Statistika predmeti va uslubi



Yüklə 76,54 Kb.
səhifə5/6
tarix07.06.2023
ölçüsü76,54 Kb.
#126180
1   2   3   4   5   6
2 5456136348995956885 (1)

Iqtisodiy statistika
Insoniyat turmushi, xatti-harakatlari, ijtimoiy hayot statistika qo‘llanishi va rivojlanishi uchun bepoyon makon yaratdi. Uning ilm-fan tarmog‘i va amaliy faoliyat sohasi sifatida ilk bor shakllanishida yetakchi rolni aynan turmush voqealari va yashash zaruriyati, ijtimoiy hayot hodisalari o‘ynagani bejiz emas.
Statistika yagona mustaqil fan sifatida gavdalanishi va turli sohalarda qo‘llanishiga sabab uning predmeti bo‘lmish ommaviy hodisa va jarayonlar hamma sohalarda ro‘yobga chiqishi va umumiy xislatlarga ega bo‘lishidir. Shu bilan bir qatorda ayrim sohalarda ular o‘ziga xos sharoitlarda yuzaga chiqadi va ularning ta’siri ostida xususiy xususiyatlarga ham ega bo‘ladi. Shu tufayli statistik qonuniyatlar namoyon bo‘lish me’yori ham, rivojlanish shakllari ham har bir sohada o‘ziga xos yo‘l bilan kechadi. Bu esa statistika uslubiyatini muayyan soha sharoitiga muvofiqlashtirishni, unga mos keladigan usullarni qo‘llashni, sharoit o‘zgarishi bilan ularni shaklan va mazmunan takomillashtirib turishni, yangilarini yaratib, eskilari o‘rniga ularni ishlatishni talab etadi va haqiqatda ham shunday bo‘lmoqda. Pirovard natijada har bir soha statistikasi yagona statitisika fani doirasida ma’lum darajada mustaqil fan va shu bilan birga uning muhim tarmog‘i, yo‘nalishi sifatida shakllanadi.
Iqtisodiy statistika ana shunday fanlar qatoriga kiradi va yagona statistika fanining juda muhim tarmog‘i hisoblanadi. xuddi shuningdek uning chegarasida mustaqil yo‘nalish sifatida tarmoq statistikalari - mikroiqtisodiy statistika, makroiqtisodiy statistika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoq va sohalar statistikalari vujudga keladi va rivoj topmoqda.
Iqtisodiy jarayon - bu insonlarning doimo takrorlanib turuvchi xatti-harakatlari majmuidir. Ijtimoiy taraqqiyotning muayyan tarixiy sharoitida mazkur xatti-harakatlar ma’lum holatda takrorlanadi, ya’ni o‘ziga xos qonuniyatlar bilan xarakterlanadi. Bu qonuniyatlar ayrim harakatlarda yoki ularning funksiyalari orasida doimo takrorlanuvchi bog‘lanishlar (yoki munosabatlar) namoyon bo‘lishini ifodalaydi. Bunday tub bog‘lanishlar iqtisodiy qonunlar deb ataladi. Ularni, har qanday tabiat yoki jamiyat qonunlari kabi uchta turkum (tip) ga ajratish mumkin: sababiyat qonunlari, tuuilma (tuzilish) qonunlari va funksional qonunlar.
Sababiyat qonunlari - bu shunday bog‘lanishlarki, ular bir voqea (yuqoridagi holda harakat yoki harakatlar majmui) sodir bo‘lgandan so‘ng doimo boshqa ma’lum voqea ro‘y berishini ifodalaydi, odatda bunday izchil ketma-ketlik zamonda kuzatiladi. Birinchi voqea sabab deb, ikkinchisi esa - oqibat deb ataladi.
Tuuilma (birgalikda mavjud bo‘lish) qonunlari - bu ikkita yoki undan ortiq voqealarni hamisha birgalikda ro‘y berishini ifodalovchi bog‘lanishlardir. Hamisha bir vaqtda sodir bo‘ladigan hodisalar hisobiga voqealarning ma’lum qonuniy tuzilishi shakllanadi, mana shundan tuuilma qonunlarning nomi kelib chiqadi. Nihoyat, funksional qonunlar - bu miqdoriy o‘lchanadigan voqealar orasidagi bog‘lanishlar bo‘lib, ularni matematik funksiyalar shaklida ifodalash mumkin.
Iqtisodiy jarayonga tegishli ayrim yakka harakatlarda mazkur zaruriy yoki muhim bog‘lanishlar (munosabatlar) sof holda namoyon bo‘lmaydi. Bundan tashqari, faqat ayrim hollarda uchraydigan, lekin harakatning boshqa takrorlanishida yuzaga chiqmaydigan bog‘lanishlarni ham kuzatish mumkin. Ular yordamchi yoki tasodifiy bog‘lanishlar deb atalib, iqtisodiy qonunlar amal qilishi uchun to‘siqlar paydo qiladi. Matematiklar bunday holatni asl bog‘lanishlarni aynashiga, bir muncha buzilishiga sabab bo‘ladigan tashqi shovqinlar deb ham yutiradilar.

Stoxastik yoki statistik qonunlar - bu bir turli hodisalarni ommaviy takrorlanishida namoyon bo‘ladigan qonunlar.
Shuning uchun iqtisodiy qonunlar iqtisodiy jarayonni shakllantiruvchi xatti-harakatlar faqat ko‘p marotaba takrorlangan sharoitdagina namoyon bo‘ladi. Buni nazarga olib, ular stoxastik yoki statistik qonunlar xarakteriga ega deb gapiradilar. Stoxastik yoki statistik qonunlar - bu bir jinsli hodisalarni ommaviy takrorlanishida namoyon bo‘ladigan qonunlar. Erkin bozor munosabatlari sharoitida ular erkin raqobat ta’siri natijasi bo‘lib stixiyali ravishda amal qiladi. Bir iqtisodchi olim ta’biri bilan aytganda, bunday qonunlar “tartibsiz alg‘ov-dalg‘ovlar orasidan faqat ko‘r-ko‘rona amal qiladigan o‘rtacha sonlar qonuni sifatida o‘ziga yo‘l ochadi”. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida ham iqtisodiy qonunlar o‘rtacha sonlar qonuni tarzida ro‘yobga chiqishi o‘z kuchini saqlaydi, ammo ular endi butunlay stixiyali ravishda tartibsiz alg‘ov-dalg‘ovlar orasida emas, balki u yoki bu darajada davlat tomonidan tartibga solingan ijtimoiy iqtisodiy muxit sharoitida amal qiladi.

