar Jo’g’rofiy tuzilishga ega bo’lgan statistik qarorlar statistik xarita shaklida tasvirlanadi. Bu xaritalar o’rganilayotgan hodisalarning hududiy taqsimlanishida qanday xususiyat va qonuniyatlar mavjudligini oydinlashtiradi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlarni iqtisodiy mintaqalar bo’yicha joylashtirish va rivojlantirish masalalarini o’rganishda, iqtisodiy resurslardan foydalanishni hududiy kesimda qarab bu boradagi miqdoriy nisbatni va qonuniyatlarni belgilashda juda qo’l keladi.
Statistik xaritalar iqtisodiy jo’g’rofiy xaritalardan farq qiladi. Iqtisodiy-jo’g’rofiy xaritalar ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatdan tavsiflab va chamalab (baholab), ularning jo’g’rofiy joylanishini katta aniqlik bilan mufassal tavsiflaydi. Statistik xaritalar esa shu masalalarga oid statistik ma’lumotlarni umuman hududiy kesimda fazoviy miqdoriy nisbatlarni yaqqolroq tasavvur qilishga imkon beradi. Demak, iqtisodiy jo’g’rofiy xaritalar iqtisodiy resurslarning joylanishini sifat tomondan ta’riflab bersa, statistik xaritalar esa uni miqdor jihatidan ifodalaydi. Bu o’rinda statistik xaritalarni, umuman jo’g’rofiy kesimda tuzilgan statistik jadvallar mazmunini tasviriy ifodalash deb ta’riflash mumkin bo’lar edi. Ammo ular bunday jadvallarga nisbatan bir muncha sermazmundir, chunki tasviriy til jadval tiliga qaraganda jo’g’rofiy jadvallarda ifodalangan miqdor va nisbatlarni fazoda belgilab olish uchun yaxshiroq moslashgandir. Demak, statistik xaritalar jo’g’rofiy tartibda tuzilgan jadvallarni zo’raytirib beradi.
Statistik xarita shunday konturli jo’g’rofiy xaritaki, unda faqat ma’muriy bo’linmalarning konturlari (ayrim hollarda yana suv arteriyalari) mavjud bo’lib, ular chegarasida statistik ma’lumotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi.
Xaritogramma - shunday statistik xaritaki, unda o’rganilayotgan hodisaning hu-dudiy taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymat-lariga moslab olingan shartli belgilar (shtrixlar, rang, nuqtalar va h.k.) bilan tasvirlanadi.
Statistik xaritalar ko’zlangan maqsad va vazifalarga qarab uch turga - xaritogramma va xaritodiagrammalarga va markazgrammalarga bo’linadi. Agarda biror hodisaning hududlar bo’yicha taqsimlanishini tasvirlash zarur bo’lsa, u holda xaritogramma qo’llaniladi. Ammo maqsad ayrim mintaqalarni berilgan belgilar asosida to’laroq ta’riflashdan yoki mintaqalararo aloqalarni tasvirlashdan iborat bo’lsa, u holda xaritodiagramma tuziladi.
Xaritogramma - shunday statistik xaritaki, unda o’rganilayotgan hodisaning hududiy taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymatlariga moslab olingan shartli belgilar (shtrixlar, rang, nuqtalar va h.k.) bilan tasvirlanadi. Bu belgilar har bir bo’linma konturi ichiga ko’rsatkichning qiymatiga qarab joylashtiriladi. Xaritogarmma tusli va nuqtali turlarga bo’linadi.
Hodisaning intensivligini (masalan, aholi zichligi) hududlar bo’yicha ta’riflovchi taqsimlanish qatorlari tusli xaritogarmma ko’rinishida tasvirlanadi (4.11-grafik).
Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlarning yig’indisi iqtisodiy mazmunga ega emasdir. Demak, shunday hollarda tusli xaritogarmmalarni tuzish mumkin.
O’rganilayotgan hodisaning ayrim hududlarda tarqalishi, ya’ni uning tumanlar bo’yicha taqsimlanishi nuqtali xaritogrammalar shaklida tasvirlanadi. Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlar (sonlar)ning yig’indisi iqtisodiy mazmunga egadir. Faqat shunday xolatda nuqtali xaritogrammalarni tuzish mumkin.
