Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Qisman kuzatishning qanday turlarini bilasiz?
2. Tanlanma kuzatish nima? Boshqa qisman kuzatish turlaridan nimalar bilan farq qiladi?
3. Tanlanma tekshirishlar qanday maqsad va vazifalarni ko’zlaydi?
4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday hodisa va jarayonlar tanlanma kuzatish yo’li bilan o’rganiladi? Misollar keltiring.
5. bosh va tanlanma to’plam deganda nimani tushunasiz? Ular qanday umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
6. Reprezentativlik xatosi nima? U qayd qilish xatosidan nimalar bilan farq qiladi?
7. Reprezentativlik xatosining qanday turlarini bilasiz? Ular orasidagi farqlarni tushuntirib bering.
8. Tanlanma reprezentativ bo’lishi qanday tanlash usullari yordamida ta’minlanadi?
9. Asl ma’noda tasodifiy tanlash deganda nimani tushunasiz? U qanday yo’llar bilan amalga oshiriladi?
10. Siz Universitet talabalari statistika fanini o’zlashtirish darajasini baholash maqsadida tanlanma kuzatish o’tkazmoqchisiz. Buning uchun talabalarni qanday tartibda tanlab olasiz? Matematika yoki iqtisodiy nazariyani yaxshi biladigan talabalarni ko’proq tanlab olish mumkinmi? Universitetga kirish test sinovlarida talabalardan eng yuqori ballar olgan talabalarni-chi?
11. Tanlanmaga tushgan har bir talabani og’zaki so’roq-javob yo’li bilan o’zlashtirish haqidagi ma’lumotlarni to’plash mumkinmi? Bu holda qanday xatolarga yo’l qo’yish mumkin?
12. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yashirin iqtisodiyot bilan shug’ullanuvchilar bo’lishi shak-shubhasizdir. Bu iqtisodiyot miqyosining tanlanma usulda baholab bo’ladimi? Siz bunday tanlanma kuzatish tashkil etish yo’llari haqida qanday fikrlarni bildira olasiz?
13. Mexanik tanlash nima? qanday hollarda uning natijalari tasodifiy tanlanmaga mos keladi va qanday hollarda farq qiladi?
14. Tiplarga (guruhlarga) ajratib tanlash deganda nimani tushunasiz? Talabalar bilim darajasini o’rganish maqsadida bu usuldan qanday tartibda foydalanish mumkin yoki butunlay mumkin emasmi?
15. Seriyalab tanlash deganda nimani tushunasiz? qanday hollarda bu usuldan foydalanish mumkin?
16. Tanlanma ko’rsatkichning kvadratik xatosi va qanday ishonchli chegaralarda bo’lishi mumkinligi qanday aniqlanadi?