Iqtisodiy statistika predmeti - bu iqtisodiy qonunlarning miqdoriy ifodalanishi, ommaviy iqtisodiy jarayonlarning miqdor-sifat aniqligini o‘rganish.
Shunday qilib, iqtisodiy statistika iqtisodiy qonunlarning aniq makon va zamon sharoitida miqdoran ro‘yobga chiqishini, ommaviy iqtisodiy hodisa va jarayonlarning miqdor-sifat aniqligini o‘rganadi.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlar ierarxik tuzilish jihatidan makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajadagi voqealardan tashkil topadi.
Butun dunyo, ayrim mamlaktlar, katta mintaqalar bozorlari miqyosida yuzaga chiqadigan hodisa va jarayonlar makroiqtisodiy jarayonlar deb ataladi. Masalan, dunyo yoki mamlakat bozorlarida to‘plama taklif va talabni shakllanishi, aholining ish bilan bandligi va ishsizligi, baholar darajasining shakllanishi va o‘zgarishi, milliy valyutalarning qadrsizlanishi va inflyatsiya darajasi, investitsiya jarayonlari, milliy boyliklarning shakllanishi va ulardan foydalanish va hokazolar.
Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o‘rganish, ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi bog‘lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to‘plarida namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, o‘rganilayotgan obyektlar to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlar yoki boshqa so‘z bilan aytganda xom statistik materiallarni to‘plash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi. Kuzatish so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’noga ega: 1) biror narsa (predmet, obyekt)ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko‘zdan kechirish; 2) biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish; 3) voqealarni o‘rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish. Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlang‘ich materiallarni to‘plashdir. U o‘rganilayotgan obyektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog‘liq. Hisob – bu biror predmet miqdorini sanab yoki o‘lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish. Statistik kuzatish ho‘jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida ho‘jalik voqealari buxgalteriya va operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko‘pincha ana shu hisob turlari ma’lumotlariga tayanadi. Shu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish masalalarini o‘rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi. Statistik kuzatish va uning natijasida to‘planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni: 1) aniqlik va to‘g‘rilik; 2) to‘lalik va har taraflamalik; 3) taqqoslamalik, solishtirmalik. Aniqlik – bu ma’lumotlarni real hayotiyligi, haqiqatga to‘la mos kelishi. Butun statistik kuzatish uslubi, uni tashkil etish va amalga oshirish yo‘li ma’lumotlarning aniqligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni haqqoniyligi avvalambor kuzatuvchi statistikning qobiliyatigauning malakasiga, mahoratiga, tajribasiga, masalaning tushuna bilishiga bog‘liq. Ikkinchidan kuzatish jarayonida foydalaniladigan qurollar sifatiga – kuzatish dasturi, statistik formulyarlar, savolnomalar, ularni to‘ldirish uchun yo‘riqnoma (instruktsiyalar)larning mavjudligi, ular to‘liq sodda va tushunarli qilib tuzilishi, jumla va so‘zlarning yagona mazmunga ega bo‘lishiga bog‘liq. Uchinchidan, ma’lumotlarni aniq va haqqoniy bo‘lishiga kuzatilayotgan obyektning tayyorgarlik darajasi ham ta’sir etadi. Masalan, turmush voqealarini kuzatishda aholiga ommaviy axborot vositalari orqali o‘tkaziladigan tekshirishning maqsadi, vazifalarini tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Statistik kuzatish - bu o‘rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plash jarayonidir Statistik kuzatishga talablar: aniqlik, to‘lalik, taqqoslamalik PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com To‘rtinchidan, ma’lumotlarni aniqligi, haqqoniyligi kuzatish uslubiga, uslubiy masalalarning to‘g‘ri yechilishiga bog‘liq. Beshinchidan, ma’lumotlarni aniqlik darajasiga ko‘rsatkichning sotsial funksiyasi ta’sir etadi. Masalan, chaqaloqlar o‘limi darajasi haqidagi ma’lumotlar noaniqligi bu voqealarni ataylab noto‘g‘ri hisobga olinishidan kelib chiqadi. Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng bir oz o‘tganda o‘lib qolishini ko‘pincha o‘lik tug‘ildi deb qayd qilinadi. O‘lik tug‘ilgan bola hodisalarini esa chala tug‘ilgan bola deb hisobga oladilar. Jinoyatlar soni haqidagi ma’lumotlar ham ishonchsizlik tug‘diradi, chunki ular tartibni saqlash va huquqiy tashkilotlar tomonidan qayd etilgan jinoyatlarnigina aks ettiradi. Ma’lumotlarni to‘liqligi, demak, kuzatish jarayonida hamma obyektlarni, birliklarni qamrab olish, har biri haqida barcha ko‘zlangan ma’lumotlarni to‘plashdir. O‘rganish uchun belgilangan obyektlarning ayrimlari kuzatishdan tushib qolsa, yoki ayrim belgi qayd qilinmay qolsa, ma’lumotlar ham to‘liq bo‘lmaydi va ishonchsizlik tug‘diradi. Iqtisodiy nazariya va statistikada yashirin iqtisodiyot degan tushuncha bor. U ma’lum maqsadni ko‘zlab iqtisodiy faoliyat natijalarini hisobdan yashirish, faoliyatning o‘zini ham yashirincha amalga oshirishni anglatadi. Demak, bu holda statistik kuzatish barcha ho‘jalik yurituvchi subyektlarni, hamma iqtisodiy faoliyat turlari va birliklarini, ularning natijalarini qamrab olmaydi. Oqibatda ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni to‘liqligini ta’minlash maqsadida statistika tashkilotlari kuzatish ma’lumotlarining kamini to‘ldirishga oid baholash ishlarini amalga oshiradi, ularni hisob to‘ldirmalarini baholash deb atash mumkin. Ayrim hodisalar haqidagi ma’lumotlar bir-birlari bilan taqqoslama, ya’ni vaqt, joy, hudud va uslub jihatidan yagonaviylikka, tuzilish o‘xshashligiga ega bo‘lishi, bir vaqtda va ma’lum makon chegarasida hamda yagona metodikada