Statistik kuzatishning har birligining xususiyatlari (harakterli tomonlari yoki boshqa xususiyatlari)ni ifodalovchi aniqlanishi, o‘rganishi lozim bo‘lgan miqdoriy tasvirini ko‘rsatuvchi tushuncha tuplam belgisi deb aytiladi.
Har qanday statistik kuzatishda amalga oshiriladigan ishlarning quyidagi uch bosqichi farq qilinadi: Kuzatish obyektlarini qayd qilish
Ma’lumotlarni bevosita yig‘ish
Qayta ishlov berishdan oldin, to‘plangan ma’lumotlarni nazorat qilish
Statistik kuzatish informatsiya yetkazib beruvchi sub’ektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi:
Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idora-lar(soliq, bojxona, nikohdan o’tkazish va x.k.) statis-tika organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumot-larni pulsiz va so’ralgan vaqtda yetkazib berishga majburdirlar.
Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar orqali to’planadi.
Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi, aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan ma’lumot.
statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarga bo’linadi.
Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo’linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni to’plash uchun imkoniyat yaratadi.
Hisobot bilan bir qatorda statistikada maxus tashkil qilingan statistik kuzatishlar keng qo’llaniladi. Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarga aholi ro’yxatini misol keltirishimiz mumkin.