Markazgrammalar deganda jadvallar to’la holda joylashtiriladigan xaritogrammalar tushuniladi. Masalan, viloyatlar bo’yicha aholi dinamikasi haqidagi ma’lumotlarni statistik-jo’g’rofiy jihatdan tasvirlash uchun bunday markazgrammalar tuzish mumkin. Bu holda konturli xaritalarda ma’lumotlar tegishli hududiy bo’linmalar (viloyatlar) bo’yicha tasvirlanadi.
4.12. Mustaqil ishlash uchun savollar va mashqlar.
1. Statistik jadvallar deganda nimani tushunasiz? Ular so’z bilan bayon etishga qaraganda afzalliklarga egami?
2. Statistik jadval qanday unsurlardan tarkib topgan? Uning ega va kesimi deganda nima tushuniladi? Jadval maketi deganda-chi?
3. Statistik jadvallarning qanday turlarini bilasiz?
4. Oddiy jadvallar nima? Gruppoviy-chi? Kombinatsion jadval-chi?
5. Talabalar davomati qayd qilinadigan jurnal kanday jadval turiga misol bo’ladi? Imtixon daftarchangiz-chi? Reyting ballari jurnalichi? Imtixon qaydnomasi-chi?
6. Kursdoshlaringiz o’zlashtirishi bilan davomati o’rtasidagi bog’lanish natijalari keltirilgan jadval qaysi jadval turiga misol bo’ladi?
7. Kursdoshlaringiz fanlarni o’zlashtirish jarayonini tasvirlaydigan kombinatsion jadval maketini tuzing?
8. Kombinatsion jadval gruppaviy jadvalga nisbatan qanday afzalliklarga va nuqsonlarga ega?
9. O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti shakllanish jarayonini tasvirlash uchun oddiy, gruppaviy va kombinatsion jadval maketlarini tuzing.
10. O’zbekiston Respublikasining 2002 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari degan statistik yilnomada keltirilgan jadvallardan qaysilari oddiy, gruppaviy va kombinatsion jadvallarga misol bo’ladi.
11. Gruppangizda 20 talaba bo’lib, 11 kishi qizlar, 9 kishi o’g’il bolalar, qizlar orasida a’lochilar 7 ta, o’g’il bolalar ichida esa 3 ta, o’g’il bolalar ichida 40%i darslarga yomon qatnashgan, qizlar orasida esa 15%, buning ustiga yomon qatnashganlar ichida 50% o’g’il bola va 10% qiz bola yil davomida mustaqil o’z ustida kam ishlagan. Bu ma’lumotlarni jadval shaklida bayon eting.
12. YUqoridagi (11chi) ma’lumotlar asosida turli diagrammalar tuzing.
13. Statistik grafiklar deganda nima tushunasiz?
14. Grafik unsurlarini sanab chiqing va ularning funktsiyasini tushuntirib bering.
15. Grafiklar qanday turlarga ajraladi?
16. Xodimlarning vaqt bo’yicha o’zgarish ko’rsatkichlar qanday diagrammalar yordamida tasvirlanadi? Ularning tuzilishichi? Ular orasida o’zaro bog’lanishchi?
17. Aholi jon boshiga paxta va don ishlab chiqarish xajmini mamlakatlararo, viloyatlararo va xo’jaliklararo taqqoslash uchun qanday diagramma turidan foydalanish mumkin?
18. CHiziqli diagrammalarning qanday turlari mavjud va ular qanday tartibda tuziladi? Bu diagrammalar yordamida qanday jarayonlarni tasvirlash mumkin?
19. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar qanday tartibda tuziladi? Ular yordamida qanday jarayonlarni tasvirlash mumkin?
20. Sektorli diagrammalarni tuzish tartibini bir misolda tushuntirib bering. Ular yordamida qanday jarayonlar tasvirlaysiz?
21. Doira va kvadrat shaklli diagrammalar qachon qo’llanadi? Ularni tuzish tartibini bir misolda tushuntirib bering.
22. Iqtisodiy nazariyadan sizga ma’lum bo’lgan Lorents egri chizig’i qanday diagramma turiga misol bo’ladi? Uni tuzish tartibini bilasizmi?
23. O’zbekiston aholisining jinsi-yoshi bo’yicha taqsimotini qandan diagramma shaklida tasvirlash mumkin? Aholi jinsi-yoshi piramidasini chiza olasiz-mi?
24. Tasvirli diagrammalar qanday tartibda tuziladi? Reklamalarda ular qo’llaniladimi?
25. Xaritagramma va xaritadiagramma nima va qanday maqsadda tuziladi?
26. Markazgrama nima, u xaritagrammadan qanday farq qiladi?