to‘planishi kerak. Bundan tashqari, boshqa va oldin bajarilgan tekshirishlar bilan solishtirmaligi ta’minlanishi lozim, aks holda hodisa dinamizmi haqida to‘g‘ri xulosa chiqarib bo‘lmaydi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com Iqtisodiy ma’lumotlarning taqqoslamaligini ta’minlash uchun milliy va xalqaro standartlarni (andozalarni) ishlab chiqish va ularga to‘la amal qilish muhim rol o‘ynaydi. Milliy standartlar mamlakat miqyosida obyektlarni tasniflash, ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilish jarayonida rioya qilinishi zarur bo‘lgan talablar, tartib qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda xalqaro standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar deganda o‘rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblashda, ma’lumotlarni qayd qilish va hisobga olish jarayonida butun dunyo miqyosida yoki ma’lum mamlakatlar birlashmasi chegarasida qo‘llash uchun tavsiya etiladigan umumiy tartib qoidalar, talablar konsepsiyalar majmuasi tushuniladi. Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir. Xalqaro andozalar esa odatda tavsiyaviy xarakterga ega, ammo ularni hisobga olinishi ustidan xalqaro tashkilotlar nazorat olib boradi. 2.3. Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati Turmushimizda, kundalik hayotimizda u yoki bu masalani yechishni ko‘zlab qiladigan har bir xatti-harakatimizdan oldin nima uchun?, nima?, kim?,qanday qilib?, qancha? va qaerda? degan savollarga duch kelamiz va ularga javob axtaramiz. Bunday savol statistik kuzatishlarni tashkil etishda ham tug‘iladi va o‘z yechimini kutadi. Statistik kuzatishda nima uchun? degan savolga kuzatish maqsadi va vazifalari, nima? degan savolga esa kuzatish obyekti, uning birligi va dasturi, statistik formulyarlar va ularni tuzish uchun yo‘riqnomalar javob beradi. Kim? kuzatish subyekti, qachon? deganda kuzatish vaqti, qaerda? deganda kuzatish joyi, qanday qilib? deganda kuzatish usullari va turlari, qancha? deganda kuzatish belgilarining miqdoriy ifodalanishi nazarda tutiladi. Bular statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy unsurlarini tashkil etadi (2.3-tarh). Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o‘rganish, ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi bog‘lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to‘plarida namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, o‘rganilayotgan obyektlar to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlar yoki boshqa so‘z bilan aytganda xom statistik materiallarni to‘plash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi. Kuzatish so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’noga ega: 1) biror narsa (predmet, obyekt)ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko‘zdan kechirish; 2) biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish; 3) voqealarni o‘rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish. Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlang‘ich materiallarni to‘plashdir. U o‘rganilayotgan obyektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog‘liq. Hisob – bu biror predmet miqdorini sanab yoki o‘lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish. Statistik kuzatish ho‘jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida ho‘jalik voqealari buxgalteriya va operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko‘pincha ana shu hisob turlari ma’lumotlariga tayanadi. Shu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish masalalarini o‘rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi. Statistik kuzatish va uning natijasida to‘planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni: 1) aniqlik va to‘g‘rilik; 2) to‘lalik va har taraflamalik; 3) taqqoslamalik, solishtirmalik. Aniqlik – bu ma’lumotlarni real hayotiyligi, haqiqatga to‘la mos kelishi. Butun statistik kuzatish uslubi, uni tashkil etish va amalga oshirish yo‘li ma’lumotlarning aniqligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni haqqoniyligi avvalambor kuzatuvchi statistikning qobiliyatigauning malakasiga, mahoratiga, tajribasiga, masalaning tushuna bilishiga bog‘liq. Ikkinchidan kuzatish jarayonida foydalaniladigan qurollar sifatiga – kuzatish dasturi, statistik formulyarlar, savolnomalar, ularni to‘ldirish uchun yo‘riqnoma (instruktsiyalar)larning mavjudligi, ular to‘liq sodda va tushunarli qilib tuzilishi, jumla va so‘zlarning yagona mazmunga ega bo‘lishiga bog‘liq. Uchinchidan, ma’lumotlarni aniq va haqqoniy bo‘lishiga kuzatilayotgan obyektning tayyorgarlik darajasi ham ta’sir etadi. Masalan, turmush voqealarini kuzatishda aholiga ommaviy axborot vositalari orqali o‘tkaziladigan tekshirishning maqsadi, vazifalarini tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Statistik kuzatish - bu o‘rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plash jarayonidir Statistik kuzatishga talablar: aniqlik, to‘lalik, taqqoslamalik PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com To‘rtinchidan, ma’lumotlarni aniqligi, haqqoniyligi kuzatish uslubiga, uslubiy masalalarning to‘g‘ri yechilishiga bog‘liq. Beshinchidan, ma’lumotlarni aniqlik darajasiga ko‘rsatkichning sotsial funksiyasi ta’sir etadi. Masalan, chaqaloqlar o‘limi darajasi haqidagi ma’lumotlar noaniqligi bu voqealarni ataylab noto‘g‘ri hisobga olinishidan kelib chiqadi. Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng bir oz o‘tganda o‘lib qolishini ko‘pincha o‘lik tug‘ildi deb qayd qilinadi. O‘lik tug‘ilgan bola hodisalarini esa chala tug‘ilgan bola deb hisobga oladilar. Jinoyatlar soni haqidagi ma’lumotlar ham ishonchsizlik tug‘diradi, chunki ular tartibni saqlash va huquqiy tashkilotlar tomonidan qayd etilgan jinoyatlarnigina aks ettiradi. Ma’lumotlarni to‘liqligi, demak, kuzatish jarayonida hamma obyektlarni, birliklarni qamrab olish, har biri haqida barcha ko‘zlangan ma’lumotlarni to‘plashdir. O‘rganish uchun belgilangan obyektlarning ayrimlari kuzatishdan tushib qolsa, yoki ayrim belgi qayd qilinmay qolsa, ma’lumotlar ham to‘liq bo‘lmaydi va ishonchsizlik tug‘diradi. Iqtisodiy nazariya va statistikada yashirin iqtisodiyot degan tushuncha bor. U ma’lum maqsadni ko‘zlab iqtisodiy faoliyat natijalarini hisobdan yashirish, faoliyatning o‘zini ham yashirincha amalga oshirishni anglatadi. Demak, bu holda statistik kuzatish barcha ho‘jalik yurituvchi subyektlarni, hamma iqtisodiy faoliyat turlari va birliklarini, ularning natijalarini qamrab olmaydi. Oqibatda ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni to‘liqligini ta’minlash maqsadida statistika tashkilotlari kuzatish ma’lumotlarining kamini to‘ldirishga oid baholash ishlarini amalga oshiradi, ularni hisob to‘ldirmalarini baholash deb atash mumkin. Ayrim hodisalar haqidagi ma’lumotlar bir-birlari bilan taqqoslama, ya’ni vaqt, joy, hudud va uslub jihatidan yagonaviylikka, tuzilish o‘xshashligiga ega bo‘lishi, bir vaqtda va ma’lum makon chegarasida hamda yagona metodikada to‘planishi kerak. Bundan tashqari, boshqa va oldin bajarilgan tekshirishlar bilan solishtirmaligi ta’minlanishi lozim, aks holda hodisa dinamizmi haqida to‘g‘ri xulosa chiqarib bo‘lmaydi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com Iqtisodiy ma’lumotlarning taqqoslamaligini ta’minlash uchun milliy va xalqaro standartlarni (andozalarni) ishlab chiqish va ularga to‘la amal qilish muhim rol o‘ynaydi. Milliy standartlar mamlakat miqyosida obyektlarni tasniflash, ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilish jarayonida rioya qilinishi zarur bo‘lgan talablar, tartib qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda xalqaro standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar deganda o‘rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblashda, ma’lumotlarni qayd qilish va hisobga olish jarayonida butun dunyo miqyosida yoki ma’lum mamlakatlar birlashmasi chegarasida qo‘llash uchun tavsiya etiladigan umumiy tartib qoidalar, talablar konsepsiyalar majmuasi tushuniladi. Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir. Xalqaro andozalar esa odatda tavsiyaviy xarakterga ega, ammo ularni hisobga olinishi ustidan xalqaro tashkilotlar nazorat olib boradi. 2.3. Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati Turmushimizda, kundalik hayotimizda u yoki bu masalani yechishni ko‘zlab qiladigan har bir xatti-harakatimizdan oldin nima uchun?, nima?, kim?,qanday qilib?, qancha? va qaerda? degan savollarga duch kelamiz va ularga javob axtaramiz. Bunday savol statistik kuzatishlarni tashkil etishda ham tug‘iladi va o‘z yechimini kutadi. Statistik kuzatishda nima uchun? degan savolga kuzatish maqsadi va vazifalari, nima? degan savolga esa kuzatish obyekti, uning birligi va dasturi, statistik formulyarlar va ularni tuzish uchun yo‘riqnomalar javob beradi. Kim? kuzatish subyekti, qachon? deganda kuzatish vaqti, qaerda? deganda kuzatish joyi, qanday qilib? deganda kuzatish usullari va turlari, qancha? deganda kuzatish belgilarining miqdoriy ifodalanishi nazarda tutiladi. Bular statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy unsurlarini tashkil etadi (2.3-tarh).
Fursatli davriy kuzatish deganda voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tganda uni qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oralig‘ida takrorlab turish tushuniladi. Masalan, har o‘n yilda aholi ro‘yxatini o‘tkazish, talabalar o‘zlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali baholash. Bir yo‘la kuzatish deganda qandaydir masalani yechish zaruriyati tug‘ilganda turli muddat oralig‘ida qaytarib turiladigan kuzatish nazarda tutiladi. Bunga misol qilib uy-joy fondi ro‘yxati, ko‘p yillik mevali daraxtlar ro‘yxati, tabiiy ofat natijasida ko‘rilgan zararlarni baholash ishlarini ko‘rsatish mumkin. O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini o‘z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajraladi. Yoppasiga kuzatishda to‘plam barcha birliklari haqidagi zaruriy ma’lumotlar to‘planadi. Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha ho‘jalik yurituvchi subyektlar tuzadi va statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi ro‘yxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro‘yxatlari ham yoppasiga kuzatishga misol bo‘la oladi. Yoppasiga kuzatish, ayniqsa, aholi ro‘yxati va boshqa ro‘yxatlar mamlakatning bir vaqtda barcha hududlarida barcha qisqa muddatda amalga oshiriladi. Shuning uchun ularning dasturi sodda va ixcham kuch va mablag‘larni talab qiladi. Qisman kuzatishda asosiy uslubiy masala umumiy to‘plam birliklari ichidan kuzatish uchun bir qismini to‘g‘ri olishdan iborat. Bu kichik to‘plam shunday shakllantirilishi kerakki, butun umumiy to‘plam birliklari orasidagi o‘zaro munosabatlar yuqori darajali aniqlik bilan kuzatish uchun olingan birliklarda ham o‘z ifodasini topsin. Shunday sharoitdagina qisman tekshirish natijalari asosida umumiy to‘plam haqida fikr yuritish, xulosa chiqarish imkoniyati (ehtimoli) tug‘iladi. Statistikada qisman kuzatishning quyidagi turlari mavjud: a) anketa (savolnoma) orqali kuzatish; b) asosiy massivni kuzatish; v) monografik tasvirlash; g) tanlama kuzatish. Fursatli davriy kuzatish - bu voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum muddat o‘tganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt oralig‘ida takrorlab turish Bir yo‘la kuzatish -bu hodisani har zamonda, ehtiyoj tug‘ilishiga qarab kuzatish. Yoppasiga kuzatish - bu to‘plamning hamma birliklari haqida ma’lumot to‘plash. Qisman kuzatish - bu mavjud kata to‘plamdan bir qism birliklarni olib, ular haqida ma’lumotlar to‘plash. