Xarakteri va mazmuni bo’yicha Topshirish muddati bo’yicha Yuborish usuli bo’yicha Umumlashtirish darajasi bo’yicha Umumtipli namunaviy hisobot Ixtisoslashgan hisobot Joriy hisobot Yillik hisobot Faks hisoboti
Elektron pochta hisoboti
Yig’ma hisobot Birlamchi hisobot Pochta hisoboti
Statistik hisobot Statistik kuzatish turlari va usullari Hodisani qayd qilish vaqti jihatidan Fursatli kuzatish Uzluksiz joriy kuzatish Birliklarni qamrab olish jihatidan Bir yo’la kuzatish Qisman kuzatish Yoppasiga kuzatish Tanlama kuzatish Asosiy massivni kuzatish Mono-grafik tasvirlash Statistik kuzatish usullari Bevosita kuzatish Hujjatli kuzatish Savol-javob usuli Og’zaki O’z-o’zini qayd qilish
2. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari
Statistik kuzatish informatsiya yetkazib beruvchi sub’ektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi:
Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idora-lar(soliq, bojxona, nikohdan o’tkazish va x.k.) statis-tika organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumot-larni pulsiz va so’ralgan vaqtda yetkazib berishga majburdirlar.
Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar orqali to’planadi.
Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi, aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan ma’lumot.
MAXSUS TASHKIL QILINGAN STATISTIK KUZATISHLARNI VOQEA VA HODISALARNING SODIR BO’LISHINI QAYD QILISH VAQTIGA QARAB UCH TURGA-UZLUKSIZ, FURSATLI VA BIR YO’LA KUZATISHGA AJRATISH MUMKIN.