Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Hodisaning sifati va miqdori deganda nimalar tushuniladi?
2. Statistik ko’rsatkich nima,ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda u qanday ahamiyatga ega?
3. Statistik ko’rsatkich bilan hodisa belgisi o’rtasida qanday munosabat mavjud?
4. Statistik ko’rsatkich qanday unsurlarga ega,uning sifat tomoni nima,miqdor tomoni-chi?
5. Ko’rsatkich tegishli makon va zamonda qanday maqsad uchun xizmat qiladi?
6. Statistik ko’rsatkichlarning qanday turlari bor?
7. Mutlaq miqdor deganda nima tushuniladi?
8. Mutlaq miqdorlarning qanday turlarini bilasiz?
9. Mutlaq miqdorlar qanday shakllarda (o’lchov birliklarida) ifodalanadi?
10. SHartli o’lchov birliklari nima va qachon qo’llanadi?
11. Nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik ko’rsatkichlarni pulda (qiymatda) ifodalash kerak ?
12. Ayollar, erkaklar va bolalar poyafzallarini, ko’ylaklarini, kostyumlari va boshqa buyumlarini donalab hisoblab bo’ladimi? Agarda bo’lsa, bunday o’lchash qanday kamchiliklarga ega?
13. Bilim darajangizni qanday ko’rsatkichlar yordamida o’lchash mumkin?
14. Nima uchun ishlab chiqilgan chit va boshqa gazmol turlari pogonometr va jismoniy metrda o’lchanadi?
15. qaysi holda mashinasozlik mahsulotlari jismoniy birliklarda va qaysi paytda og’irlik birligida o’lchanadi?
16. qanday maqsad ko’zlanganda barcha buyumlar og’irlik birliklarida o’lchanadi va nima uchun turli o’lchov birliklarida hisoblanadi?
17. Aholi ro’yxatida Sizning yoshingiz qaysi o’lchov birligida qayd qilinadi?
18. Hamyoningizda 3000 so’m bor, yil boshiga nisbatan iste’mol baholari 60% oshgan. Real qiymatda hamyoningizdagi pul necha so’m?
19. Siz o’tgan oyda 1-kun 4 soat, 2-kun 10 soat, 3-kun 6 soat o’qigansiz, boshqa kunlari kasal bo’lib o’qishga kelmagansiz. qancha odam-soat, odam-kun va odam-oy o’qishda bo’lgansiz?
20. SHirkat xo’jaligida 5ta 6 qatorli, 8ta 4 qatorli va 3ta 2 qatorli paxta terish mashinalari bor, paxta ekin maydoni 500 ga. Xo’jalik terim mashinalari bilan qanday ta’minlangan ?
21. Nisbiy miqdorlar nima va ular qanday ifodalanadi? Foiz bilan koeffitsiyent, foiz bilan promille o’rtasida qancha farq bor?
22. Taqqoslash deganda nima tushuniladi, uning qanday turlari mavjud?
23. Nisbiy miqdorlarning qanday turlarini bilasiz?
24. Nisbiy ko’rsatkich turlari orasida qanday o’zaro bog’lanishlar bor?
25. Gruppangizga ikki talaba qo’shilishi natijasida a’zolar soni 10% oshgan. A’lochilar soni 20% ko’payib, ularning gruppadagi salmog’i 40%ga yetgan. O’tgan yili a’lochilar soni qancha bo’lgan va gruppada necha foizni tashqil etgan?
26. Universitet talabalari soni 5% oshgan holda prezident stipendiatlari 20% ko’paygan. Ularning salmog’i necha foizga oshgan ?
27. Asosiy fondlar 5% oshgani holda ishlab chiqarilgan mahsulot 4% kamaygan. Fond qaytimi qanday o’zgargan?