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com Anketa orqali kuzatishning mohiyati shundaki, unda tegishli savollar yozilgan varaqalar javob yozib yuborishni iltimos qilib respodentlar orasida tarqatiladi. Ammo varaqlarni to‘ldirish ixtiyoriy bo‘lgani uchun odatda tarqatilgan anketalarni faqat bir qismi javobi bilan qayta olinadi. Natijada qisman kuzatishga ega bo‘lamiz. Qisman kuzatish turlaridan yana biri asosiy massivni tekshirish deb ataladi. Uning xususiyati shundaki, kuzatish uchun o‘rganilayotgan belgining umumiy hajmida eng salmoqli o‘rin tutgan to‘plamning asosiy qismi ajratib olinadi, boshqalari esa kam salmoqqa ega bo‘lganligi sababli tashlab yuboriladi, chunki, ular tekshirish natijasiga sezilarli ta’sir etmaydi.. Monografik tasvirlash deganda tipik hodisalarni har taraflama chuqur va sinchiklab o‘rganish tushuniladi. U yoppasiga kuzatish natijalarini boyitish maqsadida o‘tkaziladi. Monografik tasvirlash barcha to‘plam haqida fikr yuritish uchun ma’lumot to‘plashni ko‘zlamaydi va shu bilan qisman kuzatishning boshqa turlaridan farq qiladi. Tanlama kuzatish qisman kuzatish turlari ichida ilmiy asoslangan bo‘lib, eng yaxshi natija beradi. U to‘g‘ri tashkil etilganda olingan ma’lumotlar umumiy to‘plam haqida to‘la-to‘kis va aniq fikr yuritish imkoniyatini yaratadi. Tanlama kuzatish deganda umumiy bosh to‘plamdan bir qismini ilmiy asoslangan, vakolatlikni to‘la ta’minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib tekshirish tushuniladi. U statistika amaliyotida juda keng qo‘llanadi. Masalan, uy ho‘jaliklari budjeti tanlama kuzatish orqali o‘rganiladi. Bozor sharoitida tanlama kuzatishni qo‘llash sohalari beqiyos kengayadi. Statistik kuzatish jarayonida boshlang‘ich ma’lumotlarni olish turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunga asosan statistik kuzatish to‘rt turga bo‘linadi: 1. Bevosita kuzatish – bu usulning xarakterli tomoni shundaki, tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita qatnashadi. U kuzatilayotgan narsalarni birma-bir ko‘rib, sanab, tortib va o‘lchab olgan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi. 2. Hujjatli kuzatish – zarur bo‘lgan ma’lumotlar, har xil hujjatlardan olinadi. Bu usul ko‘pincha hisobot usuli deb yuritiladi. Anketa orqali kuzatish - bu to‘ldirilishi ixtiyoriy bo‘lgan savolnoma tuzib, kuzatiluvchi subyektlarga tarqatish yo‘li bilan ma’lumotlar to‘plash. Asosiy massivni kuzatish - bu to‘plamda asosiy o‘rinni egallagan birliklar haqidagina ma’lumotlar to‘plash, qolganlarini esa e’tiborga olmaslik. Monografik tasvirlash - bu tipik hodisalarni har taraflama ta’riflovchi ma’lumotlarni to‘plash. Tanlama kuzatish - bu bosh to‘plamdan uning ichki bog‘lanishlarini to‘la aks ettiruvchi qismini tanlab olib ma’lumot to‘plash. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 3. Savol-javob yo‘li bilan kuzatish – kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to‘ldiriladi. Bu holda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Bu usulning o‘zi ikkiga bo‘linadi: 1. Og‘zaki usul (ekspeditsion). 2. O‘z-o‘zini regitratsiya qilish usuli. Og‘zaki usulda maxsus tayyorlangan kishilar (ro‘yxatga oluvchi, hisobchi) kuzatilayotgan shaxslarga kuzatish varaqasidagi savollarni berib, olgan javoblarni varaqaga yozadilar. Masalan, 1989 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida shu usul qo‘llangan. O‘z-o‘zini registratsiya qilish usulida statistika tashkilotlarining vakillari kuzatish varaqalarini kuzatilayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma’lum vaqtdan so‘ng to‘ldirilgan varaqalarni yig‘ishtirib oladilar. Varaqalarni to‘ldirayotgan shaxslarga tekshirish mohiyatini tushuntirish va yozilgan ma’lumotlarni har taraflama tekshirish vakillarning burchi hisoblanadi. Bu usul uy ho‘jaliklar budjetini tekshirishda, ayrim ro‘yxatlarni (masalan 1961 yildagi maktablar ro‘yxati) o‘tkazishda qo‘llanadi. 4. Respondentlar yordamida kuzatish usulida zarur ma’lumotlar statistika boshqarmalariga ixtiyoriy yoki yollanma muxbirlar tomonidan yuborib turiladi
Tasniflash va guruhlash statistik to‘plamlar tuzish va ularni chegaralash bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganish hamda statistik axborotlarni yaratishning muhim qurolidir. Bu usul statistik kuzatish natijasida olingan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o‘ralashib qolgan hom boshlang‘ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan uzviy bog‘langan, ma’lum tartib qoidalarga, qonuniyatlarga bo‘ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to‘plamlar barpo etish imkonini beradi. Statistikada tasniflash deganda o‘rganilayotgan narsalar va hodisalarni tartiblash maqsadida ularning tabiati, o‘xshashlik va farqlovchi xususiyatlariga qarab ma’lum qismlarga, guruhlarga, sinflarga, turkumlarga, turlarga taqsimlash tushuniladi. Taqsimlash asosi qilib olingan belgi yoki belgilar to‘dasi tasniflash belgisi, ularning har bir sohibi tasniflash birligi deb ataladi. Statistik tasniflash hamma sohalarda qo‘llaniladi va turlicha nomlar bilan yuritiladi. Sotsial-iqtisodiy statistikada ijtimoiy-iqtisodiy tasniflashlar tizimi ishlab chiqilgan, ularning milliy va xalqaro standartlari ham mavjud. Iqtisodiy tasniflashlarni EHM yordamida amalga oshirish uchun tasniflagichlar yaratilgan. Statistikada tasniflagich deb ma’lum tasniflashga muvofiq kodlar bilan nishonlangan obyektlarning (iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari, korxonalar, faoliyat turlari, tovar va xizmatlar, budjet daromadlari va xarajatlari, kasb-hunarlar, asosiy fondlar va h. k.) tartiblashtirilgan ro‘yxati (sanoqnomasi) yuritiladi. Kod - bu tasniflash guruhlari va obyektlarini belgilash uchun qabul qilingan shartli nishon yoki alomatlar to‘plami. U obyekt nomi o‘rnini bosadi va uni identifikatsiyalash (tasniflashdagi o‘rnini, qaysi tavsif guruhiga mansubligini aniqlash) vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Hodisa va obyektlarni ma’lum sinf va guruhlarga mansubligini belgilash uchun tasniflagich uchun batafsil yo‘riqnoma va lug‘atlar tuziladi. Nomenklaturada tasniflagichga qo‘shimchalar kiritiladi va u har taraflama batafsillashtiriladi. Nomeklatura - bu obyektlar va ularning guruhlarini standart shakldagi ro‘yxatidir (sanoqnomasi). Masalan, tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasida tashqi savdo obyekti bo‘ladigan tovar va xizmatlar ularning guruhlari va turlari bo‘yicha batafsil nomma-nom ko‘rsatiladi. Tasniflash – bu o‘rganilayotgan hodisalarni tartiblash maqsadida ularning muhim belgilariga qarab guruhlarga, turkumlarga va hokazolarga ajratishdir. Tasniflagich - bu ma’lum tasniflashga muvofiq kodlar bilan nishonlangan obyektlarning tartiblashtirilgan ro‘yxatidir. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com Tasniflash odatda atributiv belgilar asosida tuziladi va barqarorlik xislatiga ega bo‘lib, uzoq muddat davomida xizmat qiladi. U faset yoki ieriarxik (pog‘onamapog‘ona) usuli yoki ikkala usul birikmasi yordamida barpo etiladi. Shu jihatdan tasniflagichlarni faset yoki ieriarxik tuuilma turlariga ajratish mumkin. Faset - (fr. Facette) so‘zi lug‘aviy jihatdan biror narsaning, masalan geometrik shakl, oyna va hokazo qirrasini anglatadi. Tasniflashda bu so‘z ro‘yxat, ma’lum tartibda nomma-nom sanash ma’noga ega. Har bir faset tasniflash obyektlarini bir belgi asosida ketma-ketlik tartibida sanab chiqish yo‘li bilan tuziladi. Faset shaklida tuzilgan tasniflashga dunyo mamlakatlarini xalqaro standart tasniflanishi misol bo‘la oladi. Unda butun dunyo mamlakatlari uch fasetda - 1) bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar; 2) bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar va 3) bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab ro‘yxati beriladi. Tasniflashning ierarxik (pog‘onama-pog‘ona) tuzilmaviy usulida obyektlar majmuasi bir-biriga bo‘ysungan tasnif guruhlariga ma’lum ketma-ketlikda taqsimlanadi. Dastlab ular bir belgi asosida yirik guruhlarga, keyin ikkinchi belgi asosida har bir yoki ayrim yirik guruh doirasida kichik guruhlarga, so‘ngra ularning chegarasida sinflarga, va shu tartibda turlicha darajali qismlarga ajratiladi. Natijada tasniflash obyekti batafsil tavsiflana boradi. Iqtisodiy tasniflashlar tizimi statistik axborotlarni tartiblash, tahlil qilish, saqlash va samarali izlashning muhim vositasidir. Qo‘llanish uchun majburiy hisoblanadigan asosiy tasniflashlar standart kuchiga ega. Ular odatda statistika tashkilotlari tomonidan axborot iste’molchilari bilan kelishgan holda yaratiladi va xalqaro darajada garmonizatsiyalash (uyg‘unlashtirish) predmeti hisoblanadi. O‘zbekiston davlat statistikasida quyidagi asosiy iqtisodiy tasniflagichlar qo‘llanadi: tovar va xizmatlar, iqtisodiy faoliyat turlari, korxona va tashkilotlar, xalq xo‘jaligi tarmoqlari, boshqaruv hujjatlari, davlat boshqaruv tashkilotlarining belgilari, budjet daromadlari va xarajatlari, mulk shakllari, tashkiliy-huquqiy shakllar, ma’muriy-hududiy bo‘linmalar obyektlari, mahsulotlarni (xizmatlar, ishlar) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari, asosiy aktivlar (fondlar) va boshqa narsalarning tasniflagichlari. Eskirib qolgan tasniflagichlar yangi sharoitga moslashtirilib xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqilmoqda, yangilari esa yaratilmoqda. 5.2. Statistik guruhlash Iqtisodiy tasniflagichlar uzoq davr davomida qo‘llanib, joriy va yillik statistik tekshirishlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Ulardan farqli o‘laroq, guruhlash muayyan tekshirish maqsadlari uchun, ayrim masalalarni unda yoritish uchun amalga oshiriladi. Ko‘pincha guruhlash miqdoriy belgilar asosida tuziladi. Ular atributiv Faset - har bir tasnif birliklarini nomma-nom yozib chiqish ro‘yxati. Ierarxik tasniflash - bu birliklarning bir-biriga bo‘ysungan holda tasniflarini tuzish demak. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com belgilar asosida ham quriladi, ammo bu holda ko‘proq taqsimot qatorlari shakliga ega bo‘ladi, muqobillik qoidasiga binoan tuzish ham tez-tez uchrab turadi. Statistikada guruhlash deb o‘rganilayotgan hodisalarni (obyektlarni, birliklarni) muhim belgilariga asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to‘plamlarga) birlashtirish yuritiladi. Masalan, aksioner kompaniyalarni dividend to‘lash darajasiga qarab guruhlarga ajratish. Guruhlash statistik kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlarni keyinchalik qayta ishlash va turli statistik to‘plamlarni hosil qilish zaminida yotadi. Tuzilgan har bir guruh (to‘plam) uchun umumiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlar hisoblanadi, ularni birbiri bilan taqqoslab guruhlar orasidagi farqlarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi, turli belgilar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar tahlil qilinadi. Agarda to‘plangan ma’lumotlarni jamg‘arib umumiy ko‘rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to‘plamlarga tegishli bo‘lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz. Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy prinsiplarni yaratgan, ular ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat (5.1-tarh). 5.1.-tarh. Guruhlashning asosiy qoidalari. Statistik guruhlash - bu o‘rganilayotgan hodisalarni muhim belgilariga qarab bir xil (turdosh) guruhlarga birlashtirishdir. Guruhlashning asosiy qoidalari miqdoriy o‘zgarishlar orqali sifat o‘zgarishlarni oydinlashtirish birliklar orasidagi ichki guruhiy farqlar guruhlararo farqlardan kichik bo‘lishi ko‘p variantlilik asosida guruhlar sonini belgilash aniq sharoitga guruhlashni moslashtirish guruhlar oralig‘ini sharoitga qarab belgilash PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com Guruhlash belgilari qilib ko‘zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan muhim belgilar ya’ni o‘rganilayotgan hodisalarning tub bog‘lanishlarini ifodalovchi belgilar olinishi kerak. Shu bilan birga guruhlashni konkret sharoitga moslashtirish, ya’ni sharoit o‘zgarishiga qarab guruhlashni tuslantirib, uning belgilarini o‘zgartirish - bir sharoitda guruhlarni bir belgi asosida tuzib, ikkinchi sharoitda boshqa unga mos keladigan belgilarga tayanish zarur. Masalan, ekstentiv takror ishlab chiqarish sharoitida ishchilar soni korxona miqyosini belgilash uchun muhim belgi hisoblansa, intensiv sharoitda, ya’ni ilmiytexnika jarayoni sharoitida u ikkilamchi bo‘lib qoladi, chunki ishlab chiqarish miqyosi yangi texnika qo‘llanishi, yuqori mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. Agarda lalmikor yerlarda don ishlab chiqarish hajmi ekin maydonga asosan bog‘liq bo‘lsa, sug‘orma yerlarda ekin maydonga ko‘proq ishlov berib (o‘z vaqtida sug‘orish, o‘g‘itlar berish va h.k.) yuqori hosil olishga bog‘liqdir. Shuning uchun fermer ho‘jaliklari faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda lalmikor sharoitda don ishlab chiqaruvchi ho‘jaliklarni ekin maydoni bo‘yicha, sug‘orma dalachilik sharoitida faoliyat qilayotgan ho‘jaliklarni esa don hosildorligi (1 ga maydondan olingan hosil) bo‘yicha guruhlash ayni muddaodir. Ayrim guruhlar uchun hisoblanadigan umumiy ko‘rsatkichlar tipik va barqaror bo‘lishini ta’minlash uchun har bir guruhga tegishli birliklar soni yetarli miqdorda (5 birlikdan kam bo‘lmasligi) bo‘lishi kerak, chunki bu holda umumiy ko‘rsatkichlarda tasodifiy kuchlar ta’siri o‘zaro qirqiladi va qonuniyat, tipik jihat yaxshiroq namoyon bo‘ladi. Boshqa tomondan, biror guruh to‘plam birliklarining yarmidan ko‘proq qismini qamrab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda guruhlashning muhim prinsipi (qoidasi) - bir guruhga tegishli birliklar orasidagi farqlar har xil guruhlarga tegishli birliklar orasidagi farqlardan katta bo‘lmasligi haqidagi talab buziladi, demak, bunday guruh turdosh bo‘lmagan birliklarni ham o‘z ichiga oladi. Guruhlar sonini to‘g‘ri belgilash guruhlash samarali bo‘lishi uchun muhim garovdir. Bu masalani ko‘pvariantlik qoidaga tayanib yechish eng yaxshi yo‘l hisoblanadi. Guruhlash variantlari orasidan eng qoniqarligini ajratib olayotganda tanlash mezoni qilib : max 2 2 s€ s = x y olish mumkin. Bu yerda 2 €x sy -o‘rganilayotgan belgining guruhlararo dispersiyasi, 2 s - o‘rtacha ichki (qoldiq) dispersiya. Guruhlar sonini belgilayotganda, yuqorida ta’kidlangandek, barcha guruhlarga tegishli birliklar soni yetarli miqdorda bo‘lishi, biror guruhga hamma birliklarining yarmidan ko‘prog‘i tegishli bo‘lmasligi Guruhlashda miqdoriy o‘zgarishlar orqali sifat o‘zgarishlarini oydinlashtirish uchun guruhlarni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tipik va barqaror bo‘lishini ta’minlash zarur. Ayrim guruhlarni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tipik va barqaror bo‘lishi uchun ularga mansubli birliklar soni yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Guruhlar soni ko‘p - variantli yechim asosida belgilanishi kerak. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com va o‘rtada joylashgan guruhlarda chetki guruhlarga nisbatan birliklari soni ko‘proq bo‘lishi zarurligini e’tiborga olish kerak. Ayrim darsliklarda11 guruhlar sonini G.A. Sterjess formulasi K = 1+ 3.32 lg N = 1+1.44 ln N va G. Bruks hamda N. Karuzers formulasi K=5lgN (bu yerda: lg - o‘nlik logarifm, ln - natural logarifm, N-berilgan to‘plam birliklar soni, K - guruhlar soni) yordamida aniqlash tavsiya etilgan. Ammo bu formulalar variatsion qatorlarni tuzish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan to‘plam birliklar soni 100 dan ko‘proq N>100 va guruhlash bir belgi asosida tuzilganda foydalanish mumkin. Formulalardan foydalanish uchun yana bir shart ayrim birliklarda guruhlash belgisi bir ohangli o‘zgaruvchan qiymatlarga ega bo‘lishi kerak. Guruhlar oralig‘ining chegarasi masalasiga kelsak, uni ikki shaklda yechish mumkin: biri - hamma guruhlar uchun oraliqni teng miqdorda belgilash, ikkinchisi - uni tengmas shaklda, ko‘payib yoki ozayib keluvchi miqdorlarda ifodalash. Birinchi holda guruh oralig‘i quyidagi formula yordamida aniqlanadi: k x x i max - min = Bu yerda: xmax - guruhlash belgisining eng katta qiymati; xmin -uning eng kichik qiymati, k-tuziladigan guruhlar soni. Guruhlar oralig‘i teng bo‘lmagan shaklda belgilanayotganda ularni teng miqdorda birliklar bilan to‘ldirish ayni muddao hisoblanadi. Bu holda berilgan to‘plam guruhlarga teng sonda birliklarni taqsimlash yo‘li bilan ajratiladi, ya’ni m = N:k Bu yerda: m - harbir guruhga tegishli birliklar soni; N-umumiy to‘plam birliklari soni; k-tuziladigan guruhlar soni. Buning uchun dastlab to‘plam birliklari guruhlash belgisining qiymatlari asosida ranjlashtiriladi, ya’ni tartib soni bo‘yicha ularning qatori (ro‘yxati) tuziladi, so‘ngra har «m» ta birliklar sanalib, ulardan birinchi, keyin ikkinchi va h.k. guruhlar tuziladi. 5.3. Guruhlash turlari Guruhlash statistik bog‘lanishlar va qonuniyatlarni aniqlash, o‘rganilayotgan to‘plamning tuzilishini o‘rganish va ho‘jaliklarning sotsial-iqtisodiy tiplarini tasvirlash maqsadida bajariladi. Uning har xil turlari va shakllari mavjud.
Mikroiqtisodiy jarayonlar deganda korxona, firma miqyosida, ayrim tovar va xizmatlar, mehnat va moliyaviy bozorlarda ro‘y beradigan voqealar oqimi tushuniladi. Masalan, muayyan bozorda u yoki bu tovarga talab yoki taklif shakllanishi, korxona ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati natijalarining shakllanishi, firma iqtisodiy aktiv va passivlari shakllanishi, ishlovchi kuchlardan, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish va hokazolar.

Iqtisodiy statistika umum statistika usullariga asoslangan, lekin iqtisodiyot sharoitiga muvofiqlashtirilgan uslubiyatga ega.
Iqtisodiy statistika makro va mikroiqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganish jarayonida umumstatistik usullar va vositalar xazinasidan keng foydalanadi. Ulardan ko‘rko‘rona foydalanmasdan, balki u dastlab o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisalarning xususiyatlarini, ularning rivojlanish qonuniyatlaridagi o‘ziga xos jihatlarni hisobga olib, ularni shaklan va mazmunan qayta ishlab chiqadi, o‘zining tekshirish sharoitiga to‘la muvofiqlashtiradi, ya’ni yangilangan nazariy qoidalar, uslubiyat yaratadi. Makroiqtisodiyot o‘zining murakkabligi, ya’ni hodisalar to‘plami juda katta hajmdaligi, ko‘p qatlamli tuzilishga ega ekanligi, ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar chatishib, chigallashib ketishi va boshqa xislatlar bilan ajralib turadi. Shuning uchun makroiqtisodiy statistika uslubiyati murakkab ko‘p o‘lchovli usullar tizimlariga, jumladan yuqori darajada agregatlashgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, ko‘p o‘lchovli o‘rtachalar, guruhlashlar va indekslar tizimi, ko‘p o‘lchovli bog‘lanishlarni tahlil qilish usullari majmui va hokazolarga tayanadi.
Mikroiqtisodiyot esa, aksincha, sodda, oddiy jarayonligi bilan xarakterlanadi. Ayrim korxonalar odatda bir necha faoliyat turlarini birlashtiradi, ishlab chiqaradigan mahsulot turlari va assortimenti kam, foydalaniladigan mehnat va moddiy resurslar deyarli bir xil, ularda mikroiqtisodiy jarayonlar sodda holda ro‘y beradi, mikro bozorlar esa bir yoki bir necha predmetligi bilan ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun mikroiqtisodiy statistika uslubiyati oddiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar va tahlil usullariga asoslanadi.

Makroiqtisodiy statistika mikroiqtisodiy statistika uchun nazariy-uslubiy asosdir, korxona, tarmoqlar va bozor statistikalari uning mustaqil bo‘limlaridir.
Makroiqtisodiy statistika mikroiqtisodiy statistika uchun nazariy-uslubiy asosdir, korxona, tarmoqlar va bozor statistikalari uning ma’lum darajada mustaqil bo‘lgan bo‘limlari hisoblanadi.
Iqtisodiy statistika sotsial bilishning muhim qurolidir. U turmush voqealarini anglash, iqtisodiy nazariyalar mohiyatini bilish, ularning qoidalari va tushunchalarini tekshirish imkoniyatini yaratadi. “Biz uchun, - deb yuzadi amerika iqtisodichisi va statistigi Ogayo shtati Universiteti professori E.Keyn, - iqtisodiy statistika - bu iqtisodiy nazariya qoidalarini kuzatilgan faktlar yordamida tekshirish usuli haqidagi fan, shunday fanki, u muvoffaqiyatli va muvoffaqiyatsizlikka uchragan ilmiy tekshirish sohalarini aniqlash imkonini beradi, hamda (zarur bo‘lgan taqdirda) qoniqarsiz g‘oyalarni qayta ko‘rib chiqish uchun nazariyotchiga go‘yo qaytaradi”.3
Bozor iqtiodiyoti sharoitida aksariyat makroiqtisodiy jarayonlarni tekshirishda tanlama kuzatish usulini qo‘llash zarurati tug‘iladi, chunki ular miqyos va hajm (son) jihatidan shunchalik ulkanki, yoppasiga kuzatish imkoni bo‘lmaydi. To‘plama taklif va talab hajmi, iste’mol baholari va ishlab chiqarish baholarining umumiy darajasi, ishsizlik soni, milliy iqtisodiyotda bandlik soni, yashirin (xufyona) iqtisodiyot rivojlanish darajasi, valyutani qadrsizlanish darajasi va shu kabi hodisalar haqida ma’lumotlar tanlama kuzatish usuli yordamida aniqlanadi. Shuning uchun AQSh ma’muriy xizmatlar Hay’ati tomonidan iqtisodiy statistikani «zaruriy darajada to‘liq bo‘lmagan axborotdan aniq xulosa olish uchun xizmat qiladigan usullar yig‘imi»4 deb atashida ma’lum asos bor.
Xulosa
Statistika deganda ilk bor mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvolini sonlar va iboralar yordamida izohlash tartibi haqidagi fan tushunilgan bo‘lsa ham, hozirgi kunda bu so‘z ko‘p ma’noda qo‘llaniladi: Statistika-bu: 1)turmush, jamiyat hayoti haqidagi aniq sonlar, ko‘rsatkichlar to‘plami; 2) mazkur ma’lumotlarni to‘plash, ishlash,umumlashtirish, saqlash va yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasi; 3) ommaviy jarayonning ustidan ko‘p kuzatishlar o‘tkazish natijasida olingan umumlashtiruvchi mezonlar, ko‘rsatkichlar;4)ilm-fanning maxsus sohasi.Statistika fani ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi, ularda namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlaydi, ularning me’yorini belgilaydi. U o‘z uslubiyatiga ega va ommaviy jarayonni o‘rganish uslubi sifatida moddiy dunyo va ilm-fanning hamma sohalarida qo‘llanadi. Ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy, ommaviy hodisalarni bilishda,idrok qilishda statistika beqiyos katta rol o‘ynaydi. Bu sohada olib borilgan tekshirish va kuzatishlarni umumlashtirish natijasida statistika fan sohasi tarzida shakllanganligi va taraqqiy etib kelayotganligi bejiz emas. Uning uslubiyati barkamol topishida matematika va boshqa aniq fanlar hissasini ham inkor etib bo‘lmaydi.
Iqtisodiy statistika yagona sttatistika fanining tarkibiy qismi va tarmog‘idir. Shu bilan birga uning o‘rganish obyekti muhim o‘ziga xos tomonlarga egaligi va ularga umumstatistik usullarni moslashtirish yo‘li bilan yangi mazmun va shakllar baxsh etilgani va natijada birmuncha takomillashgan uslubiyat yaratilganligini hisobga olib iqtisodiy statistikani ma’lum darajada mustaqil fan deb qarash ham mumkin.

Yüklə 76,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin